Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda integratsion jarayonlar ikkita asosiy ko’rinishda, mikro va makro darajalarda namoyon bo’ladi. Mikro darajada bu jarayon qo’shni mamlakatlardagi alohida firmalarning turli shakllardagi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish orqali, shuningdek xorijiy mamlakatlarda o’z filiallarini tashkil etish yordamida yuzaga keladi. Davlatlararo darajada integratsiya mamlakatlarning iqtisodiy birlashmalarini tashkil etish va milliy siyosatlarini muvofiqlashtirish orqali amalga oshiriladi. - Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda integratsion jarayonlar ikkita asosiy ko’rinishda, mikro va makro darajalarda namoyon bo’ladi. Mikro darajada bu jarayon qo’shni mamlakatlardagi alohida firmalarning turli shakllardagi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish orqali, shuningdek xorijiy mamlakatlarda o’z filiallarini tashkil etish yordamida yuzaga keladi. Davlatlararo darajada integratsiya mamlakatlarning iqtisodiy birlashmalarini tashkil etish va milliy siyosatlarini muvofiqlashtirish orqali amalga oshiriladi.
- Bizga ma’lumki, firmalar hamda ishlab chiqarish korxonalari o’rtasida aloqalarning tez rivojlanishi, tovar almashuvida xizmat ko’rsatish, kapital va ishchi kuchlarining mamlakatlar o’rtasida erkin harakatini ta’minlashga, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy, tashqi iqtisodiy va shuningdek mudofaa siyosatlarini, moliya - valyuta sohasidagi harakatlar yagona siyosatga kelishishga qaratilgan davlatlararo tartibga solish zaruriyatini taqozo etadi. Buning natijasida, yagona valyuta, infratuzilma, moliyaviy fondlar, umumiy mamlakatlararo boshqaruv organlariga ega bo’lgan iqtisodiy majmualar tashkil topishi yuz beradi.
Mamlakatlar hududiy integratsiyasidan quyidagi maqsadlar ko’zda tutiladi: - Mamlakatlar hududiy integratsiyasidan quyidagi maqsadlar ko’zda tutiladi:
- 1. Bozorlarni kengaytirish imkoniyatlaridan foydalanish va ishlab chiqarish ko’lamini oshirish hisobiga ishlab chiqarishdagi xarajatlarni kamaytirish.
- 2. Mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish.
- 3. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarida ishtirok etuvchi mamlakatlarning jahon bozoridagi mavqeini oshirish.
- Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning afzalliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- mamlakatlar o’rtasida kapital va ishlab chiqarishning markazlashuv va jamlanish jarayoni yanada tezroq kechadi;
- mahsulotlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchlari bilan jadal almashinuv jarayonlari yuzaga keladi;
- bozorlarning hajmiga qarab mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytira olish imkoniyatlari yuzaga keladi;
- ijtimoiy masalalarni hamkorlikda hal etish imkoniyati paydo bo’ladi;
- mamlakatlar o’rtasidagi raqobatlashuvning kuchayishi sodir bo’ladi, bu holat, yanada yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga ta’sir ko’rsatadi;
- iqtisodiy o’sish sur’atlarining jadallashuviga erishiladi;
- xalqaro savdo munosabatlarida qulay sharoitlar yaratiladi;
- yangi texnologiyalarni keng tarqalishiga va joriy etilishiga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |