qo‘rg‘oshin, mis, jez va boshqalami aralashtirib
to'p kotinishidagi bir buyum yaratdilar. Falakka
o'xshagan yum-yumaloq bu asbobning ichi bo‘sh
edi, uning ichini porox kabi portlovchi dorilar bilan
toldirdilar. Necha xil ash’yolami aralashtirib, to'p
ichiga soldilar. Temir to'pdan ikki teshikcha orqali
pilik kirgizib, odam boshi yoki urushda otiladigan
rad toshiga ohcshatdilar. Uning piltasiga ot yoqib,
osmondan tushiradilar. 0 ‘q uchib borarkan, piltasi
yonib borib yashirin moddaga otadi, keyin portlab
temir to‘p necha parcha bolib, shu payt undan
kuchli ovoz, shu la, ajib tutun, hid chiqib, ovozi sehr
asbobini buzib, oti darvozani ochib yuboradi. Qora-
si dushmanlar yuzini kuydirib, qora qiladi. Isidan
hidlaganlar esa fusun ilmini unutadilar.
U ajoyib tilsim tayyor bolgach, hamma olimlar
yana bir bor yig'ildilar, qurolning barcha belgi-
lari va bolajak natijalarini ayon qildilar. Shoh
bu ajoyib ishdan shod bolib: «Shunday tilsimni
tayyor qildingiz, boshlashingizga nima to‘siq bolib
turibdi?» - deb so‘radi. Qurolni sinab kotishga
shoh ham qiziqayotganini sezgan donishmandlar:
«Hukmingizni kutyapmiz, xolos», - deb javob ber-
ishdi. Shoh otlanib, o‘zining barcha sarkarda-yu
ayonlari bilan darvoza tomon y ol oldi. Rad asbo
bini sozladilar, tilsimni keltirib, ra’d yoyiga tosh-
dek qurib, to‘p piltasiga o t tutashtirdilar, Doruga
o t yetgach, u osmonga kotarildi va uchib borib
dushman sipohlarining o'rtasiga tushdi. Aytilgan
to‘rt ish
yuz
berdi: awal kuchli sado-yu qolansa
hid tarqaldi, keyin o t bilan dud keng yoyildi va oti
qal’ani kulga aylantirdi. Dudi fusungarlar yuzini
qaro qilib, isi ularning afsunlarini xotirlaridan
o'chirib tashladi.
Haligi to‘p otilgach, Malluga darhol xabar qildi-
lar. Mallu Iskandar bilan jang qilish uchun kuchi
zaifligini sezdi, darvoza va qal’ani zabt etilganini
angladi, o'zini hayron, elini parishon holda ko‘rdi.
Mamlakati ichra qaror yoki manzil topa olmay,
yerosti yoli bilan boriladigan naqb atrofiga bor
boyliklarini to‘play boshladi. O'zi bilgan qora tog*
ustiga makon qurdirib turar ekan, shu chog'da
Iskandar qo‘rg‘onga hujum qilishni buyurdi, lekin
olimlar: «Bugun bormaganimiz yaxshi, chunki
oldingisidan chiqqan tutun tarqamasa, u tomonga
yaqinlashib bolmaydi», - deyishdi. Bu so'zlami
eshitgan Iskandar o‘z qarorgohiga qaytib keldi va
aysh-ishrat bilan shugtillana boshladi. Olimlarga
ko'pdan ko‘p ehsonlar berdirdi. Tong otgach, qal’a
ichiga sipohning kirishiga buyruq berdi. Sipohlar
tiqilishib, yetti kun davomida darvozadan kirdilar.
Shahar xalqi Iskandami xat-u shikoyatnomalarga
toldirib tashladi.
«Bu diyor Malluda bolgan zamon bu qullarda
hech ixtiyor yo‘q edi. Xizmat qilganimiz qilgan
edi. Uning shavkatidan qutildik, endi ne desang,
bandangmiz!
Do'stlaringiz bilan baham: