479
tomonda, tana va dum qismining ko’proq qismi esa, chap tomonda bo’ladi. Bez
o’lchamlari odatda ≈ 16,0x4,0x2,5 sm bo’lib, uning vazni taxminan 60-70 g
atrofida bo’ladi (105-rasm).
105-rasm. Me’da osti bezi sintopiyasi va tarkibiy qismlari.
1 – a. et v. hepatica; 2 – a. et v. gastrica; 3 – truncus coeliacus; 4 – aorta; 5 – a. splenica;
6 – v. colica; 7 – v. mesenterica inferior; 8 – a. colica inferior; 9 – a. et v. mesenterica
superior; 10 – a. et v. pancreatoduodenalis inferior; 11 –
ductus pancreaticus; 12 – papilla
Fateri; 13 – ductus choledochus; 14 – a. pancreatoduodenalis superior; 15 – a. gastroepiploica;
16 – a. gastroduodenalis; 17 – hepar.
Me’da osti bezining boshchasi taqasimon shakldagi o’n ikki barmoqli
ichakning orasiga kirib, dum qismi esa taloq darvozasigacha etib boradi. Meda
osti bezi uning oldingi-yuqori sathi bo’ylab o’tadigan, katta charvi xaltasining
orqa devoridagi (bursa omentalis) qon tomirlar, nervlar va parietal qorin pardasi
varag’i bilan qoplangan.
Arterial va venoz qon-tomir sistemasi. Me’da osti bezi truncus coeliacus
tarmoqlaridan, boshchasi – a. pancreaticoduodenalis dan, tana va dum qismi a.
lienalis dan oziqlanadi, bu arteriya me’da osti bezining yuqori chekkasi bo’ylab
480
o’tib, aksariyat hollarda uning parenximasiga kiradi va o’z yo’lida qator
tarmoqlar (aa. pancreaticus breves) beradi. Bir
nomdagi venalar qopqa vena
sistemasiga qon olib boradi.
Innervatsiyasi. Meda osti bezi quyosh chigalining ham simpatik, ham
parasimpatik tolalaridan innervatsiya qilinadi.
Bezning butun tanasi orqali asosiy yo’l (ductus Wirsungi) o’tib, u bezning
ko’p sonli bo’lakchalaridan sekret yig’adi va ko’pincha umumiy o’t yo’lining
distal qismi bilan birga, o’n ikki barmoqli ichakning katta so’rg’ichiga (papilla
Fateri) quyiladi. Asosiy yo’ldan tashqari, 75-80% hollarda qo’shimcha Santorini
yo’li (ductus Santorini) uchraydi. Bu yo’l ba’zan asosiy yo’l bilan qo’shiladi,
ba’zan esa bez boshchasidan kesib o’tib o’n ikki barmoqli ichakka mustaqil,
qo’shimcha so’rg’ich holida ochiladi. Virsung yo’lining umumiy o’t yo’li bilan
qo’shilishining bir necha turlari bor: alohida holda ochilish yoki to’liq
bo’lmagan Fater so’rg’ichidan markazroq joyda, ikkita yo’lning qo’shilishi
turida ochilish shular qatoriga kiradi. Ko’rsatib o’tilgan anatomik xususiyatlar,
me’da osti bezi yo’liga o’t suyuqligi reflyuksi yoki o’t yo’llariga pankreatik
shira tushishi mumkinligini ko’rsatadi.
Me’da osti bezi to’qimasi tashqi va ichki sohalari bo’lgan
epitelial
xujayralardan tashkil topgan. Keyingisi sekret ishlab chiqaradigan va hazm
qilish jarayonida ishtirok etadigan granulalardan iborat. Bezsimon to’qima
orasida ichki sekretor faoliyatni bajaradigan, kapsulaga o’ralgan
Langergans
orolchalari joylashadi. Orolchalar ko’p sonli qon tomirlar va quyosh chigali
sistemasidagi simpatik nerv tarmoqlari bilan o’ralgan. Langergans
orolchalarining soni 2 000 000 gacha etadi (1 g bezga 5 000 dan 25 000 gacha).
Me’da osti bezining tashqi sekretsiyasi faoliyatida, 24 soat mobaynida
1200-2200 ml pankreatik shira ishlab chiqariladi, u ishqoriy reaktsiyaga (pH
8,5-8,8) ega bo’lib, uning solishtirma og’irligi 1015 ga teng keladi. Me’da osti
bezida quyidagi fermentlar ishlab chiqariladi: oqsillarni parchalaydigan
proteazalar (tripsinogen, peptidaza, kollagenaza, ribodezoksiribonukleaza) va 2
481
turdagi (alfa, betta) aktiv amilaza. Ular uglevodlar va yog’larni yog’ kislotalari
va glitseringacha parchalaydi. Lipaza ta’sirini o’t suyuqligi kuchaytiradi.
Odatda tripsinogen bez yo’llarida aktivmas holda bo’ladi, biroq o’n ikki
barmoqli ichakka tushgach enterokinaza ta’siri
ostida aktivlanadi, ya’ni
tripsinogen tripsinga aylanadi. Tripsin, oqsil me’da shirasi ta’siriga uchragandan
keyin (xlorid kislota va pepsin), oqsillarni polipeptidlar va aminokislotalargacha
parchalaydi.
Sekretsiya neyrogumoral yo’l bilan: parasimpatik nervlar, ovqat luqmasi
bilan uchrashgach esa, o’n ikki barmoqli ichak shilliq qavatidan ajralib
chiqadigan sekretin gormoni orqali idora qilinadi.
Me’da osti bezining ichki sekretor faoliyati Langergans orolchalari ishlab
chiqaradigan gormonlar hisobiga ro’yobga chiqadi. Bunda gipoglikemik gormon
– insulin ishlab chiqaradigan B-xujayralar katta ahamiyatga ega bo’ladi (insulin
etishmasligi qandli diabet rivojlanishiga olib keladi).
Bundan tashqari, me’da
osti bezi yana 2 turdagi gormon ishlab chiqaradi: jigarda yog’ almashinuviga
ta’sir qiladigan – lipokain va o’n ikki barmoqli ichakda aktivlanadigan,
gipotonik ta’siri bo’lgan – kallikrein (padutin).
Do'stlaringiz bilan baham: