BOSHLANG’ICH SINFDA TA’LIM - TARBIYA JARAYONIDA TEXNOLOGIK YONDASHUV
Sayidova Holidaxon Akbarjonovna
Fargona viloyati, Farg’ona shahar 19- o’rta ta’lim maktabi
boshlang’ich sinf o’qituvchisi.
Bugun ta’lim-tarbiya sohasida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni qo’llash asosiy talablardan biriga aylandi. Zero, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish o’qituvchining interfaol usullarni qay darajada bilishi hamda ularni ta’lim tarbiya jarayonida faol qo’llay olishiga bog’liqdir. Ayni paytda darslarni texnologik asosda tashkil etish, kundalik darslarga yangicha, ijodiy yodashishni, o’quvchilarning faol ishtirokini tashkil etishni taqozo etmoqda . Shuni aytish joizki ayni paytda ta’lim tizimida masofaviy ta’lim texnologiyasidan samarali foydalanilmoqda .Masofaviy ta’lim bu o’qitishning insonparvar shakli bo’lib, an’anaviy yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslanadi. Bunda texnik vositalar o’quv materialini mustaqil o’zlashtirish, o’qituvchi va o’quvchi orasidagi muloqot uchun hizmat qiladi. Aytish mumkinki masofaviy o’qitish bu mustaqil o’qishdir. Mustaqil o’qish davrida esa o’quvchida mustaqil fikrlash,o’z-o’zini nazorat qilish va boshqarish qobiliyatlari rivojlanadi.
Boshlang’ich ta’limda motivlar hosil qilishda didaktik o’yinlarning o’rni alohida ahamiyatga egadir. O’yinsiz tom ma’noda aqliy rivojlanish bolishi mumkin emas. O’yin o’quvchilarda bilim olishga bo’lgan ishtiyoq va qiziqishni uyg’otadigan uchqundir.O’yin vositasida o’quvchilarning bilim o’zlashtirish jarayoni qulaylashadi, turli xil predmetlar bilan munosabatda bo’lishga o’rganadi , shuningdek , ularda muomala madaniyati shakllanadi.O’yinning eng ahamiyatli tomoni shundaki , unda ilkbor bolaning dunyoga ta’sir etish ehtiyoji paydo bo’ladi va shakllanadi.
Didaktik o’yin o’rganilayotgan voqea va hodisalarning immitatsion modeli yaratilishi sohasidagi faol faoliyatdir. O’yinning boshqa faoliyat turlaridan muhim farqi shundaki, uning predmeti inson faoliyatidir. Didaktik o’yinda faoliyatning asosiy turi hamkorlikdagi o’quv faoliyatidir. Didaktik o’yinda o’quvchilarning o’zlashtirishini hisobga olgan ta’limiy vazifalarning bo’lishi muhimdir.
Didaktik o’yinlarning tarkibiy komponentlari quyidagilar: o’yin mantiqi, o’yinning harakati, o’yin qoidasi. Didaktik o’yinlarning ushbu komponentlari o’zaro bog’liq bo’lib, ularning birortasini bo’lmasligi mumkin emas. Didaktik o’yinlar uchun o’yin g’oyasi va vazifalari muhim ahamiyatga ega.
Buni tan olish kerakki hamma oquv materiallari ham o’quvchilar uchun qiziqarli bo’lavermaydi. Bunday paytlarda bolalarni ta’lim jarayoniga qiziqishini oshirishning birdan bir yo’li didaktik o’yinlardan foydalanish va ularni tashkil etishdir. O’quvchilarda o’qishga ishtiyoqni o’shirish uchun ularni ta’limga qiziqtirish lozim. Buning uchun esa O’quvchi ta’lim jarayonidan qiziqarli tomonlarini topishi va bu jarayon o’z ichiga o’quvchini qiziqtira oladigan materiallarni olishi lozim. Buning yo’li ta’lim jarayoniga didaktik o’yinlarni kiritishdir. Quyida e’tiboringizga shunday o’yin turlaridan namunalar keltiriladi.
“Iztopar” o’yni
Ushbu o’yin savod darslari samaradorligini oshirish imkonini beradi. O’yin quyidagicha amalga oshiriladi.
Xattaxtaga so’zlarning ba’zi bir harfi tushirib qoldirilgan holda terib qo’yliadi . “Iztopar” o’quvchi shu harfni harf kassasidan topib bo’sh o’ringa qo’yadi va hosil bo’lgan so’zni o’qiydi. To’g’ri topgan o’quvchi rag’batlantiriladi. Usbu o’yin o’quvchilarda mustaqillik va ijodkorlikni ham rivojlantirishga imkon beradi.
“Sirli so’z”
O’qituvchi o’quvchilarga sirli katakchalarda bir xil so’z necha marta yozilganini topishni aytadi. Eng ko’p topgan o’quvchi g’olib sanaladi. Ushbu o’yin ona tili, o’qish darslari samaradorligini oshirish uchun yoki turli ertaliklarning qiziqarli o’tishi uchun juda qo’l kelishi mumkin.
k
|
i
|
y
|
i
|
k
|
i
|
i
|
i
|
i
|
i
|
y
|
i
|
y
|
i
|
y
|
i
|
i
|
i
|
i
|
i
|
k
|
i
|
y
|
i
|
k
|
a
|
z
|
i
|
z
|
a
|
z
|
z
|
i
|
z
|
z
|
i
|
i
|
i
|
z
|
i
|
z
|
z
|
i
|
z
|
z
|
a
|
z
|
i
|
z
|
a
|
Shunga o’xshash interfaol usullar an’anaviy usullar bilan birgalikda foydalaniladi. O’qituvchi ulardan qaysi bosqichda, qanday qilib foydalanishni o’zi oldindan loyihalashtirib aniqlaydi . Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’z faoliyatiga ijodiy yondashib, ta’lim-tarbiyada zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashi samarali natijalar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |