470
chiqadi. Ba’zan sariqlik xoledox terminal bo’limida
yoki katta duodenal
surg’ichda «ventil» tosh bo’lganda sariqlik remittirlovchi xarakterga ega bo’ladi.
Toshlarning xoledox terminal bo’limidagi okklyuziyasida o’t gipertenziyasi
vujudga kelib, klinik jihatdan bu o’ng qovurg’alar ostida simillagan og’riqlar va
mexanik sariqlik bilan o’tadi. Jigardan tashqari yo’llarda bosim yanada osha
borganda ularning bo’shlig’i kengayadi va tosh
gepatikoxoledox proksimal
bo’limlariga guyo suzib chiqqanday bo’ladi, sariqlik kamayadi va yo’kolishi
mumkin.
Xolangit – jigar ichi va jigardan tashqari o’t yo’llarining o’tkir va surunkali
yallig’lanishidir. Xolangit xolestaz va o’t suyuqligiga tushgan infektsiya
hisobiga paydo bo’ladi. O’t yo’llari devorlaridagi morfologik o’zgarishlar
xarakteri bo’yicha kataral va yiringli xolangit farq qilinadi. Xolangitning klinik
belgilari: tana haroratining subfebril raqamlargacha to’satdan ko’tarilishi, qattiq,
et junjikishi, o’ng qovurg’alar osti sohasida og’irlik va simillagan og’riq, ko’ngil
aynishi va qusishdan iborat. Yiringli xolangitda og’riq kuchli bo’ladi, sariqlik
erta paydo bo’ladi.
Yiringli xolangit avj olib jadal kechganda o’t yo’llari
devorlarida,
parenxima bag’rida va uning yuzasida mayda yiring tuplangan joylar hosil
bo’ladi, bu jigarda ko’p sonli abstsesslar paydo bo’lishiga olib keladi. Katta
duodenal so’rg’ich ampulasida tosh qisilib qolganda o’t
oqib ketishi buzilishi
bilan birga pankreatik shira oqib ketishining buzilishi ro’y berishi ehtimol va
ko’pincha o’tkir pankreatit rivojlanadi.
Katta duodenal so’rg’ich va umumiy o’t yo’li terminal bo’limidagi
chandiqli strikturalar duodenal so’rg’ich shillik pardasi toshlardan, yalig’lanish
jarayonida zararlanganda paydo bo’ladi. Strikturalar bir necha millimetrlardan
1-1,5 sm gacha masofada chegaralangan va umumiy o’t yo’lining
terminal
bo’limi 2-2,5 sm va bundan ko’prok kontsentrik toraygan tubulyar bo’lishi
mumkin. Chandiqli strikturalarda odatda patognomonik klinik simptomlar
bo’lmaydi. Xoledox terminal bo’limining o’t suyuqligi va pankreatik shira
471
oqishining bo’zilishi bilan o’tadigan stenozida xoletsistopankreatit, o’tkir yoki
surunkali pankreatit, mexanik sariqlik, xolangit simptomlari paydo bo’ladi.
Ichki biliodegistiv oqmalar. O’t pufagida
toshlarning uzoq vaqt turib
qolishi o’t pufagi bilan uzviy bog’langan yakin joylashgan kovak organ orasida
yara paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Oqmalarning ko’pincha o’t pufagi bilan me’da o’rtasida yoki o’t pufagi
bilan gepatikoxoledox o’rtasida shakllanishi ro’y beradi. Ichki biliodegistiv
oqmalarning klinik belgilari juda kam, shunga ko’ra operatsiyaga qadar hamma
bemorlarda ham diagnoz qo’yishning iloji bo’lavermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: