Xalqaro tijorat ishi



Download 3,44 Mb.
bet26/175
Sana18.07.2022
Hajmi3,44 Mb.
#821494
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   175
Bog'liq
1952-Текст статьи-4326-1-10-20200629

Manzilli ma'lumotnomalar firmalarning pochta va telegraf manzillaridan tashkil topadi. Teleks va telefon raqamlarini nashr qilingan ma‘lumotnomalar mavjud. Manzilli ma‘lumotnomalar yordamida firmalarning nomlanishi bo‘yicha uning pochta va telegraf manzilini topish mumkin, yoki aksincha. Yirik manzilli ma‘lumotnomalar quyidagilar: «Telyurone» (Germaniya), «Markonis interneyshnl redjister» (Angliya).
Aktsionerlik jamiyatlari bo'yicha ma'lumotnomalar aktsionerlik jamiyati shaklidagi firmalar haqidagi to‘liq tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi. Aktsionerlik jamiyatlari tomonidan nashr qilingan balanslar, daromad va zararlar hisobotlari, yillik hisobotlar bu turdagi ma‘lumotnomalarda yanada aniqroq va to‘liqroq nashr etildi. Bunday ma‘lumotnomalarda nashr qilingan ma‘lumotlar firmalar haqidagi umumiy ma‘lumotlardan tashqari, chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi, ishlab chiqarish korxonalarining tavsifi, ishlab chiqarish xajmi, mahsulot savdosi bo‘yicha aylanma, kapital qo‘yilmalari hajmi kabi ma‘lumotlarni ham o‘z
ichiga oladi. Bu turdagi ayrim ma‘lumotnomalarda turli kompaniya firmalarining rahbar organlari vakillarining ishtiroki haqidagi ma‘lumotlar ham beriladi. Bu ma’lumotnomalarga quyidagilarni kiritish mumkin: «Mudi» (AQSh), «Xandbux der doychen aktiengezelshaften»
(Germaniya), «Stok ikscheyndj ofishl yerbuk» (Angliya), «Annuare Chaix Les Principales Societes par actions» (Frantsiya), «Sellz British eksport qiluvchi redjister end neshnl direktori» (Angliya), «Prezident direktori. 500 yapon ilg‘or sanoat korporatsiyalari» (Yaponiya) va boshqalar.
Firmaga oid umumiy ma'lumotlar har qanday yuridik shakldagi, jumladan, mas‘uliyati cheklangan jamiyatlar bir shaxsga tegishli korxonalar haqidagi ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bu ma‘lumotnoma korxona faoliyati xarakteri, ishlab chiqarilgan mahsulot nomenklaturasi, firmaning tashkil etilgan yili, kapital xajmi, rahbar organlarning boshqaruv tarkibi, bandlar miqdori, ba‘zan esa, ishlab chiqaruvchi korxonalar ro‘yhati haqidagi ma‘lumotlarni berishi mumkin. Bu ma‘lumotnomalarning ko‘pchiligidan turli xil tillarda beriladigan tovar va tarmoq ro‘yhatini ham olishimiz mumkin.
Bu guruh ma‘lumotnomalarning eng yiriklariga quyidagilar kiradi: «Purs redjister of korporeynshns, direktors end ikzekyutivs» (AQSh va Kanada), «Gayt tu Ki biritish enterprayzes» (Angliya), «Xandbux der gross-unternemen» (Germaniya);
Tarmoq ma‘lumotnomalari xo‘jalik tarmoqlari, xususan, sanoat tarmoqlarining ixtisoslashtirilgan firmalari haqida ma‘lumotlarni beradi. Xalqaro doiradagi bozorning firmaga oid tuzilmasini ko‘pchilik mamlakatlarning bir tarmoq bo‘yicha firmalari ma‘lumotlari yig‘ilgan xalqaro ma‘lumotnomalar orqali aniqlash mumkin. Tarmoq ma‘lumotnomalaridagi ma‘lumotlar asosida mazkur tarmoqda faoliyat yuritayotgan firmalar doirasini aniq va ravshan belgilash, ularning ishlab chiqarish faoliyati haqida aniq ma‘lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Bunday ma‘lumotnomalarda, odatda, turli ro‘yhatlar ko‘rinishidagi axborotlar nashr qilinadi, masalan, alohida tovar chiqaruvchi firmalar va aniq tarmoq uchun xomashyo va uskunalar etkazib beruvchi firmalar va boshqalar.
Ayrim ma‘lumotnomalarda alohida tarmoqlarda faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik ushyumalari, turli kengashlar, ilmiy-tadqiqot muassasalarining ro‘yhati ham beriladi. Xorijiy mamlakatlarda chiqariladigan tarmoq ma‘lumotnomalarining miqdori katta. Ularga quyidagilar kiradi: «Iron and steel Works of the United States and Kanada» (AQSh va Kanada), «International Shipping and Shipbuilding Directory» (Angliya), «Internationales Zucker - wirtchaftliches Jahr - und Adreessbuch» (Germaniya). Tarmoq ma’lumotnomlarining eng yirigi neft, gaz, va neft mahsulotlari savdosi va ishlab chiqarilishi bilan shug‘ullanuvchi dunyoning barcha mamlakatlari haqidagi ma‘lumotlarni o‘zida jamlagan «Oil and Petroleum Yearbook» ma‘lumotnomasidir.
Personal aloqalar bo’yicha ma’lumotnomalar ^йек1югНк ma‘lumotnomalari). Ular turli firmalar rahbar organlarining bir shaxs yoki shaxslar guruhi ishtiroki asosida firmalararo aloqalarni o‘rnatish imkonini beradi. Bu turdagi ma‘lumotnomalar kompaniya rahbarlari va egalarining familiyalari alifbo tartibida, ular qaysi firma, bank yoki uyushmaga tegishli ekanliklari ko‘rsatilgan holda joylashtiriladi. Eng mashhur direktorlik ma‘lumotnomalariga quyidagilar kiradi: «The Directory of Directors» (Angliya), «Leitende Manner in der Deutschen Wirtschaft» (Germaniya), «Directory of Directors» (Kanada). Ayrim ma‘lumotnomalarda nomiga muvofiq ravishda maxsus bo‘limlar ham bo‘lishi mumkin. Masalan, «Poor‘s Register»(AQSh), «Les Principales Societes par Actions»(Frantsiya), «Svenska aktiebolag» (Shvetsiya).
Firmalarning moliyaviy aloqalari haqidagi ma‘lumotlar bir mamlakat yoki xalqaro miqyosdagi firmalararo aloqalarni «ishtirok etish tizimi» orqali aniqlash imkonini beradi. Ularda jamlangan ma‘lumotlar asosida qanday firmalar u yoki bu kompaniya yoki moliyaviy guruh ta‘sir doirasiga kirishishni, mazkur firmaning aktsionerlik kapitali kimga tegishli ekanligini aniqlash mumkin. Bunday firmalarga Germaniyaning «Wirtschaftliche und finanzielle Verflechtungen» ma‘lumotnomasi, «Wer gehort ze wem» ma‘lumotnomasi, Angliyaning «Who Owns Whom» ma‘lumotnomasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Biografik ma‘lumotnomalar siyosiy, ijtimoiy faoliyatlar haqida, dunyoning ishbilarmon vakillari haqida qisqacha ma‘lumotlar beradi. Bu ma‘lumotnomalar alohida nashr qilinishi yoki boshqa ma‘lumotnomalarning bir bo‘limi sifatida nashr qilinishi mumkin. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda «Who‘s Who» ma‘lumotnoma seriyasi mashhur. Bundan tashqari, mazkur guruh ma‘lumotnomalariga Germaniyaning «Leitende Manner in der Dentschen Wirtschaft» kabilarni kiritish mumkin.
Qisqa xulosalar
Biz mazkur bobda bozor tadqiqotlari, ularning mazmuni va faoliyat yuritish uslublari haqida, bozor tadqiqotining metodologik asoslari, bozor tushunchasi va uning tasnifi, talab, taklif va narx masalalarini ko‘rib chiqdik.
Sifat - mahsulot xususiyatlarining yig’indisi bo’lib, u mahsulotlarning xaridorlar aniq ehtiyojlarini qondirish qobiliyati, foydaliligi, o’ziga xos xususiyatlari va vazifasini xarakterlaydi. Mahsulot sifati xomashyo va materaillar; texnika va fan rivojlanishi darajasi; qo’llanilayotgan texnologiyaning progressivligi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilish; kadrlar malakasiga bog’liq.

Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish