Xi bob. Dars ta’limida rivojlan- tirish texnologiyasi rivojlantiruvchi ta’lim nima?


ÒA’LIMNI ÒASHKIL EÒISHNING GURUHIY SHAKLI



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/54
Sana21.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#504778
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54
Bog'liq
pedagogika-1

ÒA’LIMNI ÒASHKIL EÒISHNING GURUHIY SHAKLI
So‘nggi yillarda darsni tashkil etishning umumiy va yakka
tartibdagi shakllari bilan bir qatorda, ta’limni tashkil etishning
guruhiy shakli ham keng tarqalmoqda.
Guruhiy shaklning asosiy belgilari:
— mazkur darsda muayyan o‘quv vazifalarini hal qilish uchun
sinf bir necha guruhlarga bo‘linadi;
— har bir guruh muayyan topshiriq oladi va uni birgalashib,
o‘z boshlig‘i yoki o‘qituvchining bevosita rahbarligida bajaradi;
— topshiriq guruhning har bir a’zosi qo‘shgan hissani hisobga
olish va baholash imkonini beradigan yo‘sinda bajariladi;
— guruhning tarkibi doimiy bo‘lmaydi, uni tanlashda
guruhdagi har bir a’zoning o‘quv imkoniyatlari jamoa uchun
naqadar foydali amalga oshadigan bo‘lishi nazarda tutiladi.
Maxsus tanlangan guruhlarda o‘quv va ishlab chiqarish
topshiriqlari ma’lum yo‘riqnoma — reja bo‘yicha bajariladi. Òurli
predmetlarda va hatto, bitta predmet bo‘yicha darslarda guruhlarning
rahbarlari va tarkibi har xil bo‘lishi mumkin. Darsning guruhiy
shakli guruhdagi ishning tashkil etilishiga bog‘liq.
Birinchi galda, guruhning tarkibini to‘g‘ri tanlash zarur. U,
albatta, kichik jamoa bo‘lishi lozim, shundagina barcha a’zolar bir-
birlarining yutuqlarini boyitadilar va kamchiliklarini to‘ldiradilar.
Guruhda o‘zaro salbiy munosabatdagi bolalar bo‘lmasligi kerak.


197
Ba’zan ma’lum topshiriqni guruhning moyilligi va qobiliyatlariga
qarab qismlarga ajratiladi. A’zolarning har biri ishning o‘ziga tekkan
qismini yakka tartibda bajaradi. Keyin har bir o‘quvchi bajargan
ishning natijalari muhokama qilinadi va jamlanadi.
Darsning guruhiy shakli, ayniqsa, qandaydir amaliy masa-
lalarni hal qilishda yoki kursning qandaydir xususiy masalasini
chuqur o‘rganishda samarali bo‘ladi.
Darsning umumiy yoki yakka tartibdagi shaklida o‘qituvchi
bitta darsda hamma o‘quvchilarga yordam berishga qiynaladi. U bir-
ikki o‘quvchi bilan ishlayotganida o‘zlarida savollar tug‘ilgan
o‘quvchilar navbat kutib turadilar. Guruhda esa o‘quvchilarga juda
tez yordam berish mumkin. Òajribadan ko‘rinadiki, bunda
guruhdagi kuchli va bo‘sh o‘quvchiga yordam beradigan o‘quvchi
bo‘sh o‘quvchiga nisbatan kam manfaatdor bo‘lmaydi, binobarin,
u o‘z o‘rtog‘iga tushuntirishda uning bilimlari yuksak darajada
faollashadi va mustahkamlanadi. Guruhlar har qanday muam-
molarni hal qilishda ham g‘oyat samaralidir. Bir tomondan, ijodiy
ish haqiqatni izlash jarayonini individuallashtiradi, chunki har
bir o‘quvchi yechimni mustaqil holda topishga intiladi. Ikkinchi
tomondan, fikr almashish, taxminlarni birgalikda tekshirish tabiiy,
jamoaviy xususiyat kasb etadi.
Sinfni guruhlarga bo‘lishda qiyinchiliklar tug‘ilishi tabiiy.
Ayrimlar sinfni o‘quvchilarning qobiliyatlariga hamda aqliy kamolot
darajasiga qarab guruhlarga ajratishni tavsiya etadilar. Bunday qilish
xatodir, binobarin, qobiliyatli va qobiliyatsiz o‘quvchilarni bir-
biridan uzoqlashtirish mumkin emas, aksincha, guruhlarda kuchsiz
o‘quvchilarga kuchli o‘quvchilarning tashkiliy ravishda yordam
berishini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir.
O‘quv dasturida ko‘zda tutilgan ekskursiyalarni o‘tkazish
majburiy bo‘lib, bu ish u yoki bu predmetni o‘rganishga ajratilgan
vaqt hisobiga amalga oshiriladi. Òa’limni boshqa tashkiliy shakllari
kabi o‘quv ekskursiyalari ham didaktik prinsiðlarni (ilmiylik,
o‘qishni hayot bilan bog‘lanishini, ko‘rsatmalilik va hokazolarni)
amalga oshiradi, borliqni hodisalar va jarayonlarni, o‘zaro bog‘liqlik
hamda o‘zaro aloqalarni o‘rganishda, ilmiy dunyoqarashni, bilish
va jamoatchilik qiziqishlarini, shaxsning sifatlarini shakllantirishda,
o‘quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlash va kasblarga yo‘naltirishda
yordam beradi.


198

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish