483
O’tkir pankreatitli bemorlarning taxminan 2/3 qismi xolelitiaz bilan bog’liq
bo’ladi. Biroq patogenetik mexanizmi unchalik aniq emas, o’t pufagi va me’da
osti bezi limfatik kollektorlar bilan aloqasi muhim rol o’ynasa kerak.
Normada me’da osti bezi fermentlari, avvalo proteazalarning aktivlanishi,
odatda o’n ikki barmoqli ichak bo’shlig’ida sodir bo’ladi. O’tkir
autolitik
pankreatitda esa bu fermentlarning aktivlashishi bezning o’zida namoyon
bo’ladi. Biroq, o’tkir pankreatitda bez to’qimasining o’z-o’zini hazm qilishi
uchun fermentlarning qaysi biri ko’proq
zarurligi, hanuzgacha to’liq
aniqlanmagan. Tripsin proenzimlar, ximotripsin, elastaza, kollagenaza va
fosfolipaza me’da osti bezining ko’p qismi aktivatori hisoblanadi. Fosfolipaza,
fosfolipidlar va xujayra membranalaridan kuchli tsitotoksik ta’sirga ega bo’lgan
lizoletsitin va lizokefalinni ozod qiladi. Aktiv proteazalar kininogenlarga ta’sir
qilib polipeptidlar va kininlar ajratadi. Kininlar og’riqqa
va kuchli
vazodilatatsiyaga sabab bo’lib, bu og’ir gipovolemik karaxtlikka olib keladi.
Aktiv lipazalar xujayra yog’larini glitserin va yog’ kislotalarga parchalab,
to’qimalarda og’ir distrofik o’zgarishlar avj olishiga olib keladi, bez
484
to’qimasining o’zida bezni o’rab turgan kletchatkada, ingichka va yo’g’on ichak
tutqichida, katta va kichik charvida va boshqa a’zolarda yog’li nekrozlar
(steatonekrozlar) hosil bo’lishiga imkon beradi. Tripsin va kininlar shuningdek
kapillyarlar o’tkazuvchanligini
keskin oshiradi, staz, kapillyarlar bo’ylab
perfuziyani to’xtatadigan «mikrotsirkulyator blok», ishemiya, gipoksiya,
atsidoz, gemokoagulyatsiya buzilishini keltirib chiqaradi.
Mahalliy jarayon butun a’zolarga tez ta’sir ko’rsatadi. Limfa va qonga ko’p
miqdorda
toksogen polipeptidlar, lipidlar va ferment autolizining boshqa
mahsulotlari, pankreatik fermentlar,
biogen aminlar tushib, toksemiya
rivojlanishiga olib keladi, bu qonning plazma
va trombin sistemalaridagi
o’zgarishlar, markaziy va periferik gemodinamikaning buzilishi, parenximatoz
a’zolardagi funktsional etishmovchilik va toksik asoratlar bilan birga kechadi.
Binobarin, o’tkir pankreatit patogenezida o’zaro bog’langan patobio-
kimyoviy va morfofunktsional 4 ta jarayon: 1) lipoliz, 2) proteoliz, 3)
qon va
limfadagi mikrotsirkulyatsiya buzilishlari ifodalangan demarkatsion
yallig’lanish, 4) pankretogen toksemiya asosiy ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: