Xalqaro tijorat ishi



Download 3,44 Mb.
bet128/175
Sana18.07.2022
Hajmi3,44 Mb.
#821494
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   175
Bog'liq
1952-Текст статьи-4326-1-10-20200629

Chakana firmalar tovarlar importi va eksporti bo‘yicha operatsiyalarni o‘zlari amalga oshiradilar. Yirik chakana firmalari xorijda o‘z filiallari, shu‘ba kompaniyalari, xarid idoralarining keng zanjiriga ega. Asosiy chakana firmalar o‘z mamlakatlari tashqarisida yashaydigan fuqaro va xorijliklardan buyurtmalar qabul qiladilar.

  • Distrbyuterlar - AQSh, Angliya va boshqa mamlakatlardagi firmalar bo’lib, ular, asosan, import operatsiyalarini amalga oshiradilar va ularga sotish huquqini berish haqidagi kelishuv asosida shartnoma bo‘yicha savdogar sifatida ishtirok etadi. Odatda, ular mustasno tarzida ma‘lum bozorlarda xizmatlar va tovarlar doirasida sotish va xarid qilish huquqini oladilar. Distribyutor o‘z nomidan va o‘z hisobidan sotadi va xarid qiladi. Ular, odatda, import qiluvchi mamlakatda bo‘ladi.

  • Stokistlar import qiluvchi mamlakatidagi firma bo‘lib, konsignatsion ombor haqidagi maxsus shartnoma asosida eksport-import operatsiyalarini amalga oshiradi. Shartnoma asosiy shartnomaga, agent shartnomasiga, komissiya sharnomasiga sotish huquqini berish haqida qo‘shimcha sifatida imzolanadi. Stokistning vazifasi ulgurji firmalarning qo‘shimcha vazifalaridan biri bo‘lishi mumkin. Stokistlar qoidaga muvofiq, shaxsiy omborlariga ega bo‘ladilar, o‘z nomlaridan va o‘z hisoblariga tovarlarni xarid qiladilar va sotadilar.

Komission firmalar
Komitentlarning bir martalik topshiriqlarini bajaradi va komitent nomidan va uning hisobidan faoliyat yuritadi. Amalga oshirilgan operatsiyaning ko‘rinishi va xarakteriga bog‘liq holda komitent bilan o‘zaro munosabatda eksport va import komission firmalar farqlanadi.
Komission eksport firmalar sotuvchi yoki xaridorning vakili sifatida ishtirok etishi mumkin. Sotuvchining vakili mahalliy ishlab chiqaruvchi eksport qiluvchining uning tovarlarini xorij bozorida sotish bo‘yicha topshiriqlarini bajaradi va uning evaziga komission mukofot oladi. Bunda firma, odatda, tovarning xaridorga o‘z vaqtida etib borishi majburiyatini, bitim transportirovkasi, moliyalashtirilishi, rasmiylashtirilishi, xaridor mamlakatidagi barcha rasmiyatchiliklarni bajarish va boshqa qator hollarda texnik xizmat ko‘rsatishni kafolatlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Komitent topshirig‘i bilan tovarlarni o‘z mamlakatida va xorijda saqlanishini tashkil qiladi.
Xaridorning vakili xorij xardorining o‘z mamlakati bozorida tovar sotib olish bo‘yicha topshirig‘ini bajaradi. Bunday hollarda komission firma xorijiy import qiluvchilar buyurtmalarini o‘z mamlakati ishlab chiqaruvchilari bilan aralashtiradi. Vakil majburiyatlariga, shuningdek, yuklarni transportirovka qilish va sug‘urtalash, xaridor nomidan shartnomalarni imzolash va hisobotlarni amalga oshirish kiradi. Komission mukofot bunday vakilga xaridor tomonidan to‘lanadi. Xaridor vakili tovarlar xarid qilishni, xaridorning qat‘iy buyurmasiga qarshi olib boradi (yopiq indent), lekin ba’zan doimiy mijoziga takliflar qilish va o’z xohishiga ko‘ra, tovarlar tavsiya etishi mumkin.
Komission eksport qiluvchi firmalar orasida eng ahamiyatlisi konfirmatsion uylar hisoblanadi. Ular uchun eksport ishlab chiqaruvchi shaxsdan xaridorga taklif etiladigan kreditlar bo‘yicha riskni o‘z zimmalariga qabul qilish xarakterlidir. Konfirmatsion uylar odatda, tovar yaxlit qiymati uchun va eksport kreditlarining barcha summasi uchun riksni o‘z zimmalariga oladilar va xaridorlardan kreditni to‘lash qobiliyati haqida dalil talab qilmaydilar (egri tarzda xaridorning keyingi holati haqida ishonch hosil qiladilar). Ular, shuningdek, kemalarga joy berish, sug‘urtalashni ta‘minlaydilar va import qiluvchi talab qilganida uni kreditlaydilar.

Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish