Ana shunday ishlar natijasida mamlakatimiz bo‘yicha 63 nafar shaxs sud zalidan qamoqdan ozod qilindi, 11 nafar shaxs javobgarlikdan ozod qilindi, 97 nafar shaxsga nisbatan yengilroq jazo turi qo‘llandi. Hurmatli marosim qatnashchilari, keling, o‘zimizga bir savol beraylik: aslida, odamni sud qilishdan maqsad nima? Uni tarbiyalash, to‘g‘ri yo‘lga solish emasmi? Jinoyatchilikning oldini olish emasmi? Lekin insonni faqat jazolash bilan, faqat repressiv usullar bilan tarbiyalab bo‘lmaydi. Buni hayotning o‘zi ko‘p bor isbotlagan. Insonni tarbiyalash uchun butun jamiyat harakat qilishi, avvalambor, jinoiy holatlarni tug‘diradigan sabab va omillarni hayotimizdan bartaraf etishimiz kerak. Barchamiz birgalikda shu ishga hissa qo‘shishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |