Ilvasinli (kaklik) palov
Kaklikni so'yib, qaynoq suvga pishib olgach, patlarini yulasiz, ichini ochib, chavag'idan tozalaysiz-da, issiq suvda yuvib, 4 yoki 6 bo'lakka bo'lib, tuz sepib qo'yasiz. Qozonda yog'ni dog'lab, kaklik go'shtini solib qizarguncha qovurasiz va piyoz solasiz, piyoz qizargach, sabzini solib ikki-uch aralashtirganingizdan keyin suv quyib, sust olovda bir soatcha mildiratib qaynatasiz. So'ng ziravorlar sepib, tuzini rostlaysiz-da, yuvib tayyorlangan guruchni solib, odatdagidek damlaysiz. Damlash muddati 25 30 minut. Dasturxonga tortishda kaklik go'shtini ajratib olib, palovni yaxshilab aralashtirasiz, keyin laganga suzib, har bir xo'randaga bir bo'lak kaklik go'shti hisobida palov yuziga terib chiqasiz. Masalliq: 1 kg guruch, 1 dona semiz kaklik, 500 gr sabzi, 250 gr o'simlik yog'i, 3 4 bosh piyoz, tuz va ziravorlar ta`bga ko'ra olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |