Mavzu: Korxonalarga axborotiy xavf tug'diradigan viruslar haqida malumot toplash



Download 20 Kb.
Sana25.11.2022
Hajmi20 Kb.
#872271
Bog'liq
4-kibr


4-mustaqil ish
Mavzu:Korxonalarga axborotiy xavf tug'diradigan viruslar haqida malumot toplash


Хavfsizlik bu murakkab va serqirra atamadir. U asosan va ko’pincha ishlab chiqarishda foydalanilayotgan vositalarning xavfsizligi nuqtai nazaridan baholanadi va ko’rib chiqiladi. Shu sababli hoziрgacha biz texnika xavfsizligi, piyodalar xavfsizligi, oziq-ovqat xavfsizligi kabi tushunchalarni uchрatsakda, korxonaning iqtisodiy xavfsizligiga hali duch kelganimiz yo’q. 60 Mahsulotlarning zamonaviy namunalari, ishlab chiqarish texnologiyasi, investitsiya rejalari va boshqalar sanoat ayg’oqchiligining diqqat Markazida turib, korxona va mamlakat uchun ma’lum bir xavf tug’diradi. Shu sababli xavfsizlik va tijorat sirlari muammolari hoziрgi bozor va raqobatchilik sharoitlarida iqtisodiyot fanining, jumladan, zamonaviy korxonalar iqtisodiyotining muhim bo’limlaridan biri hisoblanadiKorxona xavfsizlik xizmati, uning funksiyalari va tarkibi Хavfsizlik hodisalarning oldini olish va ogohlantirish chorasi sifatida, har bir alohida holatdagi aniq harakat bo’lib, korxona harakteрi, uning joylashuvi, ahamiyati va hokazolarga bog’liq bo’ladi. Mazkurjarayonda xavfsizlik tizimining o’zini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Uning rahbari xavfsizlik konsepsiyasini ishlab chiqarishning muayyan sharoitlariga nisbatan ishlab chiqishda shaxsan ishtirok etishi zarur. Хavfsizlik konsepsiyasi birinchidan, korxonaning maqsad va vazifalariga zid kelmasligi, ikkinchidan, korxona xavfsizligiga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan tashqi muhit ta’sirini inobatga olishi zarur. Bu ta’sirni quyidagi chizma ko’rinishida aks ettirish mumkin. Shu bilan bir vaqtda, korxona o’z faoliyatining muhim yo’nalishlari xavfsizligini ta’minlash uchun muayyan chora-tadbirlarni amalga oshirishi keрak va buning uchun avvalo, mos keluvchi qo’рiqlash tartibini yaratish lozim. Хavfsizlik xizmati korxonaning tuzilmaviy birligi bo’lib, xavfsizlik tartibini ishlab chiqish, o’rnatish va qo’llab-quvvatlash, shuningdek, unga rioya qilinishini nazorat qilishni amalga oshiradi. Yuqorida sanab o’tilgan barcha vazifalarni samarali bajarish boshqaruv apparatida tijorat sirlarini muhofaza qilish bilan shug’ullanuvchi maxsus xizmatlarni yaratishni ko’zda tutadi. Хoрij mamlakatlarida mazkurfaoliyat bilan firmalarning maxsus bo’linmalari shug’ullanadi. Ular raqobatchilar to’g’risidagi ma’lumotlarni izlash va to’plash bilan ham shug’ullanadi. Shu bilan bir vaqtning o’zida ular savdo hamkorlarining tijorat sirlarini birgalikda himoya qilish imkoniyatini ham рad qilmaydilar. Masalan, ba’zi firmalar faoliyatida tadbirkorlik aloqalari davomida hamkorlarga berilgan ma’lumotlarni birgalikda himoya qilish bo’yicha maxsus shartnomalar tuzish tartibi ko’zda tutilgan. Sanoati rivojlangan mamlakatlarning (masalan, AQShning) davlat oрganlarida maxsus vositachilik xizmatlari mavjud bo’lib, u mijozlarni ularni qiziqtirayotgan korxona va tashkilotlar haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Mamlakatimizda korxonalar davlatga soliqqa toрtish va iqtisodiy ma’lumotlarni yig’ish va ular bilan ishlash tizimi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni taqdim etishi qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan. Shuningdek, korxonalar o’z faoliyatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni, jumladan, yillik balansni nashr qiladilar. Shu bilan bir paytda korxonalar tijorat sirlariga oid ma’lumotlarni bermaslik huquqiga ega. Тijorat sirlari davlat boshqaruv va nazorat idoralari xodimlari orqali chetga chiqib ketishining oldini olish maqsadida korxona rahbari ularning vakolatlarini bilishi hamda ular talab qilgan istalgan ma’lumotni emas, balki faqat xizmat vakolatiga doir ma’lumotlarni taqdim etishi zarur. birinchi o’rinda bu statistika xizmati, monopoliyaga qarshi kurash qo’mitasi, militsiya, moliya, soliq, sanitariya, yong’inga qarshi kurash va boshqa xizmat vakillariga tegishli. Korxona rahbari shuningdek, davlat idoralari xodimlarining noqonuniy hatti-harakatlari ustidan arz qilish tartibi, ular tufayli korxonaga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash mexanizmini bilishi va unga amal qilishi zarur. 65 Ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va boshqa xizmatlar mutaxassislari o’zi ishlayotgan korxonaning tijorat sirlariga oid ma’lumotlar chetga chiqib ketishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan va real yo’qotishlarni to’g’ri va aniq (qiymat shaklida) baholashni o’rganib olishlari zarur.
Download 20 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish