Xamsa alisher Navoiy xamsa



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

1 Qo'ton -  oq tuma.

2 Sung4ir -  lochin.


donlarning  barchasini  bir  dona  ham  qoldirmay 

yeb bitirishdi.

Elchi  Iskandarning  bu  qilayotgan  ishlarini 

kuzatarkan,  xijolatdan  nima  qilishni  bilmasdi. 

So‘ng Iskandar buyurdi: «Endi Doro qoshiga borib, 

eshitgan javobingni yetkiz,  men  aytgan  so'zlarni 

unga ham ayt».

Elchi bu so‘zlarni tinglagach,  oyogl bilan kelib, 

boshi bilan chiqib ketdi. Doroning vakili o‘z manzili- 

ga yetib borgach, Eron hukmdoriga Iskandar so‘zla- 

rini uzundan uzoq  so‘zlab  berdi.  Doro  bu javobni 

eshitib, jismiga g‘azab otidan isitma tushib, yonar 

otga aylandi. To'xtovsiz yuraverish uni chaqmoqdek 

qilib  qoydi.  Goh  davronni  la’natlar,  yer-u  kolcka 

ta’na-yu  shitob  etardi.  Bu  hayajonlar  ta’sirida 

lashkar to'plashga farmon berdi. Rum, Zangibor-u, 

Farangdan, Eron-u Turon, Chin-u Mashriq zamin, 

Janub-u Shimol -  jahonning to'rt tomonidan ikki yil 

davomida yer sathiga sigtnaydigan shuncha sipoh 

yiglldiki, ularning bu qirg'ogldan u qirg'oglni ко‘rib 

bolmasdi. Barcha qo'shin va’da qilingan, tayinlan- 

gan manzilga to‘planishgach, shoh ular tomon yol 

oldi. Sipohlar tomon nazar tashlagan shohning o‘ch 

olish oti yanada alangalanib ketdi.

El shohlari, iqlim valiylari ketma-ket sovg‘a-yu 

salomlar bilan kelib turishar, barchalari Doro xiz- 

matiga tayyor turishardi.  Doro  o‘zi uchun  solin- 

gan saroyda qurilgan baland taxtga chiqib o'tirdi. 

So‘ng:  «Mulk sultonlarining barchalari kelib, yer 

o‘psinlar-da,  salom  bersinlar,  bu  ularning  ehti- 

romlari sanaladi», -  degan buyruq berdi.

Yarim kungacha sultonlar qalin qo‘shin orasi- 

dan  o'tib  salom  berishdi.  Ularning  ichida  eng 

sharafli mansabdor shoh-u sultonlar bolib, Xitoy-




dan Mangu qoon, Hind elidan Qoraxon,  Misrdan 

Varqau Bosh,  Dasht elidan Temurtosh, Xovaron 

mulkidan Farangis, Shirvon mulkidan Davali kabi 

yuzlab buyuk zotlar bor edi. Ular olib kelishayot- 

gan  sovg'a-salomlar,  qurollar,  jang  yaroglarini 

hisoblovchilar yuz yil shitob bilan ishlaganlarida 

ham ularning sanog‘iga yetolmasdilar.

Sipohlarni  manzillarga  tarqatishgach,  lash- 

karboshilarni  ichkariga  taklif  etdilar.  Atrofini 

shoh-u sipohdorlar, uluglar har tomondan о‘rab 

o‘tirishgach, Doro o‘z so‘zini boshladi: «Bunchalar 

sipoh  to'plashimizga  sabab  bu  ediki,  Rumdan 

Faylaqus jahon bilan xayrlashgach, uning o'rniga 

majnunvash,  o‘t-u  suvdek  sarkash  o‘g li  taxtga 

o'tirgan edi.  Mana, uch yil boldi, xiroj tolamay, 

toji bilan xursand bolib yuribdi. Xiroj tolamaslik 

sababini surishtirish uchun yuborilgan vakilim- 

izni о‘sal qilib qaytaribdi. Bema’ni so‘zlarida biror 

aqlli so‘z yo‘q. Yana vakil yuborib, pand-nasihat 

qildim,  foydasi bolmadi. Adabsizlik bilan qilgan 

javoblari meni darg'azab qildi. Beodobona so‘zla- 

rini eshitgach, uning quloglni burab qo^ish ma- 

qsadida askar to‘plash uchun har tomon odamlar 

yuborildi».

Shohlar o'rinlaridan  turib, yer o‘pib  dedilarki: 

«Uning holini tang qilish uchun yurish qilish hojat- 

midi? Shuncha askar o‘miga bir qulni yuborsangiz 

ham bo‘lardi-ku!».

Shoh dediki:  «Shuncha lashkar yiglshimizdan 

maqsad Rumni oromgoh qilmoq, uning hududiga 

Zangibor-u Farangni ham kiritish fikrini otylayap- 

miz.  Bir necha kun bu yerlarni tavof qilib,  keyin 

qaytsak ham yomon bolmaydi».



Shoh  bu  so‘zlami  aytgach,  barcha rozi  boldi. 

Hammalari  shoh  so'ziga  amal  qilib,  manzillarini 

aniqlab, Rum sari yolga tushdilar.

Bular ko‘chma-ko‘ch  bolib  Rum  sari borayot- 

ganlari haqidagi xabar Iskandarga ham yetdi.  U 

ham  g‘ofil  qolmaslik  uchun  yov  tomonga  doim 

lashkar  yollab,  ahvoldan  xabar  topib  turardi. 

Nima zarur bolsa, fahm bilan joyiga qo'yardi.

Iskandar  o‘z  askarlarini  shunday  tayyorlagan 

ediki,  olam  sipohi  kelsa-yu,  ularning  har  biri 

Rustam  kabi pahlavon  bolsa,  yov oldiga  somon 

to‘planganida, yetishishi bilan sovurilgan somon 

kabi bolardi.

Doro murosa-yu madora choglga fursat qolma- 

ganini angladi-yu, butun askarlar bilan ilgari yurib, 

dushman  lashkarlariga  qo‘rquv  solmoqchi  boldi. 

Dushmanlar orasi o'n manzil bolib, ikki yondan ham 

qo‘shinlar ehtiyot bolib borishardi. Urush boladigan 

joyga esa bir kunchalik yol qolgan edi.  Ora yerda 

tog‘ bolib, ikki yonida ikki dasht ham bor edi. Ikki 

dashtda ikki dushman eli joylashgan. Hatto yel ham 

ular orasidan yol topolmasdi.

Iskandar  sipoh  atrofini  aylanib,  mustahkam 

xandaq qurdirardi. Ko‘ngli tinch bolib, yuz tig'zan 

kamonchini o‘zi bilan birga oldi-yu, ul lashkar bi­

lan tog‘ ustiga chiqdi va o'sha yerdan yov qo‘shinini 

tomosha  qilmoqchi  boldi.  Qarasaki,  yer  yuzini 

sipoh  tutgan,  tog‘-u  tekis  yer  qorayib  yotardi. 

Odamlar harakat qilishga ham yol topisholmasdi. 

Osmonni tutun-u gard tutib ketgan edi. Iskandar 

yov  askarlari  ichida  bo‘sh joy  qolmagani uchun 

ularning  sonini  ham  aniqlay  olmadi  va  chuqur 

o'ylanib qoldi. Xayolida: «Ikki tomon urush bosh- 

lashsa, ular zichligi tufayli bemalol urusholmay-




di ham.  Bu yerdan ketishning ham imkoni yo‘q, 

aylanib o'tmoqchi bolsam ham foydasi yo‘q».

Donishmand shoh shulami otylab turgandi, bir 

tosh ustida ikki kabutar ko‘rindi,  ular bir-birlari 

bilan ayovsiz urishar edilar. Birining jussasi zab- 

ardastroq, yana biri past bo^li bolib, kuchsizroq 

edi.  Kattasida  qancha  quwat  bolsa,  kichigida 

shuncha zaiflik sezilardi.

Iskandar bu  kuch-u zaiflikni  ко‘rib,  o‘zi  bilan 

Doroga  nisbat  berdi.  Shu  payt  nogoh  havodan 

bir burgut pastlab kelib,  chaqqonlik bilan katta- 

sini ushlab olib,  uchib  ketdi.  Go^o  u  kaptar bu 

orada  yo'qdek  edi.  Iskandar  bu  holdan  xushdil 

boldi,  kuchiga kuch qo'shildi.  Unga dushmanlik 

qilayotgan yovyengilib, lekin o‘zga yerdan shikast 

topishini  sezdi.  Bu  ishdan  o‘ziga  dalda  berib, 

yovning  qadri past bolishini  bilib,  sipohi  tomon 

yurdi, go “yo jonsiz badanga jon kirgandek boldi.

U  tog'dan  navo  topib  uyg'ongandek,  quyosh 

nurlarini tog‘ ortidan socha boshlagach, bir zamon 

hamma yoqni dud bosgandek bolib turdi-yu, na- 

rigi dashtdagi Doro o‘z dargohida g'alaba shodiy- 

onasi xayoli bilan band ekan, ko'ziga Iskandarni 

hech ilmas,  qazodan ne hoi bolganidan bexabar 

edi.  Sarkardalari:


Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish