Xalqaro tijorat ishi



Download 3,44 Mb.
bet32/175
Sana18.07.2022
Hajmi3,44 Mb.
#821494
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   175
Bog'liq
1952-Текст статьи-4326-1-10-20200629

Bir galgi lits enz iya













Bir galgi lits enz iya - bir s ha rtnoma bo'yicha eksport yoki import aperatsiyasini amalga oshirish uchun litsenziya berilgan sanadan boshlab 12 oyga qadar muddatga beriladi













L its enz iyaning bo 'linishi




Ko‘rinishi bo‘yicha litsenziyalar bosh va individual(bir galgi) itsenziyalarga bo‘linadi. Bosh litsenziyalar aniq davr mobaynida doimiy amal qiluvchi ruhsatnoma bo‘lib, u firma yoki boshqa xo‘jalik tashkiloti tomonidan eksport-import uchun unda ko‘rsatilgan tovarlarni sifat va miqdor bo‘yicha cheklanmagan tarzda mamlakatlar yoki bir mamlakat litsenziyasi hisobida taklif etadi. Induvidual litsenziya - unda ko‘rsatilgan tovarning aniq xalqaro savdo bitimlarini amalga oshirish uchun bir marotaba beriladigan ruhsatnomadir. Induvidual litsenziyada, shuningdek, tovar oluvchi haqida, tovar miqdori va qiymati, litsenziyaning amal qilish muddati ham ko‘rsatiladi.
Litsenziyani berish va olish tartibi eksport va import kvotalarning miqdoriy cheklovlari haqidagi, ular faoliyatining muddati va mamlakatlar bo‘yicha taqsimlanishi, shuningdek, litsenziya berish vakolatini olgan organ va tashkilotlar haqidagi ma‘lumotlarni nashr qildirish majburiyatini ko‘rib chiquvchi milliy qonunchilik me‘yorlari bilan amalga oshiriladi.
Litsenziyalashtirish vaqtinchalik chora bo‘lsa ham, haqiqatda u tashqi savdo operatsiyalarini xalqaro tartibga solishning amaliy vositasi hisoblanadi, modomiki, u ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan import va mahalliy xomashyo orasidagi aniq tenglik vujudga kelishiga yordam beradi va to‘lov balansi tengligini ta‘minlaydi. Shuningdek, litsenziyalash importning tez o‘sishi va mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarining zarar keltirish xavfi tug‘ilganida, mamlakatga olib kirishga ruhsat etilagan tovarlarning miqdori va qiymatini cheklash imkoniyatini beradi.
Jahon xalqaro amaliyoti ko’rsatadiki, litsenziyalashtirish xorijiy valyutani sarflashni nazorat qilish maqsadida va mamlakat uchun zarur bo’lgan tovarlarni xorijda sotishni cheklash uchun qo’llaniladi. Litsenziyalashtirish ichki bozorda narxni oshirmasdan turib ehtiyojlarni ta‘minlovchi mahsulot eksportini cheklash uchun ham asosiy rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, litsenziyalashtirish mamlakat to‘lov balansi va savdoni boshqarishda, xorijiy valyutaga xarajatlarni qisqartirishda stixiyali qashshoqlik, xarbiy xarakatlar, hosilsizlik va boshqalarni keltirib chiqaruvchi iqtisodiyotning vaqtincha qiyinchiliklarini engishda katta ahamiyatga ega. Litsenziyalashtirishdan, shuningdek, savdodagi diskraminatsion tadbirlarga qarshi vosita sifatida ham foydalaniladi.
Zamonaviy sharoitlarda harbiy Еvropa ЕK a’zo mamlakatlarida o‘zaro tovar aylanmasida eksportni litsenziyalash cheklangan tovarlar doirasida, asosan, ichki bozorda talab yuqoriligi vaqtincha sezilgan tovarlar orasida keng tarqaladi. Importni litsenziyalashtirish ichki bozorda o‘tkir raqobatni his qiluvchi «nozik» tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi. Bunday tovarlarga, birinchi navbatda, to ‘ qimachilik mahsulotlari va qora metallar kiradi.
Bojxona soliqlar va yig'imlari
Soliq va yig'imlar xalqaro tijorat operatsiyalarini tartibga solishning asosiy vositasi hisoblanadi. Zamonaviy sharoitlarda ularning roli oshib bormoqda. Soliq va yig‘imlar odatda, ichki va chegaraviyga bo‘linadi. Chegaraviy soliqlarga mahalliy tovarlardan olinadigan, o’z belgisiga ko’ra egri soliqqa mos keladigan teng soliqlar kiradi. Bu soliq import tovarlardan olinadigan ayrim yig‘imlar va bojxona bojlari qo‘shilgan narx bo‘yicha hisoblanadi. Yig‘imlarga gerb yig‘imlari, port, statistika, fitosanitar yig‘imlar, bojxona rasmiyatchiligini qayd etish xarajatlarini qoplash maqsadida yig’iladigan yig’imlar kiradi. ЕK yagona agrar siyosati faoliyati doirasiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi tovarlarini import qilishda sirg‘anuvchan kompensatsiya yig‘im yoki shunday yig‘imga mos keluvchi bojxona boji olinadi.
Ichki soliqlar aktsiz yig‘imi, qayd qilish solig‘i, yo‘l yig‘imi va boshqalardan tashkil topadi.
BHK (bojxona hamkorligi kengashi) faoliyatining asosiy yo‘nalishi bojxona tariflaridagi tovarlar tasnifi uchun yagona soddalashtirilgan nomenklaturani yaratish hisoblanadi.
BHK faoliyatining dolzarbligi xalqaro tovar aylanmasi tuzilmasidagi siljishlar, uning nomenklaturasida yangi murakkab tovarlar paydo bo’lishi bilan, TMK ichki firmaga oid almashinuvning sezilarli kengayishi va shu bilan bog’liq holda turli mamlakatlarda bojxona hisobini soddalashtirishdan manfaatdorlikning o‘sishi bilan, xududiy tashkilot va uyushmalar doirasida o‘zaro iqtisodiy aloqalarning kelajakda rivojlanishi bilan, bojxona ishining kompyuterlashtirilishi bilan xarakerlanadigan zamonaviy sharoitlarda ancha kuchaydi. Bu barcha shart-sharoitlar eksport-import operatsiyalari statistik hisobining standartlashgan shaklini ishlab chiqish bo‘yicha bojxona hamkorligi Kengashi faoliyatini, garmonlashtirilgan tasvir tizimini yaratishni va tovarlarni kodlashtirishni rag‘batlantiradi.

Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish