TA’LIM VA TARBIYA UYG’UNLIGI VA MAKTABLARDA CHET TILI FANLARINI O’QITISHNI RIVOJLANTIRISH
Xalilova Maftuna Asqarovna
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi
50-umumiy o’rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o’qituvchisi
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng chet tillarini o’rgatishga qiziqish oshdi va yoshlar uchun ko’plab imkoniyatlar yaratib berildi.Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek ”Hozirgi paytda xorijiy tillarni o`rgatish va o`rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham albatta, bejiz emas . Bugun jahon hamjamiyati o`ziga munosib o`rin egallash intilayotgan mamlakatlarimiz uchun,chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o`z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo`qdir”. Ushbu fikrlarning mantiqiy davomi sifatida 2012 yil 10-dekabrda qabul qilingan “Chet tillarini o`rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Qarori chet tillarini o`ganish imkoniyatlarini kengaytiradi. Har qanday chet tilini o`rganishdan maqsad o`sha tilda bemalol muloqat qila olishdir. Chet tillarni o`rgatish va o`rganish uzoq va mukammal jarayon. U kishidan muntazam mehnatni va o`z ustida ishlashni talab qiladi. Og’zaki nutq malakalarni o`stirish uchun chet tillarni o`qitish jarayonida har xil interfoal o`yinlardan qo`llash chet tilini o`rganishni zerikarli emas, aksincha qiziqarli va sevimli mashg`ulotga aylantirishi aniq. Interfoal o`yinlar tilni o`rganuvchilar o`zlarini ancha erkin tutishlarini hatto uyatchan o`quvchilarni ham ushbu o`yinlarda qatnashishga undaydi interfaol o`yinlarni ayniqsa grammatika va so`z boyligini ortirish uchun qo`llash samaralidir. Ammo bu o`yinlarni qo`llashdan oldin o`qituvchi o`quvchilarga o`yindan ko`zlangan maqsadni o`yin qoidalarni aniq tushuntirishi va o`tilayotgan mavzu bilan chambarchas bog`lashi kerak. Ushbu usulubiy tavsiyalar to`plamiga kirgan interfaol o`yinlar maktabgacha ta`lim yoki maktab o`quvchilariga o`yinlar orqali dars o`tish og`zaki nutq orqali foydali manba bo`lib xizmat qiladi,o`yinlarni qo`llash bo`yicha batafsil ko`rsatmalar berilgan. Interfaol o`yinlar asosan CEFR asosida o`qitish ya’ni o`qitishning Yevropa standartlarning darajalari A1-A2 talabiga mo`ljallangan.Maktabgacha ta`lim muassalari uchun ingliz tilini o`yinlar orqali o`rgatsak maqsadga muvofiq bo`ladi.
Chunki maktabgacha ta’lim muassasida tarbiyalanuvchilari o`yinqaroq bo`lishadi. Va yana bir usul bu rasmlar orqali hamularni tasavur etish orqali ham o`rgatish mumkin.Insonning faoliyatida o’qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Ta’lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega bo’lganda ham va asosantasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan iborat bo’lganda ham shunday bo’lgan; keyinchalik ham, ta’lim maqsadga muvofiqmuntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo’lganida ham shunday bo’lgan.
Alifbo o`yini.Bu o`yin ingliz tilini endi o`rganayotganlar uchun hisoblanib 7-8 yoshli bolalar uchun. O`yinda oldidan tayorlangan harflar yozilgan ko`rgazmali qurol bo`ladi. Bu o`yin orqali bolalarni alifbo harflarini qay darajada yod olganliklari va ularning birrinchi harfi bilan qanday so`z boshlanishini esga oladilar.
Ta’lim va tarbiya bir jarayonning ikki tomoni bo‘lib, biri-birini to‘ldirib keladi. Bilim bu kuch-qudrat, ana shu kuch-qudrat ma’naviyati yetuk inson qo‘lida rivojlanishga xizmat qiladi. Ma’nan qashshoq inson bu qudratdan noo‘rin foydalanishi va jamiyatga ziyon yetkazishi ehtimoldan holi emas. Bunday holatlar tarixda juda ko‘p marotaba takrorlangan va bu isbot talab qilmaydigan aksiomaga aylangan. Demak, ta’lim albatta tarbiyaviy asosga ega bo‘lishi va talabalarga faqat bilim berish bilan cheklanib qolmasligi, balki tarbiyalashdek murakkab jarayonini ham o‘z zimmasiga olishi lozim.Ta’lim jarayoni ta’sirida o’quvchining aqliy kamolotini, bilish qobiliyatini, o‘qishga, mehnatga bo‘lgan munosabatini rivojlantirish va yangi pog‘onaga ko‘tarish asosiy masalalardan biridir.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani
29 umumiy o'rta ta'lim maktabining
boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi
Avlayeva Muqaddas Aktamovna
Ulkan iqtisodiy o'zgarishlar yuz berayotgan hozirgi davrda matematikaning ahamiyati yanada oshdi, shuning uchun ham matematik ta'lim katta ijtimoiy ahamitga ega. Respublikamiz hukumati yoshlarga ta'lim va tarbiya berish tizimini takomillashtirish, ta'lim va tarbiyani turmushning oshib borayotgan talablari darajasiga etkazish vazifasini qo'ydi.
1997 yilda «Ta'lim to'g'risida qonun» qabul qilindi. Bu qonunda ijtimoiy va iqtisodiy o'zgarishlar davrida maktabning roli yanada o'sganligi, maktabning bosh vazifasi - o'quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berish ularda iqtisodiy - matematik savodxonligini shakllantirish, hayotga va ongli kasb tanlashga tayyorlash haqida, hamda o'quv reja va dasturlarni ta'lim mazmunini hozirgi zamon yutuqlari va talablari darajasiga keltirish to'g'risida fikrlar keltiriladi.
Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida deyarli barcha predmetlar, jumladan matematikadan ham yangi o'quv dasturi kiritiladi, o'qitish metodlari takomillashtiriladi. Boshlang'ich sinflar uch yil o'rniga 4 yillik ta'limga otkazildi.Boshlang'ich sinflarning matematikadan yangi dasturlarga o'tish munosabati bilan, yangi metodik tizim ishlab chiqildi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilariga matematikani muvaffiqiyat bilan o'qitish uchun mehnat faoliyatini boshlovchi o'qituvchi matematika o'qitishning ishlab chiqilgan tizimini, ya'ni boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasini egallagan bo'lishi va shu asosda mustaqil ravishda ijodiy ishga kirishishi kerak.
«Metodika» grekcha so'z bo'lib, «metod» degani yo'l demakdir. Matematika metodikasi pedagogika fanlari tizimsiga kiruvchi pedagogika fanining tarmog'i bo'lib, jamiyat tomonidan qo'yilgan o'qitish maqsadlariga muvofiq matematika qonuniyatlarini matematika rivojining ma'lum bosqichida tadqiq qiladi.
Matematika boshlang'ich ta'lim metodikasining predmeti qo yidagilardan iborat:
Matematika o qitishdan ko zda tutilgan maqsadlarni asoslash. (nima uchun o'qitiladi).
Matematika o'qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (ya'ni matematikadan qaysi material boshlangich sinflarda o'rganilishi, nima uchun aynan shu material tanlanishi, boshlangich sinflarda kursning har qaysi ayrim masalasi umumlashtirishning qanday darajasida o'rganilishi, mavzular qanday tartibda o'rganilsa, eng ratsional bo'lishi ko'rsatiladi).
O'qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish. (qanday o'qitish kerak, ya'ni oquvchilar hozirgi kunda zarur bo lgan bilim, malaka, ko nikmalarni va aqliy qobiliyatlarini egallab oladigan bolishlari uchun oquv ishlari metodikasi qanday bo'lishi kerak? Masalan, 10 ichida sonlarni qo'shish va ayirishni qanday o'rganish kerak, jumladan, bu mavzuda qo'shishning o'rin almashtirish xossasini qanday ochib berish kerak?).
O'qitish vositalarini - darsliklar, didaktik materiallar, ko'rsatma - qo'llanmalar va texnik vositalarni ishlab chiqish (nima yordamida o'qitish?). kerak!
Ta'limni tashkil etishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta'limning darsdan tashqari formalarini qanday o’ tkazish?. O quv ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o tkazish kerak?. O quv prosessida ta'limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib samaraliroq hal qilish kerak?).
Shunday qilib, didaktik materiallarni
o’quvchilarning o’quv materialini
o‘zlashtirish darajasini nazorat usullaridan biri
sifatida qarash lozim. Shu bilan birga
muayyan usul mazkur sinf, mazkur o’qituvchi uchun eng yaxshi usul bo‘lmasligi ham mumkin. Shu sababli didaktik materiallar o’qituvchini o’quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradigan individual tekshirish uchun nazorat turlarini tuzishdan xalos eta olmaydi.
Shuning uchun 1-sinfga kelganlarning bilimlarini aniqlash, sinf o’quvchilarining bilimlarini tenglashtirish, ya’ni past bilimga ega bo‘lgan o’quvchilarning bilimlarini yaxshi biladigan o’quvchilarga yetkazib olish vazifasi turadi.
Bolalarni o’qitishga tayyorlashda asosiy ish metodi tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, tabaqalashtirish kabi aqliy operasiyalarni bajarish malakalarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bunday ishlar o’quvchilarnig og‘zaki va yozma nutqlarini rivojlantirishga katta yordam beradi, matematik bilimlarni o‘zlashtirishga qiziqishi kuchaya boradi.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani
29-umumiy o'rta ta'lim maktabining
biologiya fani o'qituvchisi
Ergasheva Mahliyo Razzoqovna
Do'stlaringiz bilan baham: |