Xalqaro munosabatlarning Versal-Vashington tizimi Dominion va mandat sistemalari. Reja



Download 50,98 Kb.
bet1/4
Sana24.06.2022
Hajmi50,98 Kb.
#701242
  1   2   3   4
Bog'liq
Xalqaro munosabatlarning Versal



Xalqaro munosabatlarning Versal-Vashington tizimi Dominion va mandat sistemalari.

Reja:
1.Birinchi jahon urushidan keyingi xalqaro munosabatlar.Versal shartnomasi.
2.Vashington konferensiyasi.
3.Millatlar ligasining tashkil topishi.Mandat va Dominion tizimlari.
Xulosa

Birinchi jahon urushidan keyingi xalqaro munosabatlar.Versal shartnomasi. Birinchi jahon urushi yakunlari. Parij tinchlik konferensiyasi 1919 yil yanvar oyida Parijdagi Versal saroyida Antanta ittifoqiga kirgan g’olib mamlakatlar vakillari urushga xulosa yasash va tinchlik shartnomasini imzolash uchun to’plandilar. Tinchlik konferensiyasi ishida 27 mamlakatdan mingdan ortiq delegat ishtirok etdi. Ammo amalda barcha asosiy masalalar besh davlat tomonidan hal qilindi: AQSh (Prezident Vudro Vilson), Angliya (Bosh vazir David Lloyd-Jorj), Fransiya (Bosh vazir Jorj Kle-manso), Italiya (Bosh vazir Vittorio Orlando), Yaponiya (baron Makino). Parij tinchlik konferensiyasi bir yil davom etdi (1919 yil 18 yanvardan 1920 yil 21 yanvargacha). Asosiy davlatlarning tutgan mavqelari bir-biriga zid, ko’pincha tamomila qarama-qarshi edi. Eng muhimi, Antanta ittifoqi asosan maxfiy shartnomalar, yashirin bitimlar asosiga qurilgan bo’lib, yangi vaziyatda»bu kelishuvlarni amalga oshirib bo’lmasdi. Ana shu shartnomalarga ko’ra, Rossiya Stambulni olishi va Dardanell bo’g’ozi ustidan nazorat o’rnatishi, buning evaziga Fransiyaning Elzas-Lotaringiyaga egalik qilish huquqini hamda Angliyaning Misr ustidan nazoratini e'tirof etishi zarur edi. Ruminiyaga Transilvaniyani berish va'da qilingan, ammo bu Vengriya manfaatlariga mos kelmasdi. Angliya arab xalqlariga Usmonli imperiyasidan chiqish va arab davlatlari tuzishni tak-lif etdi. Ayni paytda bu taklif Angliya va Fransiyaning Yaqin Sharqni bo’lib olish haqidagi kelishuvlariga zid edi. Jorj Klemanso (1841-1929)-fransuz davlat arbobi, ma'lumoti bo’yicha vrach. 1906 yildan-Fransiya Vazirlar kengashi raisi, 1917 yildan Fransiya Bosh vaziri va ayni paytda xarbiy vazir. Mamlakatda diktatorlik tuzumi o’rnatishga urindi. 1920 yildagi saylovlarda mag’lubiyatga uchradi.Vittorio Emanuele Orlando (1860-1952)-italyan liberal qarakati raqbarlaridan biri. 1917-1919 yillarda Italiya Vazirlar maxkamasi raisi. 1925 yildan fashist tuzumiga muxolifatda, 1931 yilda fashist huku-matiga qasamyod kilishdan bosh tortgan.  Konferensiya qatnashchilarining doimo diqqat markazida turgan muammo «rus masalasi» edi. Bolshevizm g’oyalarining yoyilishi qarshisidagi qo’rquv Versal konferensiyasining qarorlariga ham o’z muhrini bosdi. G’arb mamlakatlari rahbarlari konferensiya boshlangan kundanoq Rossiyaga qarshi intervensiyani tashkil qilish bilan shug’ullandilar. Ular Rossiyadagi bolsheviklar hukumatini yo’qotish o’z mamlakatlaridagi inqilobiy harakatni va Sharqdagi milliy-ozodlik ha-rakatini bostirishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi, deb hisoblardilar. Versal tinchlik shartnomasi, boshqacha aytganda, Parij tinchlik shartnomasi Germa-niya va uning ittifoqchilari bilan alohida-alohida tuzilgan besh ayri shartnomadan iborat edi. 1919 yilning 28 iyunida Versal saroyining Oynali zalida Germaniya bilan tinchlik shartnomasi imzolandi. Germaniya va uning ittifoq-chilari urush aybdorlari deb e'lon qilindilar. Tabiiyki, ular aybdor sifatida jazolanishlari lozim edi. Germaniyadan dunyodagi eng boy temir konlariga ega bo’lgan Elzas-Lotaringiya ajratib olindi va Fran-siyaga berildi. Fransiya, shuningdek, Saar ko’mir kon-larini 15 yil davomida ishlatish huquqini qo’lga kiritdi. Germaniyaning Reyn daryosidan g’arbdagi hududi  Fransiya chegaralarigacha, sharqdan 50 kilometrgacha har-biylardan xoli zonaga aylantirilishi, Reyn daryosi-ning g’arbiy qirg’og’ida 15 yil mobaynida ittifoqchi-larning qo’shinlari turishi zarur, deb belgilandi. Shartnomaga ko’ra, Germaniyada majburiy harbiy xiz-mat bekor qilinishi, mamlakat suv osti floti, harbiy va dengiz aviatsiyasi taqiqlanishi zarur edi. Ko’ngilli asoslarda shakllanadigan armiyaning askarlari soni 100 mingdan oshmasligi lozim edi. Bosh shtabni tarqatish, harbiy maktablarni yopish, barcha zobitlarni ishdan bo’shatish majburiy qilib qo’ydi. Mayjud qurol-yarog’lartank va to’plar, tez otar qurollar Antanta mamlakatlariga topshirildi, Germaniya amalda to’liq qurolsizlantirildi. Tayinlangan Nazorat komissiyasi shartnoma talablari bajarilishini kuzatib turishi zarur edi.
Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalari asosan Angliya, Fransiya va Belgiya o’rtasida taqsimlandi. Angliya va Fransiya Togo va Kamerunni, Angliya-Tanganikani, Belgiya-Ruanda-Urundi va Namibiyani (Ja-nubi-G’arbiy Afrikani) oldi. Y1aponiya Tinch okeanidagi Marshall, Marian va Karolin orollarining, pgu-nin2gdek, Xitoyning Szyao-Chjouviloyati va Shandun-dagi konsessiyaning sohib: agar Germaniya tovonni to’lab borsa, holdan toyadi va kuchsizlanadi, agar to’lamasa, fransuzlarning bosqin-chiligini oqlash uchun asos boladi.
Bu ochiqcha talonchilikni oqlash uchun ittifoqchilar Versal shartnomasiga 231-bandni qo’shdilar. Unda shunday deyilgandi: «Ittifoqchilar va ularga qo’shilgan davlatlar shuni ta'kidlaydilarki, Germaniya va uning ittifoqchilari tajovuzi tufayli ro’y bergan urushda ittifoqchilar va ularga qo’shilgan davlatlar fuqarolariga yetkazilgan talafot va zarar uchun butun ma’sulyatni Germaniya o’z zimmasiga oladi». Nemislar o’z hududlarining 10 foizini yo’qotdilar, bu hududda mil-lionlab odam yashar, ularning bir necha yuz mingi uyjoysiz qolgan, o’nlab shaharlar vayron qilingan, millionlab odamlar nogiron bo’lib qolgan edi. Bunday vaziyatda ulkan miqdorda tovon to’lash aqlga sig’masdi.
Ammo Germaniyaning boshqa chorasi yo’q edi. U ikki mushkul imkoniyatdan birini tanlashi: qo’yilgan shartlar asosida tinchlikka erishishi yoki urushga kirib, shaksiz mag’lubiyat va inqilobiy tartibsizlik alamini totishi lozim edi. Qolaversa, Germaniya hukumati mag’-lub Rossiyaga bundan ham og’ir va tahqirlovchi tinchlik bitimi imzolatilgan Brest-Litovskni yaxshi xotirlardi. Har qalay, Versal shartnomasida bir paytlar Rossiyaga berilmagan ba'zi bir imkoniyatlar mavjud edi.
Brest-Litovsk shartnomasiga asosan Rossiya tovonni darhol oltin. oziq-ovqat, xom ashyo bilan to’lashga maj-bur qilingan bo’lsa, Versal shartnomasida ma'lum vaqt berilgandi. Germaniya hay'ati shartnomani imzoladi. Millatlar Ligasining "Rij konferensiyasida tashkil etilishi Millatlar Ligasi tashkil etildi. Uning nizomi tinchlik shartnomalari matniga ham kiritildi va 44 mamlakat tomonidan imzolandi. Millatlar Ligasi birgalikda xalqaro siyosat olib borish va umum anfaati yo’lida, ayniqsa, urush xavfi tug’ilganda maslahatla-shishga rozi bo’lgan mustaqil davlatlarning umumiy organi sifatida rejalashlirilgan edi. Nizomning 16-moddasida agressorga nisbatan iqtisodiy va harbiy jazo choralari qo’llash ko’zda tutilgandi. Liga biror marta ham bu jazo choralarini qo’llay olmadi chunki uning ixtiyorida harbiy kuchlari ham. davlatlar o’rta-sida obro'-e'tibori ham yo’q edi. Millatlar Ligasi Konvensiyasida uning a'zolari zimmasiga «barcha a'zo-larning hududiy butunligini hurmat qilish va asrash» yuklatilgan edi. Janubiy Tirolning bir qismi Italiya ixtiyoriga o’t-di. Chexiya va Moraviya yangi tuzilgan Chexoslovakiya davlatiga qo’shildi. Bukovina Ruminiyaga berildi. Avst-riyaga faqat 30 ming kishidan iborat armiyaga ega bo’lish ruxsat etildi, uning floti ittifoqchilar ixtiyo-riga beriddi, Avstriyaning Germaniya bilan qo’shili-shi batamom taqiqlandi.
Bolgariya bilan shartnoma 1919 yil 27 noyabrda Parij yaqinidagi Neyi-syur-Sen shaharchasida imzolan-di. Unda Bolgariya qurolli kuchlari soni 20 ming kishi bilan chegaralangan, hududining katta qismi Yugoslaviya, Gretsiya va Ruminiya foydasiga olib qo’yil-gan edi. Bolgariyaga tovon to’lash majburiyati ham yuk-latilgandi.
1920 yil 4 iyunda Versal saroyining Trianon zalida Vengriya bilan shartnoma imzolandi. Unga ko’ra, Vengriya 35 mingdan ortiq askarga ega bo’lmasligi lo-zim edi. Ayni paytda tovon to’lashi ko’zda tutilgandi. Xorvatiya, Bachka va Banatning g’arbiy qismi-Yugoslaviyaga, Transilvaniya va Banatning sharqiy qismi-Ruminiyaga, Slovakiya va Karpatorti Ukrainasi-Chexoslovakiyaga berildi.
Parij yaqinidagi Sevr shaharchasida 1920 yil 10 avgustda g’olib davlatlar Turkiya bilan tinchlik shartnomasini imzoladilar. Unga ko’ra, Turkiya o’ziga qaram xududlarning 80 foizini qo’ldan berdi (Falastin, Transiordaniya, Iroq, Suriya, Livan va h. k.). Qora dengizdagi bo’g’ozlar harbiy kuchlardan xoli qilindi, Qora dengizdan uzoq davlatlar undan o’z harbiy kemalarini bemalol o’tkazish huquqini qo’lga kiritdilar. Turkiya hududi Kichik Osiyo yarim oroli va Istanbul (Konstantinopol) shahrini o’z ichiga olgan Yevropada-gi ozgina hudud bilan cheklangan edi. Turkiyada yarim mustamlaka tuzumi o’rnatildi.
Birinchi jahon urushi tugaganidan keyin Yevropada xalqaro kuchlarning yangi muvozanatini qayd etgan Versal shartnomalar tartibi shu tariqa shakllandi. Bu tartibning ichida chuqur ziddiyatlar mavjud bo’lib, keyinchalik ular jahon iqtisodiy inqirozlarida, g’olib va mag’lub davlatlar o’rtasidagi nizolarda namoyon bo’ldi. Rossiya Millatlar Ligasiga kiritilmagan va shartnomalarning tayyorlayishida ishtirok etmagan edi. Ammo uning ishtirokisiz Yevropadagi tinchlik mustahkam bo’la olmasdi. Rossiyani yakkalab qo’yishga urinish sovet davlati rahbariyatida o’ta ekstremist unsurlar diktaturasining kuchayishiga, iqtisodiyotda va siyosatda biqiqlikka sabab bo’ldi. Rossiyaning tashqi siyosatida urushlarning muqarrarligi haqidagi, jahon inqilobini tayyorlash va amalga oshirishning zarurligi to’g’risidagi mafkuraviy nazariya hukmron bo’lib qoldi.

Download 50,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish