Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

 
 
 
 
 
 
 
 
 


473 
 
MEXANIK SARIQLIK 
Teri va shilliq pardalar, skleralarning to’qimalarida ortiqcha bilirubin 
yig’ilishi natijasida ularni sarg’imtir bo’yalishi sariqlik deyiladi. Bunda qonda 
bilirubin miqdori oshgan bo’ladi. Sariqlik ichki a’zolarning qator kasalliklariga 
xos klinik sindrom hisoblanadi. Bilirubin darajasining oshish sababiga ko’ra 
sariqlikning uchta asosiy turi farq qilinadi. 
Gemolitik (jigar usti) sariqlik – eritrotsitlar parchalanishi va bilvosita 
bilirubin ortiqcha ishlab chiqarilishi natijasida paydo bo’ladi. Bu hodisalar 
retikuloendotelial sistema xujayralarining funktsiyasi oshib ketganda birlamchi 
va ikkilamchi gipersplenizmda vujudga keladi. 
Parenximatoz (jigarga oid) sariqlik gepatotsitlar shikastga uchrab, ularning 
qondagi ozod bilirubinni bog’lash va uni bilirubin glyukuronidga (bevosita 
bilirubin) o’zgartirish kobiliyati pasayganda ro’y beradi. Virusli gepatit, 
leptospiroz, jigar tsirrozi, ayrim zaharlanishlar parenximatoz sariqlikning eng 
ko’p uchraydigan sabablaridan hisoblanadi. 
Mexanik (obturatsion) sariqlik o’t chiqaruvchi yo’llar qisman yoki to’liq 
tutilib qolib, o’t suyuqligining ichakka oqishi buzilishi natijasida rivojlanadi. 
Mexanik sariqlik aksariyat hollarda, xoledoxolitiaz, katta duodenal surg’ich 
strikturasi, me’da osti bezi boshchasi va o’t chiquvchi yo’llardagi o’smalarga 
bog’liq bo’ladi.
Mexanik sariqlikda teri qoplami sarg’imtir-yashil bo’ladi, o’t yo’llarini 
bekitib qo’yadigan o’smalarda esa ersimon rangda bo’ladi. O’t-tosh kasalligiga 
bog’liq obturatsion sariqlikda kasallik boshlanayotganda jigar sanchig’iga 
o’xshash o’ziga xos xurujsimon og’riqlar paydo bo’ladi, ba’zan sariqlik o’tkir 
xoletsistit zaminida vujudga keladi. Pankreatoduodenal soha o’smalarida 
sariqlik og’riq sezgilarisiz paydo bo’ladi. Teri qichimasi, ayniqsa bilirubin 
darajasi baland bo’lganda kuchli bo’ladi. Pankreatoduodenal sohasida o’smalari 
bo’lgan bemorlarning yarmida Kurvuaze simptomining musbatligi aniqlanadi. 
Axlat oqchil rangli, o’t yo’llari butunlay yopilsa axolik bo’ladi. Siydik to’q 


474 
rangli. Bevosita va bilvosita bilirubin kontsentratsiyasi, ayniqsa 
pankreatoduodenal sohaning obturatsion o’smalarida keskin oshgan bo’ladi. 
Sariqlikning biror turining klinik kechish xususiyatlari sariqlikni 
qo’zg’atgan kasallik xarakteriga bog’liq. Bu hol sariqlik turlarini differentsial 
diagnostika qilishda qo’shimcha qiyinchiliklar tug’diradi. Sariqlikni diagnostika 
qilishning yuqorida ko’rsatib o’tilgan klinik va laboratoriya usullaridan tashqari, 
sariqlikning har xil turlarini differentsial diagnostikasi uchun zarur va qimmatli 
axborot olishga imkon beradigan rentgenologik, endoskopik, radiologik, 
ultratovush bilan tekshirish usullariga katta o’rin beriladi. 
Mexanik sariqlik butun gepatobiliar sistemadagi o’zgarishlar va 
organizmning bir qator umumiy og’ir buzilishlari bilan o’tadi, bemorlar 
holatining og’irligi sariqlik darajasi va davomiyligiga proportsional ravishda 
ortadi, bu qator yangi patologik holatlar paydo bo’lishiga olib keladi, shu sababli 
davolash natijasi yomonlashadi va o’lim darajasi ko’payadi. Jigar funktsional 
holatining dekompensatsiyasi nisbatan tez o’tkir jigar etishmovchiligi avj 
olishiga olib keladi. I.M. Matyashin ma’lumotlariga binoan o’t yo’llari 
obturatsiyasidan 10-14 kun o’tgach jigar funktsiyasi shu qadar buziladiki, 
xirurgik operatsiya qilish g’oyat xatarli bo’lib qoladi va yuqori o’lim darajasi 
bilan o’tadi. 
Mexanik sariqlikni davolashda dekompressiv aralashuvning muddatlari va 
turlari, profilaktika qilish yo’llari va operatsiyadan keyin jigar etishmovchiligini 
davolash muhim masala hisoblanadi (102-rasm). Operatsiya o’t pufagi 
gipertenziyasini davolashning eng effektli chorasi hisoblanadi Biroq narkoz, 
operatsion jarohat jigar etishmovchiligi rivojlanishi va klinik ifodalangan 
formaga o’tishi sababli bemorlarning ahvolini qiyinlashtiradi. Ko’rsatib o’tilgan 
jihatlar xirurglarni mexanik sariqlik bilan og’rigan bemorlarda radikal 
operatsiyalarni 2 bosqichda o’tqazish kerak degan fikrga olib keladi: birinchi 
bosqichda jigar funktsional holatini va bemorlarning umumiy ahvolini 
yaxshilaydigan operatsiya, ikkinchisida radikal operatsiya qilish taklif etiladi. 
Hozirgi vaqtda laparoskopik xoletsistostomiya, o’t yo’llarini nazobiliar 


475 
drenajlash, endoskopik transduodenal papillotomiya kabi ehtiyot qiladigan 
usullar qo’llaniladi. Teri orqali jigar orqali xolangiostomiya sariqlik, xolangit 
hodisalarini kamaytirish yoki tugatish, antibiotiklarni tanlash va maxalliy 
antibakterial davolash uchun o’tni ekish, xavfli o’smalarni ximiyaviy preparatlar 
bilan davolash imkonini beradi. Undan operatsiyani ko’tara olmaydigan 
bemorlarda o’t chiqaruvchi yo’llarni tashqi yoki ichki drenajlashning doimiy 
usuli sifatida foydalanilishi mumkin (103-rasm). 
102-rasm. Me’yoriy dekompressiya va xolangiomanometriya o’tkazish 
uchun moslama. 


476 
103-rasm. O’t yo’llarini ikkitalik drenajlash sxemasi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish