Iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish tamoyillarini ishlab chiqish.
Ushbu yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirish uchun boshqaruv tuzilmasi tashkil etildi: bular, EIH vazirlar kengashi, Evropa hamjamiyati komissiyasi, Evropa sudi hamda Evropa parlamentidan iborat.
8.4 Iqtisodiy rivojlanish darajasi turlicha mamlakatlarning hududiy integratsiyasiga xos xususiyatlar (NAFTA)
8.4 Iqtisodiy rivojlanish darajasi turlicha mamlakatlarning hududiy integratsiyasiga xos xususiyatlar (NAFTA)
G’arbiy Evropada iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish yutuqlari dunyoning rivojlanayotgan mintaqalari diqqatini o’ziga jalb etdi. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida bir nechta o’nlab erkin savdo hududlari, bojxona yoki iqtisodiy ittifoqlar vujudga keldi.
Integratsiya jarayonlarining sezilarli darajada rivojlanishida Shimoliy Amerika Erkin savdo assotsiatsiyasining (North American Free Trade Area – NAFTA) tashkil qilinishi va faoliyat ko’rsatish jarayoni muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur integratsion hudud jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda iqtisodiy ahamiyati jihatidan yuqori o’rinda turadi. 1992 yilda AQSh, Kanada va Meksika o’rtasidagi Shimoliy Amerika Erkin savdo assotsiatsiyasini (NAFTA) tashkil etish to’g’risidagi shartnoma imzolandi va u 1994 yilning 1 yanvardan o’z faoliyatini yurita boshladi. NAFTA AQSh, Kanada va Meksika davlatlarini o’z tarkibiga birlashtirgan. Ushbu integratsion birlashma 456,6 mln. aholini o’z ichiga olgan keng hududni qamrab olgan bo’lib kuchli iqtisodiy imkoniyatga egadir. Bu mamlakatlarda har yilgi ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar 7 trln. AQSh dollarini tashkil etadi. Butun jahon savdosi hajmida ularning ulushi 20% atrofida to’g’ri keladi. NAFTA davlatlari kelishuvida asosan tovar va xizmatlar savdosida cheklashlarni olib tashlash, o’zaro kelishmovchiliklarni hal etish mexanizmlarini ishlab chiqish, bir-biriga nisbatan investitsion muhitni erkinlashtirish masalalari nazarda tutilgan. NAFTAning EIga nisbatan o’ziga xos xususiyati integratsion jarayonlarning simmetrik emasligidir. Kanada va Meksika davlatlari integratsiyalashuv jaryonida AQSh bilan ko’proq yaqinlashishga intilishadi, o’zaro esa kuchsiz bog’lanishgan.