Xalqaro tijorat ishi


Ko'p tomonlama bojxona-tarifini tartibga



Download 3,44 Mb.
bet34/175
Sana18.07.2022
Hajmi3,44 Mb.
#821494
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   175
Bog'liq
1952-Текст статьи-4326-1-10-20200629

Ko'p tomonlama bojxona-tarifini tartibga
solish masalalari bo'yicha kelishuvlar
Bojxona maqsadida tovarlarni baholash bo'yicha kelishuvlar
Bojxona tarifini amaliyotda qo‘llash bojxona bojini to‘lash maqsadida tovar qiymatini baholash uslublari bilan chambarchas bog‘langan. Bojxonani baholash milliy uslubiyotining farqi, odatda, notarif to‘siq (barer)lar guruhida hisoblanadi va protektsionistik barer sifatida bojlardan foydalanish imkonini beradi. Agar bojxonani baholash uslubi import qilinayotgan tovarning oshgan qiymatiga, advalor boj (tovar og‘irligi yoki miqdoridan olinadigan maxsus bojdan farqli ravishda tovar qiymatidan olinadi) qo‘llanilishiga olib kelsa, bu xuddi tarif stavkasi oshishiga ta‘sir ko‘rsatadi.
GATT doirasida tovarlardan boj olish maqsadida baholash bo‘yicha kelishuv ishlab chiqilib, 1981 yilda kuchga kirgan. Bu kelishuv bo‘yicha import qilinayotgan tovar qiymatini baholash uchun schet-faktura baza vazifasini o‘taydi. Baholashning bunday uslubi GATT da ishtirok etuvchi mamlakatlar uchun majburiydir. Bu kelishuvga BHKning 36 a‘zosi qo‘shilgan.
Taklif etilayotgan uslubga muvofiq, boj to‘lanadigan import tovarlar o‘z haqiqiy narxlariga asoslanadi. Bunda quyidagi qo‘shimchalar hisobga olinadi: komission sotuvchilar; qadoqlash qiymati, shuningdek, xaridorning mazkur tovarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlari.
Haqiqiy narx bazasida bojxona bazasi haqidagi nizom barcha savdo bitimlarida qo‘llaniladi, o‘zaro aloqador hamkorlar bundan mustasno, ularning bu aloqasi tovar narxiga ta‘sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari kelishuvda o’zaro aloqaning mavjudligi schet-fakturada ko’rsatilgan narx asosida bojxona bahosini amalga oshirishdan voz kechish uchun asos bo’la olmasligi ham ta’kidlangan. Kelishuv matniga TMKning ichki firmaga oid kanallari bo‘yicha tovar o‘tkazishga bojxona maqsadlarini qo‘llash imkoniyatini kamaytiruvchi aniq ilovalar ham kiritiladi.
Agar o‘zaro aloqadagi hamkorlar o‘rtasidagi bitimlarda tovar narxi uning real qiymatiga mos kelmasa, egri bahoning boshqa to‘rt uslubidan foydalanish lozim:
Bir mamlakatga eksport qilinayotgan o‘xshash tovar tashqi savdo narxlarini qiyoslash;
Deduktiv uslubda birinchi narxi, chegirma va boshqa qo‘shimcha qiymat ulushini hisobga olmaganda, import qilinayotgan tovar asosida tovar qiymati hisoblanishi bilan muvofiqlashadi, bu bosqichda tovarlarning iste‘molchiga tomon xarakatlanishi yuzaga kelishi muqarrardir (bu uslub odatda, tovar importdan keyin qo‘shimcha qayta ishlashga muhtoj bo‘lmagan hollarida qo‘llaniladi);
Hisob qiymati uslubi ishlab chiqarish xarajatlariga asoslanadi va xomashyo hamda materiallarni o‘zlashtirish, ularni qayta ishlash xarajatlari va tovar ishlab chiqarish bilan bog‘liq ayrim boshqa harajatlarning o‘rtacha daromadlari yig‘indisiga asoslanadi;
agar import qilinayotgan tovarning hisob qiymatida belgilangan uslublarning hech birini qo‘llash imkoni bo‘lmasa, kelishuv tamoyillariga mos keluvchi boshqa uslublarni qo‘llash mumkin;
bojxona bahosi bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida sif va fob narxlari tatbiq etiladi. Shu tarzda bojxona bahosida kelishuvning boshqa ko‘pchilik ishtirokchilari sif narxini qo‘llayotgan bir paytda, AQShda fob narxidan foydalanib kelinmoqda;
ko‘pgina kelishuv ishtirokchilari mamlakatlari amaliyotida bojxonani baholash uchun, asosan, shartnoma bahosidan foydalaniladi. Ular shartnoma narxiga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan komponent qiymati miqdorini cheklash uchun ishtirok etadilar. Bunday hollarda ko‘pincha TMKning firmaga oid ichki operatsiyalarini haddan ziyod murakkablashtirishni istamaslik yashiringan bo‘ladi.
Preferentsiya umumiy tizimi (PUT)
Bu tizim doirasida iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar rivojlanayotgan mamlakatlardan tovarlarni import qilishda bojxona tarif imtiyozlarini bir tomonlama tartibda taklif etadilar.
YUNKTAD qarori bo‘yicha tashkil etilgan va 70-yillar boshlaridan beri faoliyat yuritadi (PUT tizimi EK va Yaponiyada 1971 yildan, Avstriya, Norvegiya, Shvetsiya, Shveytsariya, Finlandiya, Yangi Zelandiyada 1972 yildan, Kanadada 1974 yildan, AQShda esa 1976 yildan boshlab faoliyat yuritgan). Bu tizim ko‘p tomonlama bojxona tarifini tartibga solishning alohida ko‘rinishi hisoblanadi. Bu tizim doirasida preferentsiyalar bojlarni butunlay bekor qilingan yoki ular sezilarli pasaygan shaklda taklif etiladi.
Bundan tashqari, tarif imtiyozlari rivojlanayotgan mamlakatlar tovarlarini zamonaviy sanoat eksporti uchun zarur hisoblanganlar qatori, xususan, to‘qimachilik, charm va uning mahsulotlari, neft mahsulotlari, qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining katta qismi kengaymaydi. Bundan tashqari, iqtisodi rivojlangan mamlakatlarning barcha prefentsiyalarida cheklovlarning turli xillari belgilangan. Bojsiz import yoki rivojlanayotgan mamlakatlardan tovarlarni pasaytirilgan narxlarda olib kirishni miqdoriy cheklash juda keng tarqalgan. (kvota ustida eksportga preferentsial tartib kengaytirilmagan).
Biz mazkur bobda eksport-import operatsiyalarining mohiyati, bojxona hududi, tranzit operatsiyalar, eksport- import operatsiyalarini boshqarishning savdo-siyosiy vositalarini ko‘rib chiqdik.


  1. Download 3,44 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish