Kashmirdagi Mallu
ehrlarining fosh etilishi
Shundan so‘ng Iskandar Eron elini o'zidan rozi
qilib, jahonni fath etishga bel bogladi. Awal do
nishmand, turli soha olimlarini to'plab, har qay-
sisining fikrini eshitdi. Barchalari ilmdan chuqur
xabardor bolib, harbiy ilmlarni yaxshi bilishardi.
Shuning uchun ularni harbiy bolimlarga boshliq
qilib, malum viloyatlarni egallashni topshirdi.
Biri Hind, biri Chin, biri Kashmir, biri Misr, yana
biri Bag‘dod-u Baytulharam kabi qator olkalami
egallash uchun yuborildi. Har bir boshliq qoliga
maxsus noma yozib berilgan bolib, ularda Iskan-
darning Eron taxtini egallagani talddlangan, har
qaysi shohga o‘z huzuriga kelib xiroj yuborishi,
Iskandar shohligini qabul etishi, shunda uning
mamlakat-u xalqi bu ulug‘ davlat himoyasida
bolishi, aksincha, taqdiriga yozilganini ko'rishi
ogohlantirilgan edi.
Jahondagi Sharq mamlakatlarining ko‘plariga
yuborilgan maktublami olgan shohlaming aksari-
yati Iskandar takliflarini qabul qilib, tobelikka rozi
boldilar. Faqat uch kishi bu taklifni qabul qilmadi.
Ulardan biri Kashmir shohi Mallu ibn Mabok bolib,
u Iskandarga quyidagicha maktub yolladi: «Agar
Iskandar olam shohi bolsa, mening mulkim esa
dunyoda yakka-yagonadir. Tangri menga uch ish
nasib etgan: biri ulki, mulkimm g‘oyat mustahkam
toglar, otib bolmaydigan baland qo‘rg‘onlar о‘rab
turadi. Uning ustiga mulkimning chor atrofmi
daiyolar ham muhofaza qiladi. Ikkinchidan, mening
shuncha afsungarim borki, falakdan yetgan har
qanday balolami ham daf qila oladi, yumronqoziqni
sheri jayonga, kalamushni dasht yolbarsiga aylan-
tira oladi. Agar Iskandar olam elini yigib kelganda
ham, shunday qattiq shamol esib turadiki, so-
mondek barchasini uchirib yo‘q qiladi. Uchinchidan,
u agar qasos olmoq bolib yurtimga bostirib kelsa, bu
mulk ichida shunday bir buyuk tog‘ borki, baland
toglar ustiga qurilgan tog'ga o'xshaydi. Uning jismi
mis bilan qo‘rg‘oshin, qalay bilan birinj qotishmasi-
dan burungi ilm ahli yasagan tilsimdir.
Yana bir siri shuki, shahar ichida nihoniy bir
naqb qurilgan bolib, u yerga tushgan shoh tilsim
bolgan bir fanni o'rganib chiqadi. U fanni o‘rgan-
gan el istalgan dushmandan o‘t va yel o'glrlay
oladi. O'sha makonda agar birdan yel esmay qolsa,
tezda halok boladi. Bu olka ichra kimsaning joni
bor ekan, yel tursa yashashiga imkon qolmaydi.
Gar o‘t bolmasa, odamzod yemak ham hozirlay
olmasligi aniq. Shularni hisobga olsa, Iskandar
boshqa bir makon sari yol olgani ma’quldir».
Hindiston shohi Roy bolsa bunday javob qay-
taribdi:
«Shoh Doro Iskandar bilan urush yarog‘ini
qilmoq uchun hamma shohlami chaqirtirganida,
y o l yiroqligiga qaramay men Rum chegarasiga
endigina yetganimda, bu falokatlar yuz berdi. Biz
biyobonda qolib ketdik. Yarog‘-u sipohlarimizning
bari barbod boldi. Urushgan navkarlarim halok
boldi, qolganlari asirlik jabrini tortdilar. Men esa
necha oy biyobonni joy qilib yurtimga qaytgun-
imcha, xalqim qatli omga uchrab, o‘n ulushdan
bir ulushi qolibdi. Qaro rangni bu elda qadimdan
kiyish odat demang, ana shu voqea tufayli mulkim
qaro kiyib, motam tutyapti. Iskandar tufayli elim
shuncha azob chekdi. Endi ikki-uch yil sabr qilin-
sa, zamon tinchlansa, keyin xirojni tolasak. Men
ham u bilan ko'rishgim bor. Lekin ikki-uch yilsiz
bunday taklif aylasa, men ko‘p malolat cheka-
man. Lutf etsa, bu maktubimni qaytarmaydi,
nima bolsayam, Haqning peshonamga yozganini
ко‘ram an. Men so‘zimda uning hurmatini tutdim.
Shunga ko‘ra u ham izzatini asrasa kerak».
Chin shohi esa yana boshqacha javob qildi:
«Iskandaming yuborgan maktubi kuchli zahardan
achchig‘dir, qilichdan o'tkir. 0 ‘z vakilini bu tomon
jo'natgan kuni chuqur о*у1аЬ ko'rmay yozibdi bun]
Sipohim qalin, mamlakatim to‘q, mening undan
kam tomonim yo‘q. Shoh boshqa bir shohga o'zini
«hakim-u dono» deb yozishi to‘g‘ri emas. Bunday
so'zlar aqlga sig'maydi. Maktub so'zlarini ham
katta-katta qilib yozishi shohga nisbatan hur-
matsizlik. Lekin men xatimni yirik harflarda bit-
mayman. Uning oldiga borishni istamayman. Agar
askar tortib kelsa, shahrimga kirib olib, eshikni
berkitgancha o'tiraveraman».
Bu uch mamlakat shohining javoblarini bosh-
dan oyoq gapirib berdilar. Iskandar o‘z mak-
tubiga binoan huzuriga yetib kelgan shohlarga
yaxshiliklar ko'rsatib, shohona majlislar tuzib,
kutib olgandi. Haligi uch shoh javobini eshitgach,
ularga askar to‘plab boray dedi-yu, lekin qish
fasli boshlanib qolgan edi. Odatda, shohlar qish
faslida yurish boshlamaydi. Bu qish shu yerda
qolishni ma’qul ko‘rdi-da, Qorabog'i Arron sari
yolga tushdi.
Iskandar Qorabogl Arronni o'ziga oromgoh
qilganidan so‘ng, xayoli asosan jahongirlik bolib
qoldi. Hikmat ahlini qayta-qayta yig'ar, Xudodan
jahonning fath etish baxtiga musharraf etishi-
ni to'xtovsiz tilar edi. Sipohlari tutgan joylarni
aylanib chiqar ekan, ularga bardamlik tilar edi.
Quyosh tobora ko‘tarilib olamni isitgach, shoh
butun dashtni toldirgan lashkari bilan yaxshi bir
soatni belgilab qishloqni tark etdi-yu, Sipohonga
qarab y o l oldi, undan o‘tib Xurosonga yuz tutdi.
Bu payt butun Eron zamin uning qol ostida edi.
Xuroson havosidan shoh juda xursand boldi,
bu olka juda keng bolib, yeri o‘zga iqlimlardan
yoqimliroq edi. Ко‘kalamzorlaridan ko'plab chash-
malar otilib turar, daiyolar shovullab oqib turar,
barchasi ko'nguldagi gtiborlarni qoldirmas, yana
to'rt daryosining ovozi osmongacha yetib borardi.
Anhorlari xuddi jannatdan chiqib kelayotgandek
edi. Hirmand, Zobulistondagi daryo, Nimrud, Dari-
jaz daryolarining har biri g‘oyat go‘zal va jonbaxsh
edi. BaJx shahrini ham go'zal anhori bezatib turar,
bu shahami Hushang qurgan bolib, Ibrohim Ad-
hamning ham pokiza qadamlari tekkandi. Yana
biri Murg'ob suvi bolib, u ham jannat suvlarini
eslatardi. «Bu yer jahon gulshani ekan», - deb ba-
holagan shoh nahr bo'yida shahar yaratib, unga
Hirot ismini berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |