«Ki bu y o ‘l ne balo uzog‘ o ‘ldi,
Tobidin dog‘im uzra dog‘ o ‘ldi.
Yetti og‘zimg‘a ranjdin jonim,
Qolmadi g ‘am yemakka imkonim.
Umrdin noumid b o ‘ldim lo!
Mehnati hajr ichinda o ‘ldim lo!
Ul kun o ‘lg‘aymu, ey sipehri daniy,
Ki solib shoh xizmatig ‘a meni.
Qulog‘ig‘a s o ‘zumni yetkursang,
A y o g ‘ig‘a ko‘zumni yetkursang.
Vasldin hosil o flsa darmonim,
B o ‘lmag‘ay o ‘lsam o ‘zga armonim!»
Bu xil ashulani eshitgan shoh oh tortib, yoqa-
sini yirtdi. Daraxt bag'ridagi g‘ordan yuz nola-yu
fig‘on bilan yugurib chiqdi-da, borib o‘zini yorining
oyog'iga tashladi, go у о oftobga sig‘inuvchi kishi
quyoshni ко‘rib sajda qilgandek boldi va parini
ko'rgan devonadek hushini yo'qotib yiqildi. Bu ho-
latni ko'rgan parivash hayratdan lol bolib turardi.
Keyin shoh oyoglga ко‘zidan durlar toldb, oyoglni
o'pgach, u ham о‘zidan ketdi. Yer ustida ikkovi
bexud bolib o'zlariga kelmay yotishardi. Quyosh
olamga o‘zining nurli ipaklarini yoygach, karvon
ahli uyg'onishib ularning ahvollaridan xabardor
boldilar va ikkovining boshi uzra to'plandilar. Xoja
bu ajoyib holni kuzatar ekan, ularning boshlariga
iqbol qushi qo'nganini bildi, keyin odamlarni tarqa-
tib bir oq chodir olib keldi-da, ular yotgan yerga
o'matdi. Ikki dilxoh o'zlariga kelishgach, nimalar
haqida suhbatlashganlaridan men ogoh emasman,
chunki ulami o‘z og4ishiga olgan yotoqxonaga el-
gina emas, sahar nasimi ham sirdosh bololmasdi.
Xullas, shoh murodiga yetdi, u xursand bolib xo-
jani o'ziga maxsus vazir etib tayinlab, savdogarlik
ishlaridan qutqardi. Odamlar vaqtni g'animat bilib
shahar tomon yolga tushdilar.
*
*
*
Shoh Bahrom shaharga qaytgach, jismi tam-
omila sog'ayib, yana bazmlarga berilib ketdi. U
har haftaning yetti kunini yetti rango-rang qasrda
o'tkazib, mahvash dildorlari qolidan may ichishni
odatga aylantirdi. Qasrlardagi gulchehralar unga
aziz bolsalar ham, u o ‘z mahbubasi Diloromni
barchasidan ko‘proq sevardi. Shoh bir necha yilni
shu tarzda bazmlar bilan o‘tkazdi. Lekin podshoh
uch yuz yil davr-u davron sursa ham, barcha
taxtlami egallab, butun jahonga hukmdorlik qilsa
ham, yetti osmon gumbazida orom olib, Mirrix
(Mars) sayyorasi uning dargohida eshik og‘asi
bolib xizmat qilsa ham, hamma narsani qoldirib
ketishi kerak boladi. Shoh Bahromning ham bar
cha murodlari hosil bolgach, hayoti shunday nati-
ja bilan tugadi. U yetti qasrda to'xtovsiz may ichar
ekan, qaysi manzilda bolsa ham gill yuzli sarvdek
go'zal yori Dilorom unga hamrohlik qilardi. U o‘z
changini yangratib, qo'shiq kuylab shoh ko'ngli-
ni, shod etardi. Bahrom ovga chiqqan mahalda
ham mahbubasi ot ustida chang chalib, ashula
aytib borardi. Xonandasi ham, soqiysi ham, um-
riboqiysi ham Dilorom edi. U shoh bazmlarining
bezagi bolib hukmdorni xursand etar, Bahrom
aysh mahalida ham, toat paytida ham sevimli
mahbubasini bir soat ko'rmay turolmas edi.
Bir kuni shoh nihoyatda keng bir maydonda ov
qildi. U yerda hayvonlar yulduzlardek son-sanoq-
siz bolib, qochish yollari ham berk edi. Ovchilar
ham, ovlanuvchi hayvonlar ham g'oyatda ko‘p
edi. Keng o‘tloq otliqlarga tola bolib, ular bir
necha qator davra hosil qilishgandi. Ov qilinadi-
gan joyning doirasi uch yog'och, ovchilar esa o‘n
besh saf edilar. Ov boshlangach, ko'm-ko'k o'tloq
hayvonlar qonidan lolazorga aylandi. Bu qonlar
sel bolib oqardi.
Shoh Bahrom rahm-shafqatni unutib, ko'plab
hayvonlami oldirar ekan, yonidagi mingga yaqin
mergan yigitlar ham undan kam ov qilmaslikka
tirishar edilar. Safdagi otliqlar yomg'irdek o‘q
yogdirishganda, hayvonlar qay tomonga yugur-
masinlar, qochib qutula olmasdilar. Ovchilar
necha o‘n minglab begunoh hayvonlami rahm-
sizlik bilan oldirar ekanlar, kiyimlari qop-qora
qonga boyalgandi. U manzilda go у о qondan bir
guliston paydo bolgandek edi.
Bu manzildagi o'tloqning osti balchiq va suv-
dan iborat bolgan botqoqlik ekan. Uning yuzini
chang-to‘zon bosgach, yom gir yog'ganida, u
yerdan o‘t-olanlar о‘sib chiqqan, keyin o'rmonga
aylangan, daraxtlar ildiz otib, botqoq ostini qotirib
qo^gan ekan. Ov vaqtida oqqan qonlar o'tloq os
tiga singigach, botqoqlik suviga yetib borib, unga
qo‘shildi-da, balchiq paydo qilib, ovchilaming beli-
gacha yetib bordi. Otlar ham balchiqqa bota bosh-
lashdi. Shu payt quyosh yuzini bulutlar to‘sdi-da,
qattiq yomg'ir yog‘a boshladi. Go^o Nuh toToni
yuz berganga o'xshardi. Ov maydoni odamlarga
to lib kelgach, yerning yuki oglrligidan egilib, yuz
ming balchiq ostiga kirib ketdi. Barchalari ovga
borib, ov qilish joyidagi tuzoqqa ilindilar. Sher bi
lan jayron, ya’ni Bahrom bilan Dilorom ham shu
tuzoqqa tushib qoldilar. Ikkovlari ham qutulish
imkoni yo'qligini anglab, bir-birlari bilan mahkam
quchoqlashganlaricha balchiq ostiga kirib ketdi-
lar. Shuncha behisob lashkarlar chumolilardek
to'polon kotarishdi-yu, barchalari chumolilardek
yer ostiga ravona bolishdi. Bu g'azabkor sipohlar
chumolilardek yer ostiga kirishgan ekan, Sulay-
mon ham ravona bolmay qolmadi.
Barcha olam ahlining oqibat boradigan joyi
go‘r (qabr) dir. Uning ismi ham Bahromi Go‘r edi.
Ajdarhoga o'xshaydigan bu razil dunyoning doimiy
odati odamlami yutishdan iborat. U ana shu odati
bo'yicha yuta olganicha xalqni yutdi. Lekin uning
yutishida bir qonun mavjud bolib, u bir yoki o‘n,
yuz yoki ming kishini yamlardi. Lekin bu jihatdan
qaraganda, Bahrom ishi boshqacharoq yuz ber
di, ya’ni bu dahshatli ajdaho uni shuncha obro‘,
xazina, jahonga sig‘magan sipohi bilan bir dam-
da shunday yutib yubordiki, undan hech kimsa
xabar topolmay qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |