7-mavzu: Mehmonxonalarda landshaft dizaynining asosiy uslublari
REJA:
7.1. Mexmonxonalarda landshaft dizaynining uslublari.
7.2. Mehmonxona grafik dizaynida obraz, uslub va texnika birligi.
7.3. Mexmonxonalarda me’moriy muhit shakllanishida ranglarning roli.
7.1. Mexmonxonalarda landshaft dizaynining uslublari.
Landshaft dizayni – inson turmushini tabiiy vositalar – relef, o‘simliklar, suv, tosh va hokazolar vositasida yanada nafisroq, jozibaliroq qilishga qaratilgan alohida mehnat turidir.
Uslub – landshaft muhitining asosiy elementlarining estetik tomonlarini tahlil qilib, ularning yorqin jihatlarini topib qo‘llashga qaratilgan badiiy izlanishlar majmuidir. Aynan ana shunday tadqiqotlar tufayli, istirohat bog‘lari, dam olish oromgohlari, bog‘-rog‘lar vujudga keldi. Dizayn amaliyoti va nazariyasidagi mavjud iyrik taraqqiyot bosqichlari, hatto maktablar: Roman, gotik, renesans, barokko, rokoko, klassitsizm, romantizm kabi yo‘nalishlar ham o‘ziga xos uslublar hisob-lanadi.
Ona sayyoramiz Yerning usti, yuzasi turlicha releflardan tashkil topgan. Bu releflar suv, havo, quyosh ta’sirida muntazam o‘zgarib turadi. Natijada har joyning o‘ziga xos mahalliy releflari vujudga keladi.
Relef – landshaftning skeletidir. Uning o‘zgarishi butun muhit o‘zgarishiga olib keladi.
Geoplastika – yer yuzasini plastik materiallar bilan bezashdir. Geoplastika vositalari: qum tosh siniqlari, turli qirindi, chiqindi va hokazo kabi tabiiy va sun’iy materiallardir. Landshaft dizaynining ob’ektlari san’atning turli yo‘nalishlari vositasida estetik jihatdan tabiat sintezidir. Antik davrdan boshlab tabiat va arxitektura hamohangligi boshlanadi. Qadimgi Rim bog‘larining (qurilishi) tuzilishi buning isbotidir. Tabiat go‘zalliklarini turmushga olib kirish – dizayn Yevropada o‘rta asrlarga kelib tendensiyaga aylandi.
Osiyo davlatlarining bog‘-chorboq, park qurilishlari Yevropa uslub-laridan anchagina farq qiladi. Xitoyda imperator saroylarida, maqbaralar girdida, hovli va olimlar bog‘lari mavjud bo‘lgan. Ularda alohida sokinlik asosida tabiat go‘zalliklari namoyon bo‘ladi.
Yaponiyada bog‘-rog‘lar qurilishi atrof-muhit va ijtimoiy hayot talaba-laridan kelib chiqib, tez-tez o‘zgarib turadi. Landshaft dizayni rivojlani-shi jarayonida asosan ikki yo‘nalish shakllangan bo‘lib, birinchisi doimiy-geometrik, formalar yasovchi, ikkinchisi – landshaft dizayni.
ART-landshaftlar bog‘lar haqidagi an’anaviy tushuncha va tasavvurlar-dan farq qiluvchi, yangi texnologiyalarga asoslangan va qurilishi g‘oyalari vujudga keldi. Bu oqim bog‘ qurilish ramz timsollariga ko‘ra XX asr oxirlarida paydo bo‘ldi. Bu yo‘nalish landshaft dizaynining o‘ziga xos laboratoriyasi hisoblanadi.
Art-landshaft uchun musiqa, rasm, teatr, skulptura va hokazolardan foydalanish xos. Art-landshaftning quyidagi uslubiy yo‘nalish guruhlari mavjud: kinetik bog‘lar, bog‘ o‘yinlari, artefakt bog‘lar, installyatsiya bog‘lari, sun’iy elementlardan yasalgan va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |