8.2. Xalqaro integratsion birlashmalarning asosiy shakllari
8.2. Xalqaro integratsion birlashmalarning asosiy shakllari
Jahon xo’jaligini rivojlanishining zamonaviy bosqichida turli shakllardagi integratsion jarayonlarni ko’rishimiz mumkin. Kundan kunga xo’jalik hayotda integratsion jarayonlar chuqurlashib, kengayib bormoqda. Buni biz integratsion jarayonlarni borishini xalqaro iqtisodiy munosabatlarda savdodan tortib, ilmiy-axborot, tovar ayirboshlashgacha bo’lgan turli ko’rinishlarini bir-biriga qo’shilib borishida ko’rishimiz mumkin.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy integratsion birlashmalarning bir nechta asosiy shakllari mavjud. Bular quyidagilardan iborat:
imtiyozli savdo hududi;
erkin savdo hududi;
yagona bojxona ittifoqi;
umumiy bozor;
iqtisodiy ittifoqlar;
to’liq iqtisodiy integratsiya.
Imtiyozli savdo bitimi, mazkur bitim a’zo bo’lgan mamlakatlarga savdoda qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida tuziladi. Iqtisodiy integratsiyaning mazkur shakli dastlabki davrlarda
Imtiyozli savdo bitimi, mazkur bitim a’zo bo’lgan mamlakatlarga savdoda qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida tuziladi. Iqtisodiy integratsiyaning mazkur shakli dastlabki davrlarda
Imtiyozli savdo bitimi ikki yoki undan ortiq mamlakatlar o’rtasida tuzilib, hududning har bir ishtirokchisi uchun barcha tovarlar importiga bojxona to’lovlari qisqartiriladi. Bunda dunyoning qolgan mamlakatlar uchun birlamchi savdo tariflari saqlab qolinadi. Iqtisodiy integratsiyaning bunday shakliga misol sifatida 1932 yilda tashkil etilgan “Britaniya Hamdo’stligi imtiyozlari tizimi”ni kiritish mumkin.
Erkin savdo hududi (ESH) ikki va undan ortiq mamlakatlarning o’zaro kelishuviga asosan, bu mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan o’zaro savdo qilishda bojlar va boshqa cheklovchi choralarni bekor qilish orqali tashkil etilgan guruhidan iborat. Bitimga a’zo bo’lmagan mamlakatlar bilan savdo aloqalarini amalga oshirishda ESHga kiruvchi har bir davlat o’zining mustaqil savdo siyosatini yuritadi.
Erkin savdo hududlarida yaratilgan shart-sharoitlar tufayli qishloq xo’jalik mahsulotlaridan tashqari deyarli barcha mahsulotlar savdosi amalga oshiriladi. Erkin savdo hududi unga a’zo mamlakatlardan biriga joylashgan mamlakatlararo kotibiyat tomonidan tartibga solinib turiladi.
Erkin savdo hududiga asosan 1960 yilda tashkil etilgan Evropa erkin savdo assotsiatsiyasi (EAST) kiradi. Uning tarkibida Avstriya, Finlayandiya, Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Shvetsiya kabi bir qator mamlakatlar bor. Evropa iqtisodiy hududi (1994 y)da esa Evropa Ittifoqi mamlakatlari hamda Islandiya va Lixtenshteynlar mavjud