XOMASHYO MATERIALLARI VA ULARNI BOYITISH
48
tabiiy gazlar asosan turli his mahsulotlar sintez qilishda, shuningdek turmushda
ishlatiladi. Har ikki holatda ham gazlardagi H
2
S miqdori Davlat Standartlari talabiga
muvofiq 20 mg/m
3
dan ortmasligi lozimdir. Shuning uchun tarkibida vodorod sulfid
miqdori me’yoridan koʻp boʻlgan yoqilgʻi gazlari, tarkibida yutuvchi moddalar
(monoetanolami, soda va b.) boʻlgan eritmalar bilan qayta ishlanadi (yuviladi).
Yutuvchi erimadan vodorod sulfidni qizdirish orqali ajratiladi va bunda yuqori
konsentratsiyali (90% gacha H
2
S boʻlgan) vodorod sulfid olinadi. Vodorod sulfidli
gazdan sulfat kislota yoki elementar oltingugurt ishlab chiqarishda foydalaniladi.
5. Sulfatli xomashyolar.
Gips.
Koʻpgina mamlakatlarda gips – kalsiy sulfat kristallogidrati CaSO
4
∙2H
2
O
ning yirik konlari mavjuddir. Tabiatda kalsiy sulfat suvsiz tuz – angidrit CaSO
4
tarzida ham uchraydi, shuningdek fosfat kislota, fosforli va kompleks oʻgʻitlar
sanoatining chiqindisi – fosfogips holatida ham hosil boʻladi.
Sulfat kislota olish uchun gips (angidrit, fosfogips) ning koʻmir va tuproq bilan
aralashmasi kuydiriladi. Bunda kalsiy sulfatning qaytarilishi natijasida sulfit angidrid
hosil boʻladi. Qolgan kuyundi maydalangandan soʻng senment hisoblanadi.
Oʻzbekistonda gipsdan sulfat kislota ishlab chiqarilmaydi, chunki bizda sulfat kislota
ishlab chiqarish uchun gipsga nisbatan ancha arzon boʻlgan boshqa xomashyolar
yetarlicha mavjuddir.
Chiqindi kislotalar.
Neft mahsulotlarini tozalashda, organik moddalarni
sulfolashda, suv tortib oluvchi modda sifatida va boshqa bir qancha maqsadlarda keng
qoʻllaniladigan sulfat kislota ishlatib boʻlingandan soʻng tarkibida koʻp miqdordagi
H
2
SO
4
boʻlgan chiqindi sifatida korxonalardan chiqariladi. Bunday chiqindilar
miqdori yildan-yilga koʻpayib bormoqda. Ularni tozalash inshootlarida ishqorlar bilan
neytrallab oqavalarga qoʻshib yuboriladi va bu ham iqtisodiy, ham ekologik zararlar
keltiradi.
Koʻp hollarda chiqindi kislotalardan sulfat kislotasini ajratib olish maqbul hisoblanadi. AQSH da yiliga
0,8 mln t sulfat kislota (ikkilamchi kislota) chiqindi kislotalardan ajratib olinadi.
Chiqindi kislotalarni qayta ishlash usuli uning tarkibiga bogʻliqdir. Bu
kislotalardan foydalanishning iqtisodiy jihatdan eng maqbul yoʻli, bu uning
tarkibidagi
qoʻshimchalar
ishlab
chiqarish
koʻrsatkichiga
sezilarli ta’sir
koʻrsatmaydigan sanoatlardir, masalan, mineral oʻgʻitlar sanoati, metallarni tozadash
va boshqalar.
Chiqindi kislotalardan toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanib boʻlmaydigan sharoitlarda
ular tarkibidagi qoʻshimchalar tozalanadi yoki kislotani termik parchalash yoʻli bilan
sulfit angidrid olinadi va undan sulfat kislota ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Yuvindi eritmalari.
Metallar sirtini tozalashda kislota eritmalaridan
foydalaniladi va bunda hosil boʻladigan chiqindi eritmalar yuvindi eritmalari deyiladi.
Yuvindi eritmalari tarkibida 2-4% erkin H
2
SO
4
va 25% gacha FeSO
4
boʻladi. Yuvindi
Do'stlaringiz bilan baham: |