Xalqaro turizm va turizm servisi



Download 1,53 Mb.
bet25/37
Sana01.01.2022
Hajmi1,53 Mb.
#294768
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
Bog'liq
1. Ўқув материаллари

Syurrealizm-Dadaizm asosida shakllangan yo‘nalish bo‘lib, uning asoschilari Z.Freyda va shoir Andre Breton hisoblanadilar. Ularning hisoblashi, talablari bo‘yicha kishi ongi badiiy obrazlarda, surat va haykallarda senzuradan holi tarzda ifodalanishi lozim.

Salvador Dali i Marsel Dyushchi asarlari orqali Syurrealizm asta-sekin grafika-dizayni va reklamaga kirib keladi.



Ar Deko – G‘arbiy Yevropa va AQShda ikkala jahon urushi oralig‘ida tashkil topgan eng ta’sirchan va jozibali uslublardan biridir. Bu uslub 1925 yilda Parijda o‘tkazilgan ko‘rgazmadan keyin ayniqsa rivojlandi.

1960 yillarga qadar “Ar Deko” termini Fransiyada Retro, Amerikada “Djaz Modern” yoki “Strimlayn-modern” deb atalgan. “Ar Deko” atamasini Xitlari Chelson “Tayms” gazetasida 1966 yilda chop etilgan. “Ar Deko” nomli maqolasi bilan joriy etdi.

Ar Deko o‘rta tabaqa aholining ijtimoiy ahvolini ifodalab, faqat arxitektura va dizayndagina emas, shuningdek rang tasvir, grafika transport, kiyinish va musiqaga ham xos bo‘lib, hatto avtomobil ko‘rinishlarini ham namoyon qilardi.

Ar Deko tasvirlarida fantastik mavjudotlar, tovus va ajdarlar ifodasi ham mavjud bo‘lardi.

Dekorator Jan Emil Ryulmax (1879-1933), Fransiyalik rassom arxitektor Robert Stiven (1886-1945), Arxitektor Uilyam Van Aden (1882-1954) va boshqalar Ar Deko usulida ajoyib arxitektura asarlari yaratdilar.

Ratsionalizm – XX asr o‘rtalarida arxitektura va dizayn yo‘nalishida Italiyada vujudga kelgan oqimdir. Loyihada yangi shakl va materiallar kiritish tarafdori. Yo‘nalishning ko‘zga ko‘ringan vakillari Juzeppe Terrani (1904-1943), Luidji Fidjini (1903-1984), Alberto Libera (1905-1963) edilar. Aynan ratsializm davrida katta-katta panorama oynalari ishlatila boshlandi.

Organik dizayn – organik arxitektura konsepsiyasi asosida shakllangan bo‘lib uning asosiy tamoyillari:

- arxitektura ob’ektlarining individualligi (dala hovli, villa va hokazo);

- urbanik industrial metodlardan voz kechish;

- qurilish materiallarning tabiiyligi;

- yagona tabiiy muhit yaratish;

- tashqi muhit (tabiat) bilan aloqadorlik va hokazo.

Organik dizayn o‘z rivojlanishida 2 bosqichni boshidan kechirdi. Birinchi bosqich Frenk Lloyd Rayt (1867-1959 va Charlz Renni Makintosh (1868-1928) ijodi bilan bog‘liq. Uslubning o‘ziga xos xususiyatlaridan yanabiri – intererga tabiiy va sun’iy materiallar kiritish edi. Bu yo‘nalishning Finlyandiyadagi asoschilaridan biri Alvar Aalto (1898-1970) bo‘lib, uning uslubini Charlz va Rey Imelar davom ettirdilar.

Organik dizaynning ikkinchi bosqichi XX asrning 90 yillarda paydo bo‘ldi. Bu eng yangi original texnologiyalar vujudga kelgan zamon bilan bog‘liq bo‘ldi. Yangi yo‘nalishning XXI asrdagi davomchilaridan biri Rose Lavgruv (1958 yilda tug‘ilgan) o‘z uslubini “organik essesializm” deb ataydi.

“Gou” kreslosi Lavgruv mahsulotidir.

Op-art – 1958 yilda AQSH, keyinroq 1960 yillarda Yevropada paydo bo‘ldi. Unga kosmik optik illyuziyalarga asoslanib loyihalar yasashdir. Ba’zan Viktor Vazarelining 1938 yilda yasagan “Zebra” asarini Op artning birinchi mahsuloti deya muallifni yo‘nalish asoschisi hisoblaydilar. Uslubni davom ettirganlar qatoriga: Richard Anushkevich (1930 yilda tug‘ilgan), Lari Puis (1937 yilda tug‘ilgan), Bridjit Raydi (1931 yilda tug‘ilgan) kiradilar.

Pop-art (popular art – ommaviy madaniyat). Angliyada yuzaga kelgan bo‘lsada, uning xritomatik asarlari AQShda yaraldi, 1960 yillarning tipik uslubi edi. Pop-art terminini birinchi bo‘lib, 1958 yilda Lourens Ellouey qo‘lladi. Mazkur uslubni davom ettirganlar: Richard Gammelton, Eduard Paolotssi, Djasper Djons, Endi Uoxol va boshqalar (AQSH) bo‘ldilar.

Metabolizm – 1960-1970 yillarda Yaponiyada vujudga kelgan arxitektura yo‘nalishidir (fransuzcha metaboliste, grekcha metabole-peremena, prevrasheniye, o‘zgarish, aylanish, almashish ma’nolarini anglatadi.

Uslub arxitektura va shahar qurilishi tabiat va jamiyat rivojlanishi qonuniyatlarining hamohang bo‘lish g‘oyalarini olg‘a surdi. Metabolist arxitektorlar uyni ham, shaharni ham go‘yo tirik organizm sifatida qarab, misli inson tanasidek eskirgan, yaroqsiz a’zolarni ta’mirlash, yangilash g‘oyalarini ta’kidlab aytadilar. Bu uslub vakillari: Kenzo Tange (1913-2005), Kisyo Kurakava (1934-2007), Kionori Kikutaki (1928 yilda tug‘ilgan) va boshqalar hisoblanadi.

Minimalizm – XX asrning 60 yillarida paydo bo‘ldi. Robert Morri (1932 yil) Den Flavillarining skulptura ishlarini (belgilash) baholash asnosida vujudga keldi. Arxitekturada minimalizm tasviriy vositalar-ning kamligi (minimum) ayni paytda ularning ifoda qamrovi kengligi harakterlidir. Minimalizm yirik namoyandalari sifatida Jon Pauson (1949 yil), Padao Aido (1941 yil), Klaudio Silvestrin (1943 yil) va boshqalar tan olinadi.

Postindustrializm – texnologik ashyo-buyumlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq tarzda Buyuk Britaniyada paydo bo‘ldi. Bu dizayn yalpi mahsulotlar ishlab chiqarishdan voz kechib, faqat buyurtma, ehtiyotlar asosida sifatli tovarlar ishlab chiqarishga olib keldi.

Bu yo‘nalishdagi dastlabki dizaynerlar Ron Arad (1951 yilda tug‘ilgan), Tom dikson (1959 yilda tug‘ilgan)lardir.

Regionalizm – bu yo‘nalish zamonaviylik, ayni paytda, milliylikka e’tibor qaratdi. Regionalizm Lotin Amerika mamlakatlari: Braziliya, meksika, Venesuela kabilarda keng tarqaldi. Namoyandalari: Luis Kosta (1902-1998), Oskar Nimeyer (1907 yilda tug‘ilgan), Afons Eduard Reydi (1909-1964).

Hi-tech: Xay-tek (inglizcha high technology – visokiye texnologii) bu davr texnokratiyasi ifodasi sifatida 1970 yillar boshlarida shakllandi. Postmodernizm bilan yaqin aloqada bo‘ldi. Xay-tek arxitektura va fan yangiliklarini sintez qildi, texnik yangiliklar asosiy rol o‘ynaydi. Industrial xay-tek yo‘nalishida sermahsul ishlagan arxitektor-dizayner-larning yetakchi vakillari safiga: Richard Rodjers, Renzo Piano, ser Norman Foster (1935 yilda tug‘ilgan), Maykl Xopkins (1955 yilda tug‘ilgan), Pol Key (1949), Djozef Pol dUreo (1943) va boshqalarni kiritish mumkin.

Geometrik xay-tek. Bu yo‘nalish uchun bino va inshootlar karkas-larini eng so‘nggi zamonaviy materiallar bilash bezash harakterlidir. Turlicha geometrik figuralar qo‘llanilishi avj oldi. Ayna shuning uchun ham bino-larning yangi geometriyasi degan tushuncha shakllandi.

Bionik xay-tekda tirik tabiat qo‘llash yo‘lga qo‘yilgani uchun ham binonik xay-tek degan nom oldi. Bionik yo‘nalish nafaqat me’moriy, ayni paytda, inson turmushi bilan dizayni bilan bog‘liq bo‘lgan texnik masalalarni ham boshiga yechishga intildi.


6.3. Postindustrializm uslubi. Regionalizm uslubi. Hi-tech: Xay-tek uslubi. Geometrik xay-tek uslubi. Postmodernizm yoki postavangard uslubi. Kontekstualizm uslubi. “Memfis” uslubi. Dekonstruktivizm uslubi.

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish