4. Xalqaro hisob-kitoblar, ularning shakllari. Xalqaro kredit munosabatlari.
Xalqaro hisob-kitoblardagi o‘zgartirishlarning paydo boMishi hamda ularning yanada takomillashib borishi tovar ishlab chiqarish va muomala jarayonining rivojlanishi hamda baynalmilallashuvi bilan bog‘liqdir. Tovarlarni ishlab chiqarish va ularni sotish davrlarini o‘zaro muvofiq kelmasligi hamda iste’mol bozorlarining uzoqligi tufayli xalqaro muomaladagi qiymatlar harakatining nisbatan mustaqil bo‘lib qolgan shakli xalqaro hisob-kitoblarda o‘z aksini topadi. Xalqaro hisob- kitoblar tovarlar va xizmatlar bilan tashqi savdo hamda notijorat opcratsiyalar, kreditlar va mamlakatlararo kapitallar harakati bo‘yicha hisob-kitoblarni qamrab oladi.
Xalqaro hisob-kitoblar — turli mamlakatlar fuqarolari va yuridik shaxslari o'rtasida iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy munosabatlar tufayli vujudga keladigan pul talablari va majburiyatlar bo'yicha to'lovlarni muvofiqlashtirishdir. Xalqaro hisob-kitoblar bir tomondan, amaliyotda shakllangan va Xalqaro hujjatlar hamda udumlar bilan mustahkamlangan to‘lovlarni amalga oshirish shartlari va tartibini, ikkinchi tomondan ushbu hisob-kitoblarni amalga oshirish yuzasidan kunlik amaliy faoliyatni o‘z ichiga oladi. Hisob-kitoblarning eng katta hajmi bank hisob-varaqlarida yozuvlarni amalga oshirish orqali naqdsiz pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi. Bunda jahonning eng yirik banklari xalqaro hisob-kitoblarda yetakchilik rolini o‘ynaydi. Mazkur banklarning xalqaro hisob-kitoblarga bo‘lgan ta’sir darajasi ular joylashgan mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalari, milliy valutasining ishlatilish ко‘lam lari, ixtisoslashganligi, moliyaviy ahvoli, ishbilarmonlik mavqei, vakil banklar tizimiga bevosita bog'liqdir.
Banklar hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun o'zlarining xorijiy bo‘litnlari va xorijiy banklar bilan o‘rnatilgan vakillik munosabatlaridan foydalanadilar. Xorijiy banklar bilan vakillik munosabatlari o'rnatil-
ganda «loro» (xorijiy banklarning mazkur bankda ochgan hisob-varag'i) va «nostro» (mazkur bankning xorijiy banklarda ochgan hisob-varag‘i) hisobvaraqlari ochiladi. Vakillik munosabatlari hisob-kitoblar tartibi, vositachilik haqining hajmi, ishlatilib boMingan mablagMarni to‘latish uslublarini belgilab beradi. Xalqaro hisob-kitoblarni o‘z vaqtida va samarali arnalga oshirish uchun banklar, odatda, kutilayotgan to‘lovlarning tarkibiy tuzilishi hamda muddatlariga muvofiq ravishda zarur bo'lgan va turli valutalarda ifodalangan valuta pozitsiyalarini ta’minlab turadilar hamda o‘z valuta zaxiralarini diversifikasiyalash siyosatini o‘tkazadilar. Banklar nisbatan yuqori foyda olish maqsadida o‘z valuta aktivlarini jahon ssuda kapitallari bozorida, shu jumladan Yevrobozorda joylashtirishni afzal ko‘rgan holda «nostro» hisob-varaq- laridagi minimal qoldiqlarm ta’minlashga harakat qiladilar.
Xalqaro hisob-kitoblar borasidagi banklar faoliyati bir tomondan milliy qonunchilik bilan muvofiqlashtiriladi, boshqa tomondan esa o‘rnatilgan qoidalar va udumlar yoki alohida hujjatlar bilan mustahkamlangan ko‘rinishda mavjud bo'lgan, shakllangan amaliyot bilan belgilanadi.
Xalqaro hisob-kitoblarda asosan milliy valutalarning ishlatilishi ulardan foydalanish samaradorligini kurs tebranishlari hamda ushbu valutalar emitentlari bo‘lmish mamlakatlarning iqtisodiy va valuta siyosatiga bog‘liqligini kuchaytiradi. Xalqaro hisob-kitoblarning holati bir qator omillarga bog'liqdir: mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy munosabatlar; valuta qonunchiligi; Xalqaro savdo qoidalari hamda udumlari; bank amaliyotlari; tashqi savdo shartnomalari va kredit bitimlarining shartlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |