XIII BOB. PERSONALNI BOSHQARISH
Xodimlarni boshqarish tamoyillari
«Xodim» iborasi o‘zbek tilining izohli lug‘atida «biror idora yoki muassasada ishlovchi kishi, xizmatchi» ma’nosida talqin etiladi.
Bugungi amaliyotda xodim va uni boshqarish muammosiga ikki xil yondashuv mavjud:
inson resurslarini boshqarish;
xodimlarni boshqarish.
«Inson resurslarini boshqarish» tushunchasi boshqarishning strategik jihatlarini, shuningdek, ijtimoiy rivojlanish masalalarini o‘z ichiga oladi va ularga ustuvorlik beriladi. «Xodimlarni boshqarish» tushunchasi esa ko‘proq kadrlar bilan tezkor ishlashni anglatadi. Agar birinchi yondashuv davlat miqyosida bandlik va uni muvofiqlashtirish vazifalaridan kelib chiqsa, ikkinchi yondashuv bevosita korxona darajasidagi mehnat munosabatlari va ulami muvofiqlashtirishdan kelib chiqadi. Iboralaming turlicha ma’no kasb etishi faoliyat turlari va yo‘nalishi bilan bog‘liq. Chunonchi, «xodim» iborasi ko‘p hollarda kichik (100 kishidan kam band bo‘lgan) korxonalarga, «inson resurslari» iborasi esa 2,5 ming kishidan ortiq band bo‘lgan yirik korxonalarga nisbatan qo‘llaniladi.
Xodimlarni boshqarish deganda korxonada band bo‘lgan kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi.
Bunday boshqaruv funksionai va tashkiiiy boshqaruvlarga bo‘linadi.
Funksionai boshqaruv deganda bevosita xodimlar masalasini yechish bilan bog‘liq masalalar, ya’ni xodimlarni tanlash, ishdan bo‘shatish, malakasini oshirish, ish haqi va hokazolar tushuniladi.
Tashkiiiy boshqaruv tushunchasi xodimlar ishi uchun bevosita javob beruvchi barcha shaxs va institutlar, ya’ni rahbarlar, xodimlar bo‘limi, kasaba uyushmalari va boshqalami o‘z ichiga oladi.
228
Xodimlarni boshqarishtizm» degandakorxonada band bo‘lgan kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan iqtisodiy-tashkiliy va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi. Bu tizim tarkiban quyidagilami o‘z ichiga oladi: ish sharoiti; mehnat munosabatlari; kadrlami hisobga olish va rasmiylashtirish; xodimlarni rejalashtirish va xodimlar marketing!; xodimlarni rivojlantirish; mehnatni rag'batlantirish vositalarini takomillashtirish; huquqiy xizmat; ijtimoiy tuzilmani rivojlantirish; boshqarishning tashkiliy tarkibini ishlab chiqish tizimi.
Xodimlarni boshqarish ikki guruhdan iborat tamoyillarga asoslanadi:
.Xodimlar bilan ishlashning umumiy tamoyillari:
samaradorlik;
ilg‘orlik;
istiqbollilik;
komplekslilik;
tezkorlik;
optimallik;
oddiylik;
ilmiylik;
ko‘p bo‘g‘inlilik;
avtonomlik;
barqarorlik;
ko‘p qirralilik;
rejalilik;
rag‘batlantiruvchi;
tanlash va joy-joyiga qo'yish;
samarali bandlik.
.Xodimlar bilan ishlashning tashkiliy tamoyillari:
konsentratsiya;
ixtisoslashtirish;
muvoziylik (parallel’nosf);
ixchamlik;
izchillik;
uzluksizlik;
bir me’yorlilik;
texnologik birlik;
badastirlik (komfortnost);
boshqarishda kollegiallik.
Har bir tamoyil xodimlami boshqarishning biror jihatini takomillashtirishga xizmat qiladi. Masalan, ilg‘orlik tamoyili korxona doirasidagi boshqaruv tizimining chet el yoki mahalliy ilg‘or korxonalar boshqaruv tizimiga mos keladimi, zamon talabiga javob beradimi yoki yo‘qmi degan savolga javob bersa, muvoziylik tamoyili esa, xodimlar boshqaruvidagi tezkorlikni oshiradi va h.k.
Xodimlami, ya’ni inson omilini boshqarish quyidagi jihatlami boshqarishni o‘z ichiga oladi (13.1-chizma).
13.1-chizma. Mehnat resurslarini boshqarish.
Korxonada band bo‘lgan barcha xodimlar ikki toifadan iborat: ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko‘rsatuvchilar; boshqaruvchilar (rahbarlar, mutaxassis-menejerlar).
Ishlab chiqarishni boshqarish tizimida mehnat resurslarini boshqarish juda ham murakkabdir. Chunki, ishlab chiqarish va boshqarish masalalarining markazida odamlar — ishchilar, mutaxassislar va rahbarlar turadi.
Korxona maqsadiga erishish va rejalarning bajarilishi faqat shular ishtirokida bo‘ladi. Inson omilini hisobga olmaslik, insonga bee’tiborlik iqtisodda kamsamaralikka va ishlab chiqarish samaradorligini pasayishiga olib keladi. Mehnat resurslarini boshqarishning asosiy maqsadi ishchilar va xodimlarning qobiliyatlarini, yanada jadal va unumli mehnat qilishga qo‘zg‘atishdir.
Inson omiliga e’tibor, odamlarga nisbatan jiddiy, mas’uliyat bilan yondashish mehnat resurslarini boshqarishning bosh g‘oyasidir. Xodimlami rejalashtirish — bu inson omiliga bo'lgan ehtiyojni oldindan aniqlashdir. Bu jarayon uch bosqichdan iborat (13.2-chizma).
1
|
Mavjud xodimlarn baholash
|
—►
|
2
|
Istiqbolda xodimlarga bo'lgan talabni rejalashtirish
|
—►
|
3
|
Xodimlami rivojlantirish dasturini ishlab chiqish
|
Do'stlaringiz bilan baham: |