8-mavzu: Mehmonxona landshaftini yaratish
8.1. Mehmonxona landshaftini yaratishda installyatsiya tushunchasi.
8.2. Mehmonxona landshaftini yaratishda Xeppining, Assamblyaj, Invayronmant, Performans, Aksiya, Videoart, Installyatsiya bog‘lari, Kinetik bog‘lar, Artefakt bog‘ va Installyatsiya bog‘i yo‘nalishlari. Mehmonxona landshaftini yaratishda kichik me’moriy shakllar.
8.1. Mehmonxona landshaftini yaratishda installyatsiya tushunchasi.
Bugun zamonaviy grafika dizaynida juda ko‘p uslublar mavjud. Klassika – an’anaviy qonun-qoidalar: aniqlik, qisqalik, mantiqiylik va ixcham tuzilishlarga tayanadi. Klassik uslubda ranglar qo‘llanilsa, odatda oltin va kumush ranglarga ko‘proq e’tibor beriladi.
Ampir – asosiy mavzu yo‘nalish qahramonlik va monarxiya mazmunlari ifodasidir. Antik Rim va Misr tasviriy ifodalariga e’tibor qaratadi. Ampir ko‘proq hukmronlik g‘oyalarini ifodalaydi.
Modern yoki art-nuvo klassika va ampirning mutlaqo qarama-qarshi ko‘rinishidir. Uning xususiyati to‘g‘ri liniya av burchak ko‘rinishlardan voz kechib, narsa buyumlar tasviri tabiatda qanday bo‘lsa, aynan shunday ifoda qilish tarafdoridir. Bu yo‘nalish ko‘proq ayollar ehtiyoj va talablari bo‘yicha ishlaydi.
Ar-deko (art deko)– avangardizmdan kelib chiqqan. Unga qadimiy etnik chizma naqshlar, kashta bezaklari xos. Aynan ar-deko orqali Mesopotamiya, qadimiy Misr xalqlari va hatto Mayya qabilalariga xos bo‘lgan naqsh-bezaklar bilan tanishish mumkin.
Minimalizmga oddiylik va ixchamlik xos.Uning eng yaxshi sara namunalarini Yaponiya dizaynerlari san’at asarlarida ko‘rish mumkin.
Pop-art (ommaviy madaniyat) oddiy ehtiyoj tovarlar simvolikasidan boshlab mashhur tarixiy shaxslar siymosigacha (ko‘p miqdorda) ommaviy ishlab chiqaradilar. Masalan, Ernesto Che Gevara, Merilin Monnolar ifoda etilgan tasvirlar pop-atr mahsulotlaridir.
Pop art yo‘nalishining asoschisi Endi Uorxol hisoblanadi.
Viyetaj yoki retro eskirib borayotgan san’at asarlari –obrazlarni qayta eslash. Grafika dizaynida bu uslub “o‘tmish apelyatsiyasi” sifatida ham qaraladi.
STIMPANK (inglizcha Steampunk) – texnokratik muqobil vaziyat (koalnost) ma’nosini anglatib, har qanday rivojlanish progrese dasturiga muqobil qo‘shimcha tanlov –variant sifatida namoyon bo‘ladigan yo‘nalishdir. XIX asr boshlarida vujudga kelgan.
Kleakvorpank – stimpankning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib estetika mexanizmiga urg‘u beriladi. Shuning uchun ham uni ba’zan “soat –shesternali” uslub ham deydilar.
Teslapank - XIX asr oxirlarida mashhur olim Nikol Tesla tomonidan elektr energiyasi asosida kashf etilgan uslub. Alohida janr sifatida uchramaydi. Stimpank asarlarga ilova (podjanr) sifatida mavjud bo‘ladi. Seylpank – uchuvchi orollar kemalar, afsonaviy maxluqlar (dev, ajdar va dengiz qaroqchilari kabi atributlar qo‘llanadigan ertaknamo –hayoliy janrdir. Yozuvchi Ilya Novakning “Akvalon”, Lev Jakovning stilp –fantaziyalari uning yorqin misollari bo‘ladi.
Tipografikani reklamada hozirgi zamon grafika dizaynning asosi deb ham hisoblanadi.Tipografikada yagona element-matn bor. Har qanday reklama yangilik ma’lumot berish va olish ham matn (tekst) orqali berilishini e’tiborga oladgan bo‘lsak tipografikaning o‘rni va roli yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Berilayotgan matn mazmuniga qarab shrift, rang, harf turlari va qanday to‘sinda yozish kabi jihatlar dizaynerning bilimi malakasi, tafakkuri va mahoratiga bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |