Xalqaro tovar auktsion savdolari (inglizcha - auction; frantsuzcha - veute auxencheres; nem. - Auktion) bu maxsus tashkil qilingan, vaqti-vaqti bilan ma‘lum joylarda faoliyat ko‘rsatadigan bozorlardir. Bunday savdolar ommaviy xolda oldindan ma‘qullangan vaqtda va maxsus belgilangan joyda amalga oshiriladi. Shu bilan birga bu savdolarda xaridor tovarni oldindan ko‘rgan va shu tovar uchun eng yuqori narx taklif qilgan, tovar to‘la-to‘kis uning mulkiga aylanadi. Auktsion savdolarida oddiy emas, balki qandaydir xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlar sotiladi.
Bu bir xil nomdagi tovar partiyalari almashuvini istisno etadi, chunki bu tovarlar (ta‘mi, tashqi ko‘rinishi, sifati va x.k.) orqali turli xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham xaridorlar tovarni kim-oshdi savdolaridan oldin ko‘rib yoki degustatsiya qilib savdoga qo‘ygan bo‘lishi kerak. Oldindan yaxshilab ko‘rib olish - bu kim-oshdi savdolarining majburiyat shartlaridan biri hisoblanadi, chunki savdodan so‘ng na kim-oshdi savdo tashkilotchilari na sotuvchilari tovarga bo‘lgan xech qanday tovar sifati xaqidagi da‘volarni qabul qilmaydilar (ko‘rinmaydigan kamchiliklardan tashqari).
Asosiy xalqaro auktsion savdosining tovarlari bo‘lib mo‘yna tovarlari, (xom-ashyo va qayta ishlangan holda), jun, choy, tamaki, sabzavotlar, xo‘l-mevalar, gullar, baliq, tropik o‘rmon mahsulotlari, qora mol (asosan otlar) hisoblanadi. Xalqaro bozorda choy, tamaki, jun kabi tovarlar uchun auktsion muhim savdo qilish shakli bo‘lib hisoblanadi. Masalan, AQSH va Kanada auktsion savdolari orqali shu mamlakatlarda sotiladigan mo’yna mahsulotlarini 70 foizi, Daniyada - 90 foizi, Shvetsiya va Norvegiyada 95 foizga yaqini sotiladi. Auktsion savdolari orqali dunyodagi sotiladigan choylarning 70 foizi junni 90-95 foizi sotiladi. Har bir auktsion tovari o‘z ma‘lum savdo markaziga ega bo‘ladi. Dunyoning 150dan ortiq auktsion savdolarida mo‘yna mahsulotlari savdosi amalga oshiriladi. Norka savdosi bo‘yicha Nyu-York, Monreal, London, Kopengagen, Oslo, Stokgolm, Sank-Peterburg auktsion markazlari asosiy o‘rin tutadi. Ohirgi yillarda shuni kuzatish mumkinki, norka savdosi hajmi Skandinaviya auktsionlarida oshgan bo‘lsa, Nyu-York va Londonda pasayishi kuzatildi. Asosiy qora ko‘l savdosi bo‘yicha London va Sank- Peterburg kim-oshdi markazlari hisoblanadi. London va Sank-peterburg kim-oshdi savdolarida Janubiy-Afrika qora-ko‘li yaxshi nom olgan. Boshqa shu kabi mahsulotlar savdosi markazi bo‘lib Leyptsig hisoblanadi. Tulki mo‘ynasi, sobol, olmaxon, ondatra va xokazolar Sank-Peterburg kim-oshdi savdolarida katta shuhrat qozongan. Mayin va yumshoq mo‘ynalar savdosi kengaygan Oslo, London kim-oshdi markazlarida amalga oshiriladi, quyon terisi bo‘yicha esa London, Germaniya, Italiya, Frantsiya, Gonkong, Janubiy Koreya va Yaponiyada ham kim-oshdi savdolari keng tarqalgan, lekin mo‘yna va tulkilar savdosida ularning ulushi juda katta emas.
Oshirilmagan jun savdosi bo‘yicha eng asosiy kim-oshdi markazlari London, Liverpul, Keyptaun, Melburn, Sidney (Avstraliya), Vellington hisoblanadi.
Jahon bozorida kim-oshdi savdosi orqali yuqorida aytilgan markazlarda oshirilmagan jun xajmining 75-80 foizi sotiladi.
Eng asosiy gilam jungi bilan savdo qiluvchi kim-oshdi markazlaridan bo‘lib Liverpul hisoblanadi, ular asosan Hind va Pokiston junlari bilan savdo qiladilar. Shu bilan birga Liverpulda echki juni ham sotiladi. Kim- oshdi savdolarida choy bilan savdo qilishda uning ishlab chiqarilgan choyi muhim ahamiyatga ega. Misol uchun Xindiston Kalkutta va Kochindagi kim-oshdi savdosi orqali eksport qilinayotgan choyni 70 foizga yaqini va London auktsionlari orqali 30 foizini sotadi.
Shri Lanka 70 foiz chiqariladigan choyini Kolombo auktsionlari va 30 foizini London auktsionlari orqali sotadi. Indoneziya esa choylar-ni London, Gamburg va Antverpen orqali o‘tkazadi. Afrika davlatlari eksport qilinayotgan choyning asosiy qismini Nayrobi (Keniya) va Malavi auktsionlari orqali sotadi. Masalan, Nayrobi kim-oshdi bozorlari orqali keniya choyining 85-90 foizi sotiladi. Xuddi shu bozorlarda Tanzaniya, Uganda, ba‘zida esa Kongo, Mavrikiya, Rodeziya va Mazombik choylari ham sotilib turadi.
Jahon miqyosida tarqalgan mashxur Singapurdagi choy auktsioni o‘ziga juda ko‘p davlatlarni jalb etgan, ular: AQSH, Yaponiya, Avstraliya, Xitoy kabi davlatlar firmalaridir.
Eng muhim tamaki savdosi bilan shug‘ullanuvchi auktsion markazlari bo‘lib, Nyu-York, Amsterdam, Bremen, Lusaka (Zambiya), Limba (Malavi), kabilar hisoblanadi, gullar bilan - Amsterdam, sabzavot va mevalar bilan - Antverpen va Amsterdam, baliq bilan - AQSH va G’arbiy Evropa davlatlari portlari (Islandiya va Norvegiyadan tashqari), otlar bilan - Dovil (Frantsiya), London va Moskva shug‘ullanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |