Firmalarni o'rganish ob'ektlari
Firmalarni o'rganishda quyidagi axborot manbalaridan foydalaniladi:
- Firmalar haqida ixtisoslashgan axborotlarni chop etuvchi davriy nashrlar. Davriy nashrlar - gazeta va jurnallarda - firmalarning joriy faoliyati haqida ko‘pgina ma‘lumotlar chop etiladi. Ko‘p ma‘lumotlar amerikaning «Forchun» jurnalida nashr qilinadi. Bu jurnal har yili dunyoning 500 ta yirik firma va banklari hisobot jadvalini chop etadi. Unda daromadlar, aktivlar, kirimlar, firmalardagi band o‘rinlar haqida ma‘lumotlar beriladi. Ayrim iqtisodiy va tarmoq jurnallarida yirik firmalarning yillik hisobotlari va ularning joriy faoliyati haqida ma‘lumotlar chop etiladi.
Ko‘p gazetalar iqtisodiy ruknlarda firmalarning yillik hisobotlaridan ko‘chirmalarnigina emas, shuningdek, mahsulotlarning alohida ko‘rinishlari, kapital qo‘yilmalari, buyurtmalar holati, eksport bitimlari, boshqa firmalar aktsiyalarini sotib olish, firmalarning qo‘shilishi va singib ketishi, bandlik holatlari, mansabdor shaxslarni tayinlash va joylashtirish kabi ma‘lumotlarni ham berib boradilar.
Yirik milliy firmalar faoliyati haqidagi iqtisodiy gazeta va jurnallarga ilova yoki alohida chiqishlar ko‘rinishida chop etilgan axborotlar katta ahamiyatga ega.
- Firmaning o'zi tomonidan nashr etilgan axborotlar. Ularga quyidagilar kiradi:
firma faoliyati haqida yillik hisobot. Ular aktsionerlarning yillik yig‘ilishlariga tayyorlanish uchun tuziladi va direktorlar kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Yillik hisobotlarda firma faoliyatining yaxlit tavsifi va bo‘limlarining o‘tgan moliyaviy yildagi hisobotlari beriladi. Bundan tashqari, unga ishlab chiqarish va savdo faoliyatining natijalari, kapital qo‘yilmalari hajmi, ilmiy tadqiqotlar uchun xarajatlar, bandlarning umumiy miqdori ham kiritiladi. Ba‘zan yillik hisobot firmaning oxirigi 510 yil ichidagi faoliyatining, moliyaviy va ishlab chiqarishining qator ko‘rsatkichlarini ham tashkil qiladi. Ayrim yirik kompaniyalar butun tarmoq bo‘yicha materiallarga boy hisobotlarni chiqaradilar;
firmaning balans hisobotlari. Ular bir yilda yoki har chorakda nashr qilinadi, kompaniya nazarda tutgan vositalar, moliyalashtirish manbalari haqida ma‘lumot beradi;
firma prospektlari firmaning yaxlit va alohida korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati aniq tavsifini, texnologik jarayonlar va yangi texnik yutuqlar haqida aniq ma‘lumotlar beradi. Unda firmaning rivojlanish tarixi, boshqa firmalar bilan aloqasi, boshqaruv tarkibi, balans hisoboti yoki firma moliyaviy faoliyatining alohida ko‘rsatkichlari nashr qilinadi;
- firma katologlarida firma tomonidan chiqarilgan mahsulotlar haqidagi axborotlar va barcha nomenklatura yoki tanlov bo’yicha mahsulotning texnik tavsifi beriladi. Kataloglar posilka savdosi uchun juda qulay. Ko‘rgazma va yarmarka kataloglari mazkur ko‘rgazma va yarmarkada ishtirok etuvchi firmalar haqida ma‘lumot beradi. Ba‘zan ular firmalar va ular chiqarayotgan mahsulotlar haqida qisqacha ma‘lumot beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |