Xamsa alisher Navoiy xamsa


Iskandar -  adolatli hukmdor



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

Iskandar -  adolatli hukmdor

Iskandar olamning eng pok kishilaridan, bilim 

ichida  ham  yagona  allomalardan  edi.  Unga  toj 

bilan  taxt  ma’qul  kelmay,  bu  tashvishi  oldida 

g'oyatda malolatli edi. Agar ota vasiyatlariga qarshi 

borib, o‘z ko'nglini shod etay desa, diliga xush kel- 

masdi.  Ko‘p oyiab, fikrlab ko'rgach, xalqni yig‘ib, 

bir  anjuman  tuzdi,  unga  mamlakatning  barcha 

obroli,  donishmand  kishilari  yiglldi.  Shunda 

Iskandar g‘oyatda yoqimli so'zlami aytdi:

«Ey mamlakatingiz Rum bolgan qavmim, oliyja- 

nob,  boy-badavlat bolsangiz ham, Tangriga men 

kabi bir bandasiz. Men siz kabi emasman, sizlarga 

qaraganda zaifroqman, chunki yoshroqman, ota- 

siz, g‘am chekkan bir kimsasizman. Alloh otamni 

lutf aylab, bu olkaga podshoh qilgan bolsa, u, bu 

ishga  sazovor  edi,  bu  yukni  ko'tarishga  quwati 

ham yetarli edi. Ajdodlarim ham bu mulk ahliga 

hukmronlik qilishgan bolsa, ular ham taxtlariga 

munosib, qudratli va baxtiyor kishilar edilar.

Men  esam bag'oyat kuchsiz,  davlatni  boshqa- 

rish  ishiga  tayyor  bolmagan  bir  yigitman,  bu 

ishga  kuchli,  qudratli,  mendek  zaif  bolmagan 

kishi  kerak.  Axir,  sher tortgan yukni  chumoliga 

tortishi  osonmi?  Filning yukini  pashshaga  ortib 

boladimi? Shohlik qilishga mening niyatim ham 

yo‘q, bundan voz kechsam ham, uzrliman. Men o‘z 

fikrimni aytdim, bu ishda nimalardan tashvishla- 

nayotganimni gapirib berdim.

Siz endi o‘zingizga boshqa shoh toping, bu olkaga 

olampanoh toping.

U  har  bir  ishda  zamon  ahlining  munosibi, 

shohlig4 ishiga loyiq  inson  bolsin.  U  quyoshdek 

qudratli,  mehrga boy-u,  fikri tiniq,  adolatda fasli




navro'zdek, siyosatda jahonni kuydiruvchi chaq- 

moqdek, har qanday dushmanga qarshi chora topa 

oladigan,  kezi  kelganda  qattiqqol,  ayni  chog‘da 

elparvar  bolsin.  0 ‘shanday  odamga  davlatni  top- 

shiring, boshini toj bilan bezating. U ehson bulutini 

yogdirib, mamlakat bo‘stonini bogi Eramdek bezat- 

sin. Dushmanlar holini parishonhol qilib otga qilieh 

selidan suv ursin. Zo‘ravonlaming birontasi raiyatga 

sitam  qilsa,  bunday zo'ravonlar  qolini  qirqtirsin. 

Musofirlar uchun yollar doim ochiq bolsin, qaroq- 

chining qorasini koVgizmasin. О ‘gVilaming yo llarini 

otolmaydigan qilib, qolini qisqa qilsin.

Zulm talimini berishni mutlaqo yo'qotsin. Haq 

buyurgan hamma narsalami bajarib, rost so'zlovchi 

odamlar qolini uzaytirsin. Zolimlargayol bermay, 

elgatinchlik-totuvlikyetkazsin». Ochiq yuzli shoh 



so'zini

  tugatgach,  odamlarning  har  tomondan 

qichqiriqlari eshitildi.

«Ey  odil  shahanshohimiz!  Nega  bizni  faryod 

chektiryapsan?  Elga adolatingdan yetar chogda 

bunday zulmni ravo ко‘rding? Shunday so'zlami 

so'zlayapsanki,  bu  xalq  bag‘rini  qonga  aylan- 

tiryapti. Bu so'zlami a^ganingdan ko'ra qonimizni 

oqizgil-u,  yolingda jonimiz  fido  bolsin.  Sen  bu 

el boshiidin yiroq bolguningcha,  ular jonlaridan 

yiroq bolsalaryaxshiroq-ku! Sening so'zlaring jon 

bagishlovchidir, ular bizning hammamizni bara- 

variga oldirishiga oz qoldi-ku!

Sening  saltanatni  tark  etishing  haqida  so‘z 

bolishi  mumkinmi?  Sening  o'mingni  egallovchi 

zot bolishi mumkinmi? Bugun olam ichida falak- 

lar siridan sen ogoh bolmagan ilmlar topilmaydi. 

Buni faqat Rum ahligina emas, jahon xalqi ham 

yaxshi  biladi.  Falak quyoshi -   sening munawar



chehrang. Jahon sen kabi shohni, quyosh tal’at, 

Mushtariy  nurli  hukmdorni  ko‘rmagan.  Go “yoki 

yuzing  adlidan  gul  bilan  xurshiddan  atr-u  nur 

yog'ilib turgandek. Sening vujudingda aqlga do‘st- 

lik  ko'rinib  turibdi,  jamolingda  esa jahondorlik 

ayon. Sening zoting aro bu himmatki bordir, sanga 

Rum sultonlig‘i ordir.

Biz  bilamizki,  bu  mamlakat  ham  senga kam, 

umidimiz  borki,  butun  jahon  sening  qolingga 

tushgay.  Osmon avzoyidan ochiq va yashirin Ja­

hon senikidir degan hukm yozib qo'yilibdi.

Yana boshqa hukmdorni farmon beruvchi qil- 

magil. Jahon ahlini benavo qilmagll. Agar sen bu 

ishni  qabul  qilmasang,  bu  mulk  ahli  faryodiga 

yetmasang,  merosxo‘rlik  mulkingga  boshqani 

qo'yib, uy ichiga begonani ravo ко‘rsang, bu balo- 

ga ne qilarimizni bilmay, barimiz vatanni tashlab 

ketishni ixtiyor qilamiz. Har mamlakatda gadolik- 

ka tushsak, bu mojaroni Xudo sendan so‘raydi».

Iskandar ularning bu xil alomatlarini, alomat- 

lari emas,  qiyomatlarini ко‘rib,  aytgan  gaplariga 

pushaymon bolib,  el holini ко‘rib ko‘ngli buzildi. 

Ham  tobelarning  yaxshi  niyatlari,  ham  otasin­

ing vasiyatlari unga kuchli ta’sir ko'rsatdiki,  uni 

o'zgartirishning iloji qolmadi. Ko‘ngli haddan tash­

qari buzildi-yu, xalq iltimosini qabul qildi.

Shahzoda rozilik bergach, Arastu tezgina oVnidan 

turdi-da, Iskandar boshidagi tojni olib, boshi ustida 

baland tutdi. Arastu uning bir qolidan, dono Balinos 

yana bir qolidan ushlashib,  shohga madh-u sano 

aytishib,  uni taxt ustiga chiqardilar.  Iskandar qa- 

damidan taxt ulug‘ poya topib, quyosh boshi ustiga 

baxt  soya  soldi.  Arastu  bilan  Balinos  emas,  go У о 

Xizr bilan Ilyos edilar. Iskandami taxtda kotarib оИЬ




kelisharkan, hamma odamlar yonlaridagi pullarini 

uning boshidan sochishar edi.

Xalq shodligi nihoyasiga yetgach, Iskandar xur- 

sandlik  bilan  taxtidan  tushdi-da,  salqin  xonaga 

kirib, kichik bazm tuzib, may ichdi. Shoh va aholi 

o'rtasida  turli  masalalar  boyicha  savol-javoblar 

boldi.  Odamlar  chiqib  keta  boshlagach,  shoh 

ko'zini uyqu  bosdi.  Yarim  kechada  sajda uchun 

turib, ко‘zidan shodlik yoshlari oqib ibodat qildi.

Quyosh chiqib, chor atrofni yoritgach, yulduzlar 

ko'zdan yo‘qoldilar.  Iskandar yana taxtiga chiqib 

o'tirdi.  Chor  atrofni  yana  odamlar  о‘rab  oldilar. 

Yig‘ilganlarga qarab shoh shunday nutq so‘zladi:

«Ilohim  menga  xalq  ahvolini  so‘rash  huquqini 

berdi. Ichingizda kimning menga iltimosi bolsa, o‘z 

ahvolini  arz  qilsin.  Qoshimda  so‘zini  aytar  ekan, 

meni bir o‘ziday gumon etsin. Taxtim dahshatidan 

ham, tojimdan ham aslo qo'rqmasin. Meni shoh deb 

iztirob chekmasin, hamma gapini toliq so‘zlasin».

Xalq arzi hoi  aytishni  boshladi,  shoh  sahardan 

qorongl  tushgunga  qadar ularning  dardiga  davo 

qildi. Odam oldirganning bo^yniga urib, qolni kestir- 

ganning qolini kestirib, mazluma-yu mushtoqlarga 

non  berib,  bechoralarga  rahm  qilib,  zolim  ahlini 

yerga past qilib,  zulm  ahlini yerga bosh qoVdirdi. 

Zulm ahlining boshini past qilgan shoh yaxshi qiladi: 

jafokor jafokomi boshi egik holda koYadi.

Shu tarzda yarim kungacha el so‘zlarini eshitib 

choralar ko‘rdi.  Otasi zamonida qaysi  ish xaloy- 

iqqa  ozor  bergan  bolsa,  ulami  el  boshidan  daf 

etdi. Oldingi shohlar rasm etgan xalq manfaatiga 

qarshi ishlar, ba’zi qonunlami bekor qildi. Hamma 

sohada adolat bilan ish ko‘ra boshladi. Raiyatning 

ehtiyojini hisobga olib, ikki yil ulami barcha xiroj-




lardan  ozod etdi.  Hamma xodimlami qattiq inti- 

zom bilan ishlashga o‘rgatib, yomonlami jazolab, 

ish o'rnidan pasaytirib turdi. Yaxshilami tarbiya 

qilib, nochor va majruhlarga yordam berib turdi.

Yana narxlar bilan ham shugtillanib,  qimmat 

sotuvchilarni  tanbehlab  turdi.  Tarozining  ikki 

boshini  tekislab,  muhr  bilan  toshini  temirdan 

yasattirdi. Qari -  olchash asbobi ham shu tarzda 

temirdan ishlanib, xalq gazmollarni aldanib kam 

olishdan qutuldi. Katta tarozuni ham ixtiro qilib, 

olibsotarlar o'rtasidagi janjallarga barham berdi. 

Halollikni ta’minlaydigan choralar qollab, o‘g‘rilik, 

egrilik yollarini to‘sib tashladi.

Yollarga  qorovullar  qo'yib,  yolovchilarni  har 

turli xafv-xatardan qutqazdi. Adolat qolini shun­

day baland tutdiki, kiyik arslondan qo ‘rqmaydigan 

boldi.  Tustovuq  bilan  qarchig'ay  yonma-yon 

yotardi. Oz vaqt ichida Iskandar shunday choralar 

ko'rdiki, adolatdan Rum ahli boyib ketdilar.


Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish