XOMASHYO MATERIALLARI VA ULARNI BOYITISH
47
3. Aglomeratsiya gazlari.
Qora metallurgiyaning yirik korxonalarida temir rudasi domna pechiga
berilishdan oldin maxsus fabrikalarda aglomeratsiyalanadi (ruda shixtalarini
metallurgik
xossalarini
yaxshilash
uchun
havo
purkash
orqali
ularni
yiriklashtirishning termik usuli amalga oshiriladi). Bunda ruda tarkibidagi oltingugurt
oksidlanib sulfit angidridga aylanadi va aglomeratsiya gazlari tarkibiga oʻtadi. Temir
rudasida oltingugurt miqdori koʻp boʻlganda aglomeratsiya gazi tarkibida 0,5-1,5%
gacha SO
2
boʻladi. Ayrim yirik aglomeratsiya fabrikalarida atmosferaga chiqarib
yuboriladigan gazlar 5 mln m
3
/s dan ortadi, ular bilan chiqib ketadigan oltingugurt
miqdori yiliga bir necha yuz ming tonnani tashkil qiladi. Bunday gazlarni toʻgʻridan-
toʻgʻri atmosferaga chiqarib yuborish ham ekologik, ham iqtisodiy jihatdan katta
zararga olib keladi.
Qora metallurgiyaning aglomeratsiya gazlarini ulardagi SO
2
ni turli xil
yuttiriuvchi materiallar yordamida ushlab qolish va soʻngra undan konsentrlangan
sulfit angidridni ajratib olish yoʻli bilan yoki aglomeratsiya gazlarini rudadan bir
necha bor oʻtkazish orqali uni tarkibidagi SO
2
konsentratsiyasini oshirish va
konsentrlangan aglomeratsiya gazidan SO
2
ni ajratib olishni yoʻlga qoʻyish ham
ekologik, ham iqtisodiy samara olinishi mumkin.
4
.
Oʻtxona va yonilgʻi gazlari.
Oʻchoqlarda koʻmir yoqilganda koʻmirdagi oltingugurt ham yonadi va
atmosferaga chiqarib yuboriladigan oʻtxona gazlari tarkibida anchagin SO
2
ham
boʻladi. U atfosfera havosini ifloslantirib, ekologik vaziyatni yomonlashishiga olib
keladi. Shuning uchun oʻtxona gazlari ham tozalanadi. Bunday tozalash natijasida
koʻp miqdordagi sulfit angidrid ushlab qolinadi va uni sulfat kislota ishlab chiqarishda
ishlatiladi. Lekin oʻtxona gazlaridan SO
2
ni tozalash katta sarf-xarajatlar talab etadi,
shuning uchun oʻtxona gazlarining ma’lum qismigina tozalashga yuboriladi. Oʻtxona
gazlarini tozalashning arzon usullarini oʻylab topish va uni ishlab chiqarishga joriy
etish bir tomondan tabiiy manbaalardan oqilona foydalanish imkoniyatini ochsa,
ikkinchidan, tabiatdagi ekologik muvozanatni saqlab qolish kabi muhim
muammolardan birining yechimi topiladi. Bunay ishlarni amalga oshirish albatta
hozirgi paytda yetishib chiqayotgan «Kimyoviy texnologiya» mutaxassisligi boʻyicha
tayyorlanayotgan mutaxassislar zimmasiga yuklanadi.
Koʻpgina yoqilgʻi gazlari (koks gazi, generator gazi, yoʻldosh gazlar, tabiiy
gaz, neftni qayta ishlash gazlari) tarkibida anchagina miqdorda vodorod sulfid boʻladi
va u doimo gaz tarkibidagi zararli keraksiz qoʻshimcha hisoblanadi. Masalan, marten
pechlarida vodorod sulfid suyuq metallarga yutiladi va unda oltingugurt holida qoladi,
bu esa poʻlatning sifatini yomonlashtiradi. Neftni qayta ishlash gazlari, yoʻldosh va
Do'stlaringiz bilan baham: |