Xalqaro valyuta munosabatlari rivojlanishining zamonaviy


Yevrochek yevrovalutadagi chekdir



Download 252 Kb.
bet19/21
Sana16.07.2022
Hajmi252 Kb.
#810115
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Xalqaro valyuta munosabatlari rivojlanishining zamonaviy

Yevrochek yevrovalutadagi chekdir. Ushbu chek, mijozning oldindan amalga oshirilgan naqdli to‘lovisiz va nisbatan yirik sum- malarda, bir oygacha muddatga bo'lgan krediti hisobiga bank tomonidan yozib beriladi; «Yevrochek» (1968-yildan boshlab) kelishuvining ishtirokchisi bo'lmish har qanday davlatda unga haq to‘lanadi. Yevrocheklarning yagona (bir xildagi) shakli, ularga haq to‘lash egalari tomonidan kafolat kartochkalari taqdim etilgandagina amalga oshishi, yevrocheklarni qayta ishlash ustidan EHM yordamida nazorat qilinishi xalqaro sayyohlik bo'yicha hisob-kitoblarning takomillashishiga ко'maklashadi.
XX asrning 60-yillaridan boshlab xalqaro hisob-kitoblarda kredit kartochkalaridan faol foydalanilmoqda. Kredit kartochkasi egasiga
tovar va xizmatlarni naqdsiz hisob-kitoblardan foydalangan holda sotib olish huquqini beruvchi nomli pul hujjatidir. Xalqaro hisob- kitoblarda Amerikada chiqarilgan (Viza interneshnl, Masterkard, Ameriken ekspress va boshqalar) kredit kartochkalari ko‘p tarqalgandir. Ushbu kredit kartochkalarini qayta ishlashda kompyuter, elektron va kosmik aloqa vositalaridan foydalaniladi. Bank va do‘konlarning kompyuterlari telefon orqali axborotlami qayta ishlovchi tizimning markazlashtirilgan kompyuterlariga ulanadi. 1999-yildan boshlab Yevroga o'tilishi munosabati bilan Mayestro, Eurocard-Master Card (Yevrocheklar, kredit kartochkalari) logotiplariga ega Europay Inter­national assotsiatsiyalarining ko‘p valutali instrumentlardan foydalangan holdagi 'nisob-kitoblari umumYevropa valutasiga o‘tkazildi.
Mijoz hisob-varag‘ining qoldig‘i bo'yicha beriladigan ina’lumot- nomada sotib olishning Yevrodagi summasi hamda bank hisobvaraq valutasidagi ekvivalent ko‘rsatiladi. Ushbu holat turli mamlakatlardagi tovar baholarini taqqoslash, bank hisob-varaqlarini Yevroga aylantirish, Yevropa valutasidan foydalanish tajribasiga ega boMish imkonini beradi. Internet tizimiga Yevrodagi to'lov mahsullari va xizmatlar to'g'risidagi ma’lumot kiritilgan.
Valuta kliringlari Xalqaro hisob-kitoblar jarayoniga davlatning aralashuvi valuta kliringlaridan muntazam ravishda foydalanilishida o‘z ifodasini topmoqda. Valuta kliringi ikki va bundan ziyod davlatlar hukumatlarining xalqaro talab hamda majburiyatlar bo'yicha o'zaro majburiy hisob-kitob (zachyot) to‘g‘risidagi kelishuvidir. Valuta kliringi banklararo ichki kliringdan farq qiladi. Birinchidan, banklararo ichki kliring bo'yicha zachyotlar ixtiyoriy asosda, valuta kliringi bo'yicha esa majburiy tarzda amalga oshadi (mamlakatlar o‘rtasida kliring bo‘yicha kelishuv mavjud bo‘lsa, importyor va eksportyorlar kliring yuzasidan hisob-kitoblardan bo'yin tovlashga haqi yo‘q). Ikkinchidan, ichki kliring bo'yicha zachyot qoldig‘i shu zahoti pulga aylantiriladi, valuta kliringida esa saldoni so'ndirish bo‘yicha muammo paydo bo’madi.
Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar jarayonida valuta va tovar resurslarini qaytarishlik, muddatlilik hamda foiz to‘lash shartlari asosida taqdim etilishi bilan bog‘liq ssuda kapitalining harakatidir. Kreditorlar va qarz oluvchilar sifatida xususiy korxona (bank, firmajlar,
davlat tashkilotlari, hukumatlar, xalqaro hamda hududiy valuta-kredit va moliyaviy tashkilotlar maydonga chiqadi.
Xalqaro kredit kapitalistik ishlab chiqarish usulining dastlabki bosqichlarida vujudga kelgan va kapitalni dastlabki jamg'arishning richaglaridan biri edi. Ishlab chiqarishning milliy chegaralardan tashqariga chiqishi, xo‘jalik aloqalari baynalmilallashuvining kuchayishi, kapitalning xalqaro jihatdan ijtimoiylashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi hamda ilmiy-texnik inqilob uning rivojlanishining obyektiv asosi bo‘ldi.
Xalqaro kreditning manbalari bo'lib: korxonalardagi mablag1 laming davriy aylanishi jarayonida vaqtincha bo4sh bo'lib qoladigan pul shaklidagi kapitalning bir qismi; banklar tomonidan yig’ib, jamla- nadigan davlat va xususiy sektorning pul jamg’armalari hisoblanadi.
Takror ishlab chiqarish jarayonining ayrim joylarida xalqaro kreditga obyektiv zarurat tug‘iladi. Ushbu zarurat: 1) mablag4laming xo‘jalikdagi doiraviy aylanishi bilan bog‘liq; 2) mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishning xususiyatlari bilan bog‘liq; 3) tashqi iqtisodiy bitimlarning hajmi va muddatlaridagi farqlar bilan bog‘liq; 4) ishlab chiqarishni kengaytirishga mo'ljallangan yirik kapital qo‘yilmalarini amalga oshirilish zarurati bilan bog‘liq.

Download 252 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish