Xalqaro savdo - bu tovarlar sotib olish usuli, ma‘lum bir tovarga bir qancha vositachilar yoki turli davlatlar buyurtmachilari oldindan belgilangan taklif muddati va savdo tashkilotchilarga qulay vositachilar bilan shartnoma tuzish. Hozirgi zamon sharoitida savdolar keng tarqalmoqda, ular shartnoma tuzish uchun kontragentlarni topish va tanlashda asbob-uskuna sotib olish, qurilish ob‘ektlarini (pod klyuch) tayyor holda topshirishda muhim rol o‘ynaydi. Rivojlanayotgan davlatlarda savdolar ko‘pincha sotib olish usuli sifatida qo‘llanadi. Asbob-uskunalar savdosi o‘tkazilishining 80 foizi rivojlanayotgan davlatlar zimmasiga to‘g‘ri keladi. Birma va Misr davlatlari tashqi savdoda davlat monopoliyasiga ega va deyarli barcha import tovarlari va unga tegishli operatsiyalar savdolar orqali amalga oshiriladi. Lotin Amerikasining ko‘pgina davlatlarida, masalan, Urugvayda sotib olish, ommaviy ishlarni bajarish ham savdolar orqali amalga oshiriladi. Sotib olishning bu shaklini Hindiston, Pokiston, Eron, Iroq, Shri-Lanka kabi davlatlar ham keng qo‘llaydilar. Barcha rivojlangan davlatlarda import tovarlari savdosi 20 dan - 40 foizgacha ko‘proq davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. O‘zining o‘tkazilishi uslubiga qarab savdolar:
ochiq savdolar;
yopiq savdolar bo‘ladi.
Ochiq savdolardaishtirok etishga chet davlatlarning barcha hohlovchi firmalari jalb qilinadi. Ko‘pincha ochiq savdolarga standart va universal larga bo‘lgan buyurtmalar joylashtiriladi. Yopiq savdolardaishtirok etishga faqatgina taklifnoma yuborilgan firmalar xaqli. Yopiq savdolarga noyob, murakkab va maxsus larga bo‘lgan buyurtmalar joylashtiriladi. Uskunalar savdosi amaliyotida ba‘zida yakka savdolar ham uchrab turadi. Ularning tashkilotchilari savdolarning tashqi shakli nazoratida turib, shu davlatning qoidalaridan chetga chiqmay raqobatchilardan biror firmaga murojaat qilgan xolda o‘tkazish. Yakka savdolar faqat uskuna yoki boshqa tovarlar bitta firma-monopolistdangina bo‘lsa o‘tkazilishi mumkin va davlat tashkilotlari uchun esa oddiy shartnomani tuzilishi shu mamlakatning qonunlari tomonidan man etiladi. Savdolarning turiga qarab savdolar bo‘lish xaqidagi axborotlar har xil qilib ko‘rsatiladi. Ochiq savdolarni o‘tkazishda rasmiy davlat organlari matbuotida e’lonlar beriladi. E’londa savdolar xaqidagi barcha kerakli ma’lumotlar to’plangan xujjatlar, chizmalar, spetsifikatsiyasi, olinadigan shartlari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bunday e‘lonlar savdolar o‘tkazilishdan 1-2 oy oldin beriladi. Yirik savdolar bo‘yicha e‘lonlar 2-3 oy oldin e‘lon qilinadi. O‘tkaziladigan ochiq savdolar xaqidagi axborotlar milliy manbalardan tashqari rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy axborot manbalarida ham chop etiladi. Chet el manbalarida firma- eksportchilarining bunga tayyorgarligi cho‘zilishi mumkinligi tufayli ma‘lumotlar ancha oldindan beriladi. Yopiq savdolarda axborot tarqalish tartibi boshqacha. Bundagi axborotlar shu sohada katta obro‘ga ega bo‘lgan yoki oldingi savdolardagi buyurtmalar savdolar tashkilotchilariga yaxshi tanish bo‘lgan firmalargagina tarqatiladi. Ko‘pchilik rivojlangan davlatlardagi savdolar o‘tkazish tartibi va shartlari o‘xshash. Lekin, ba‘zan qonunlardan tashqari davlatning milliy urf-odatlari bilan bog‘liq tartiblari mavjud. Bir qator davlatlarda savdolar o‘tkazishning tartib va shartlariga qonunlar chiqarilgan. Savdolar e‘lon qilingan joyda o‘tkaziladi lekin, tashkilotchilar tomonidan boshqa davlatlarda ham o‘tkazilishi mumkin. Savdolarni o‘tkazishda bir qancha bosqichlar mavjud: savdolarga tayyorgarlik; savdolar ishtirokchilari beradigan takliflarni qabul qilish; etkazib beruvchini tanlash.