Andoq o'ldiki, mensizin bir dam,
Tiyra erdi anga yorug‘ olam.
Umridin hosili jamolim anga,
Balki umri abad visotim anga.
...Mensizin у o ‘q edi dame komi,
Kom y o ‘q, xotirining oromi.
B o ‘lmasam hamroh urmay ul bir gom,
M en navo chekmay, ichmay ul bir jom.
M en qayu nag‘makim, ado ay lab,
Ul chekib oh-u jo n fido aylab.
Olmayin ko‘z dame jamolimdin,
To‘ymayin bir nafas visolimdin.
Shoh qanchalik menga moyil bolsa, mening
ko'nglim ham unga shunchalik moyil edi. Oqi-
batda shoh davlat-u sipohlarini unuta boshladi.1
Bir kuni u may ichib, bir kiyikni ko‘rdi-da: «Qa
nday qilib oldiray?» - deb mendan so‘rab qoldi.
Men: «Oldin qolini boglab, so‘ng uzoqdan turib
oldirgin», - dedim. Shoh uni men aytganimdek
qilib oldirdi. Uning bu ishini hech kim bajo qilol-
masdi. Bu mahorati uchun jonimni fido qilsam
arzirdi. Men baxtiqaro esa buning o‘miga shun
day bema’ni so'zlami aytibmanki, buning uchun
yuz
parcha qildirsa ham haqli edi. Shunda ham
oldirmay, meni bir biyobonga tashlatibdi va qahr-
lanib mast holda shaharga y o l olibdi.
Ikki kecha-kunduz o'tgach, sotib olgan xoja
meni soglnib, ko'rish uchun Xitoydan safarga
chiqqan ekan. U Xorazmga tezroq yetib borish
uchun ikkita quli bilan kechasi-yu kunduz y o l
bosar ekan, tun paytida oti yoldan chiqib men
yotgan dasht-u biyobonga borib qolibdi. Xojani
uyqu bosib, otdan yiqilibdi-da, u%lab qolibdi.
Ko'zini ochganda atrof yorishib ketgan ekan.
Yonidagi yuz qadamcha yolga nazar tashlasa,
ko‘ziga bir qora ko'rinibdi. U qol-oyog^ boglan-
gan odamga о “xshab yotganmish. Xoja yaqin kelib
qarasa, sochlari bilan boglab tashlangan bir ayol
ekan. «Olikmikan, tirikmikan?» - deb, qol-oyogini
yechib qarasa, yuzida qoni qolmagan bu ayolning
boV-u basti, ko‘z-u qoshi menga o'xsharmish.
Oyoglga tushgan sochlari-yu, zaqani va lablar-
idagi xoli ham meni eslatarmish. Xoja ozxmng
sog‘ yoki mastligini-yu, uyqudami, uyg‘oqligini
bilmay hayratlanib, xayol surib otirarkan, uzo-
qda bir karvonning qorasi ko‘rinibdi. Bir qulini
o'sha tomonga yollab karvonni chaqirtixibdi-da,
odamlarni shu yerga tushiribdi. Karvon ahli ichida
meni ko‘rish uchun kelayotgan bir necha dugo-
nam ham bor ekan. Xoja ularga meni ко rsatgan
ekan, nishonalarimdan meni tanishibdi va yo-
qalarini yirtib, oh-faryod ura boshlashibdi. Meni
olgan deb o y lagan xoja-yu dugonalarim mem
ko‘z yoshlari bilan yuvib, qimmatbaho ipakdan
kafan bichib, unga kofur (oq xushboV modda)
sepishib, ipak bilan o‘rab, gulob bilan xushboV
qilishibdi. Gulob hididan o'zimga kelganimda,
hamma yuzlarini iyagimga surtishib, dimog lmga
yaxshi islar tutishibdi. Ko'zimni ochsam, ularn
ing har biri boshim ustida har xil so'zlarni aytib
turishardi. Shunda men ularga qarab: «Bunda
turmay tezlik bilan jo ‘nab ketinglar» chunki bu
vodiy ofat manzilidir», - dedim. Shunda meni
bir kajavaga o'tqazib, og'zimga sharbat tutishib,
xushboV kolcatlar bilan quwat berishib, ikki
kecha-kunduz y o l yurdilar. Mening ham sihatim
yaxshilandi. Tuyalar charchagach, xoja bir chash
ma oldida karvonni to'xtatdi. Ko'm-ko'k yaylovda
koshona yasab, taxt qurib, uning ustida menga
orom berdilar. Xoja oldimga kelib boshimdan
o'tgan voqealami so‘radi, unga barchasini aytib
berdim. Xoja birdan boshini ushlaganicha jim
o‘tirdi-da, yana bir on boshini quyi soldi.
Men uning ahvollarini so‘radim. U ham o‘z
qissasini aytdi va mendan «Endi nima qilmo-
qchisan?» - deb so'radi. Men: «Garchi shoh o‘z
kaniziga g‘azab qilgan ekan, men bunga sazovor
edim. Shoh qahr qilgan bolsa ham, u oldirgan
odamni Tangri asradi. Kishi olganga tig' urmaydi,
bir olikni ikki bor oldirmaydi. Sizlar meni o'ragan
kafanni kiyib, uning dargohiga borsam-da, ven
qilgan gunohlarimning jazosini tortdim. Xudo
menga yangidan jon ato qildi, uni ham shohga
fido qilishni istab, bu yerga keldim. Qatl qiladigan
bolsa ham, afv qilishni istasa ham men bandasi-
man. Aybim bolsa, o‘zi panohim, uning karam-u
lutfi esa mening orzuyimdir, deb aytsam, hech
shubha yo'qki, shoh afv etib, benihoya yaxshilik
ko'rsatadi», - deb javob qildim. Bu so'zlarimni
eshitgan xoja-yu xalq faryod urib: «Bu xohishing
xatodir, yo esingdan ayrildingmiki, bolmag4ir
gaplami aytyapsan. Birgina so'zing uchun qoning-
ni tolckan shohga joningni fido qilishing nimasi?
Shoh kuydiruvchi bir shuladir. Har kimga bu
shula tegsa, uning kuyib kul bolishi muqarrar.
O'z ixtiyori bilan о‘t ichiga kirmoq esa o'zini kuy-
dirishdan boshqa narsa emasdir. Biron narsadan
ranjib, g‘azab otida yonayotgan shohdan qancha
uzoqqa qochilsa, shuncha ofat kamroq boladi.
G'azabi tinchigach, senga ravo ko'rgan ishidan
pushaymon bolganligi haqidagi xabar har tarafga
tarqaladi. Afsuslanayotgan bolsa, uning huzuriga
borish oson boladi. Qilgan ishini to‘g‘ri deb bilayot-
gan bolsa, joningni qutqargan bolamiz, xolos», -
dedilar. Xoja bu so‘zlarini tugatgandan so‘ng bar-
chalari maslahatlashib: «Hozircha biron tomonga
qochib bormoq kerak», - degan fikrda to'xtashdi.
Eng uzoq manzil Xorazm edi, shuning uchun
o‘sha tarafga qarab y ol oldik. Men bu shohdan
shu tarzda ayrilgach, hajrida tirik qolmasligimni
bildim, o‘zimni olgan deb gumon qildim, zero hajr
olim bilan tengdir. Shu tufayli menga libos bolgan
kafanni kiyib yurishni odat qildim. Visolidan ayril-
ganim uchun kafanim oq libosdir.
Bu shaharga yetib kelgach, shu yerga tushdik.
Sen bolib o'tgan barcha ishlardan ogohsan. Bu
yeming shohi oldida yolg'on so'zlashim, uning
diliga yuz xil iztirob solganimni ko‘nglim xohishi
deb bilmagin. U valine’matimga vafo ifodasi edi.
Senga sirlarimni oshkor qildim. Sen ham menga
bergan va’dang ustidan chiqqin-da, bu diyorda
turmay tezroq ketgil».
Men bu xil so'zlarni eshitgach, sarvi gulrux
bilan xayrlashdim-da, mamlakatma-mamlakat
yurib, qadam ba qadam y o l bosgan bolsam-da,
bu simi hech kimga aytmadim. Shoh: «Afsona
ayt!» - deb hukm qilgach, bundan yaxshi afsonani
topolmadim. Xususan, bunday kofuriy rang (op-
poq) qasmi ко‘rib, firoq ichida iztirob chekib, oq
kiyim kiyib olgan, yo‘q, kiyim emas, oppoq kafan
kiyib, unga kofur sepib olgan hurvash go‘zal yo-
dimga keldi. Olamning ajoyiboti bolgan u sohib-
jamol bu qasrga juda munosibdir».
Qissa aytuvchi musofir o‘z so'zini tugatgunga
qadar g‘oyib bolgan mahbubasidan nishon top-
gan Bahrom yuz marta hushini yo‘qotib, yuzdan
ortiq olib tirilgan edi-yu, ushbu afsonadan olib,
shu afsonadan tirilgan edi. Hikoyachi o'zining
fig‘onidan ogoh bolib qolsa va bir nafas afsonasini
to'xtatsa, boshqa voqeaga otib ketishi mumkin,
degan xayolda nola qilishdan o‘zini zo‘rg‘a asrab
turardi. Musofir afsonani oxirigacha aytib tu-
gatgach, shoh otashin fig'on tortib, о‘z oldiga
uni chaqirdi-da, qattiq quchoqladi-yu, ruhining
bulbuli uchgandek olgan kishiga o'xshab o'zidan
ketdi. Bunday afsonani eshitib, behush bolgan
odam yana o‘ziga kelib nima ham qila olardi?!
★
*
*
Shoh Bahrom o'zining g‘oyib bolgan mah
bubasidan nishon topgach, sahargacha beqaror
bolib, chala so'yilgan hayvondek azob chekdi.
Shavq o‘tida o'rtanayotgan shoh sabr qilishga
chiday olmay, iztirobda o'zini u yoqdan bu yoqqa
urardi. Sal tinchlansa, musofimi o‘z qissasini tak-
rorlashga undar, hajr dardida qiynalsa ham, visol
umidi bilan orom topardi. Shu tarzda oqshomni
tongga uladi. Subh kulgusi olamga yoyilib,
quyosh shulalarijahonniyoritgach, shoh awaliga
Dilorom manzili - Xorazm tomon darhol yolga
tushish istagini bildirdi. Lekin davlat arkonlari
bolgan amaldorlar bir necha kun sabr qilish
zarurligini uqdirib: «Shohning zaifligi davom eta-
yotgan bu kunlarda uzoq safarga otlanish to‘g‘ri
bolmaydi», - deyishdi. Tabiblar ham: «Tog‘ qan
cha ulugVor bolsa ham, viqor-u sokinlikni odat
qilgan. Agar u harakatga tushsa, qiyomat oshkor
boladi. Shuning uchun bir necha kun bu g'amga
chidab, orom olgin-da, olamni buzmagin», - deb
maslahat berishdi. Keyin xojaga:
Do'stlaringiz bilan baham: |