ISKANDARNING YOSHLIGI
Uzoq tarixdan beri Eronda peshdodiylar,
kayoniylar, ashkoniylar hamda sosoniylar deb
atalgan sulolalar hukmronlik qilib kelishgan
bolib, barchasini qo'shganda ularning hukmron-
ligi 4 336 yil davom etgan. Hikoya qilinayotgan
vaqtda, eramizdan awalgi III asrda shu mam-
lakatda Doro nomli shoh ulkan Eron mamlakatini
boshqarar, qo'shni davlatlar unga bo^sunib, har
yili xiroj to lab turishardi.
Rum davlati shohi Faylaqus Iskandami bir vay
rona ichida endigina tug'ilib yiglayotgani, onasi
esa vafot etganini ко‘rib, uni o'ziga o‘g‘il qilib oladi
va har tomonlama parvarish qilib, mamlakatni
idora qilish salohiyatiga ega bolgan davlat arbobi
sifatida yetishtirishni saroy a’yonlariga topshi-
radi. Naqumohis degan donishmand alloma uni
Faylaqus tayinlaganicha parvarish qila boshlaydi.
Iskandar shunday qobiliyatli bola bolib chiqdi-
ki, ustozi bergan talimning o‘n marta ko'pini tez
o'rganib olardi. Ko‘pdan ko‘p bilimlami egallagan
shahzoda harbiy bilimlarni ham jahd bilan o‘rga-
na boshladi. Uning otgan o'qlari yulduzlarning
ko'zlarigacha borib yetar, kamandi o'qlari bilan
falak qal’asi devor-u burjlarini buzib tashlar, gurzi
ishlatishni mashq qilib olgach, qattiq toshlardan
osmongacha gard yetkaza olardi. Xullas, harb so-
hasida hech kim yeta olmaydigan darajaga erishib,
el orasida mashhur boldi.
Bu payt otasi ancha qarib qolgan bolib, hayot
bilan vidolashish davri yaqinlashib qolgandi.
Qaddining egikligidan xalq uning tuproq sari
y o l olayotganini anglardi. Jismini kasalliklar
egallagan chog‘da Iskandar shohlik ishlarini
boshlashga tayyor bolib edi. Faylaqus olim i
muqarrarligini sezib, toj-u taxtini Iskandarga
topshirdi. 0 ‘gliga taxtini topshirgach, o‘zi taxta
ustiga y o l oldi. Go^yoki daraxt ikki shox ber-
di-yu, biridan taxta tobut, ikkinchisidan taxt
yo'ndilar.
Iskandar otasi olim ini ko‘rib, jahonni tark
etishiga oz qoldi. Otasining qilgan vasiyati unga
dalda bolib, bu niyatidan qaytardi. «Mulkimga
begonani qoVmagil, harimim aro hech bir no-
munosib inson qadam qo'ymasin. Seni istab top-
ganimdan murodim shu ediki, qachon olam bilan
xayrlashsam, mening o'mimni egallasang, mening
nomim shuhratim yelga sovrilmaydi», - deb taldd-
lagan edi otasi.
Bu so‘z Iskandaming yodiga kelgach, ota par-
dasiga xursandchilik yetkazishga ahd qildi. Pokiza
zilol suviga xas-xashak tushirishni ham o‘ziga
uyat bildi. Otasi motamini tugatishgach, taxt bilan
muhrli uzukni munosib ко‘rib, otasining taxtiga
chiqib o'tirdi. Xursandchiliklar qilindi, jomlar
ko‘tarildi.
Soqiy, g‘amni unuttiruvchi javhariy maydan
ber, ki undan simirsam, g‘amim qolmasin, ota
azasidan g'amim qolmasin.
Mug£anniy, shodlik sozini boshla, u bilan shod-
lik navosini chal.
Faylaqus o‘rtadan chiqib, Iskandarga toj-u tax
tini berib ketdi.