Xalqaro tijorat ishi



Download 3,44 Mb.
bet131/175
Sana18.07.2022
Hajmi3,44 Mb.
#821494
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   175
Bog'liq
1952-Текст статьи-4326-1-10-20200629

Darhol etkazib berish bitimlari. Odatdagidek naqd tovarga bo’lgan bitimlar shunday deyiladi. Birjada keng asosda sotiladigan tovar birja omborlarini birida bo‘lib, xaridorga bitim tuzishi bilan darhol o‘tkazilishi shart (darhol deganda birja qoidasiga ko‘ra bu muddat bir kundan 15 kungacha deb tushuniladi).
Kelajakda etkazib beriladigan tovarga bitim deb, muddatga bitim yoki *forvard* deyiladi. Ular shartnoma tuzish vaqtida belgilangan narxda mavjud tovarni ta‘minlashni ko‘zda tutishadi. Bu muddatni uzunligi birja tomonidan belgilanadi. Masalan, Londondagi metallar birjasida barcha metallar uchun ketma-ketlik ta‘minlash muddati uch oy (kumush uchun - YABTi oy).
Mavjud bo‘lgan tovar sotuvchisi shartnomada ko‘rsatilgan, birja qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan omborlardan biriga tovar etkazib beradi. Tovar omborga kelgandan keyin birja yoki u tomon vakili bo‘lib belgilangan ekspeditorlik firma sotuvchisiga ombor yoki saqlash guvohnomasi (varrant)ni beradi. Bu guvohnoma tovarni boshqaruvchi xujjat bo‘lib, uning asosida birjadagi bitimlar va hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Sotuvchi varrantni o‘z bankida saqlaydi va ta‘minlash muddati kelishi bilan tovarni omborda saqlash qiymatini to‘lab, uni xaridorga taqdim etishi shart. Xaridor sotuvchining foydasi bo‘lgan chek o‘rniga varrantlarni oladi.
Kelgusida ta‘minlash bitimlariga yo‘lda bo‘lgan va keyin etib keladigan tovarlarga tuzilgan bitimlar kiradi. Ko‘pincha har bir alohida keyingi keltiriladigan tovarni oxirgi ta‘minlash navbati kelguncha ko‘p marta sotib yuboriladi.
2. Shoshilinch (fyuchers) bitimlar mavjud bo’lgan tovar bitimlariga nisbatan mavjud tovarlarni shartnomadagi muddatga binoan ta‘minlash va qabul qilishni ko‘zda tutmagan holda tovarlarga bo‘lgan sotib olish va sotish huquqini mo‘ljallaydi (qog‘oz bitimlari).
Fyuchers shartnomasi o’zidan-o’zi yo’q bo’lishi mumkin emas. Tuzilgan shartnoma, yoki xuddi shuncha tovarga t eng keladigan qarama- qarshi bitim tuzish yo‘li bilan yoki shartnomada ko‘rsatilgan tovar muddatida ta‘minlab berish bilan yo‘q qilinishi mumkin. Shoshilinch bitimlarda xaridor sotib olmoqchi bo‘lgan qadrli tovarlarni olishga, sotuvchi esa bu tovarlarni berib yuborishni umid qilmaydi. Bunday bitimlarni maqsadi mavjud tovarlarni berib yuborish emas, balki shartnoma tuzilgan va bajariladigan kunidagi narx o‘rtasida farqni olish yoki to‘lash bo‘lib hisoblanadi. Masalan, sotuvchi yanvar oyida birjada bir partiya misni 1 tonnasiga 960 funt sterling narxida mart oyida etkazib berishni o‘z zimmasiga olib sotdi. Agar etkazib berish muddatiga birjada misni narxi oshsa va 1 tonnasiga 965 funt sterling bo‘lsa, bunda sotuvchi yutqazgan, xaridor esa yutuvchi hisoblanadi. Sotuvchi yutqazgan tomon sifatida 5 funt sterling, teng farqni qarama-qarshi (ofset)bitim tuzish yo‘li bilan to‘lash, ya‘ni xuddi shuncha tovarni 1 tonnasini 965 funt sterlingdan sotib olishga bitim tuzishi birja terminologiyasiga oid, shartnomani yo‘q qilishi kerak. Xaridor, o‘z yo‘lida, mart oyida ofset bitimini tuzadi, ya‘ni xuddi shunday tovar partiyasini 1 tonnasini 965 funt sterlingdan sotishga bitim tuzadi va shu bilan 1 tonnasiga 5 funt sterlingdan yutadi.
Muddat bo‘yicha tuzilgan bitimlarda bir tomon yutadi, ikkinchi tomon yutqazadi.
Fyuchers bitimlar birja tomonidan belgilangan tovarni bitta standart turiga tuzilishi mumkin. Bu bazis sharti deyiladi. Past sortli tovar uchun belgilangan norma skidkalari (diskont) asosida va yuqori sortli tovarlar uchun ustama (premiya) asosida hisob qilinadi (birja savdosida paxtani sotish skidkasi *offs*, ustamasi - *ons* termini bilan nomlanadi.
Fyuchers shartnomasi bo‘yicha etkazib berish muddati pozitsiya muddati bilan aniqlanadi. Masalan, kauchuk bo‘yicha har oyda - oylik pozitsiya, shakar, kakao, misga - uch oylik pozitsiya (standart shartnomasi asosida) belgilanadi.
Fyuchers shartnomalarini tuzishda ikkita asosiy shartlar kelishiladi: narx va pozitsiya (etkazib berish muddati). Barcha boshqa shartlar standart bo‘ladi va birja qoidalari bilan aniqlanadi, faqat rangli metallar bo‘yicha tovarning miqdori ko‘rsatiladi.
Barcha fyuchers sharnomalari mavjud bo’lgan tovar shartnomalariga nisbatan tezda hisob palatasida ro’yxatdan o’tishi kerak (ular har bir birjada bo‘ladi). Endi ular bir-biriga nisbatan shartnomaga qo‘l qo‘yuvchilar bo‘lib chiqmaydilar (sotuvchi va xaridor). Ular shuni faqat birja hisob palatasi bilan davom ettiradilar. Har bir tomon ofset bitimini tuzish yo‘li bilan fyuchers shartnomasini yo‘q qilishi mumkin. Fyuchers shartnomasini yo‘q qilishga hisob palatasiga shartnoma tuzish kunida bo‘lgan narx va bugungi narx o‘rtasidagi farqni olish yoki to‘lashni ko‘zlaydi. Bu holat ro‘y berilmaganida sotuvchi mavjud bo‘lgan tovarni etkazib berishi mumkin, xaridor esa uni shu birja belgilagan qoidalari asosidagi shartlarda qabul qilib olishi kerak va birjani hisob palatasiga broker orqali shoshilinch pozitsiya vaqti kelmasdan 5-6 birja kunidan oldin o‘zining mavjud bo‘lgan tovarini topshirish hohishi xaqida xabarnoma yuborishi kerak (xabarnoma AQSHda - *notis*, Angiliyada - *tender* deb ataladi).
Hisob palatasi bu to‘g‘rida xaridorlarga ma‘lum qiladi. Shartnoma bo‘yicha mavjud bo‘lgan tovarni qabul qilmoqchi bo‘lgan xaridor sotuvchi foydasiga yozilgan chek o‘rniga ombor guvohnomasini oladi.
Fyuchers shartnomalarini 2 foizdan kamrog‘i shunday yakullanadi.
Birja ishtirokchilari bitimlarni tuzishda quyidagi mahsadlarni ko‘zda tutadi: real tovarlarni sotib olish va sotish, spekulyativ va sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish. Tovarlarni sotib olish va sotish va spekulyativ operatsiyalarini amalga oshirish maqsadlari shulardan iborat. Bundan tashqari, fyuchers bitimlari real tovarga bitim tuzishda bozor narxlarini o‘zgarish holatida vujudga keladigan yo‘qotishlardan sug‘urta qilish uchun qo‘llaniladi. Xedjirlashtirish mexanizmi bozor narxlarini real tovarga va narxlarni fyucherslarga o‘zgarishi o‘zining o‘lchami va yo‘nalishi bir xillikda asoslangan. Xaqiqatda esa, bu narxlar har doim bir xil emas, lekin ularni tebratish chegarasi deyarli bir xil. Real tovarning shartnoma narxi va fyuchers shartnoma narxi o‘rtasidagi farqi xedjer deb ataladi.
Spekulyativ (quruq muhokamaga asoslangan) va xedjer bitimlari hozirgi shartnomada muhim tovar birjalarining asosiy qismini tashkil etadi. Masalan, London metall birjasida xedjer operatsiyalariga 50-60 foiz va spekulyativ bitimlarga 25-40 foiz to‘g‘ri keladi.
Fyuchers bitimlari real tovarlar sotib olish bitimlarini shu tovarga bozordagi narxlarni o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladigan zararlardan sug‘urtalaydi. Bunda sug‘urtalash printsipi: agar bitimda bir tomondan real tovarning sotuvchisi sifatida yo‘qotsa, ikkinchi tomondan u xuddi shu tovar miqdoriga fyuchers sotib olishda yutadi. Shuning uchun real tovar xaridori xujjatlashtirishni sotuv bilan amalga oshiradi, real tovar sotuvchisi esa sotib olish bilan xujjatlashtiradi.
Tovar birjalarining vazifalari, tashkiliy tuzilishi va mahsadlari
Tashkil etish printsipi bo‘yicha tovar birjalari ikki tipga bo‘linadi: ochiq-huquqiy (publichno-pravovoy) va xususiy-huquqiy xarakterga ega birjalar.

Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish