MERKOSURning tashkil etilishi o’zaro savdoning birdaniga oshishiga hamda boshqa mintaqaviy savdo guruhlari bilan savdo-iqtisodiy xamkorlikning kengayishiga olib keldi. Shuningdek, o’zaro investitsion faollik ham sezilarli darajada oshdi va bunining natijasida xorijiy investitsiyalar oqimi jadallashib bordi. MERKOSURning ijobiy faoliyati mintaqadagi siyosiy barqarorlikka sezilarli ta’sirida namoyon bo’ldi. - MERKOSURning tashkil etilishi o’zaro savdoning birdaniga oshishiga hamda boshqa mintaqaviy savdo guruhlari bilan savdo-iqtisodiy xamkorlikning kengayishiga olib keldi. Shuningdek, o’zaro investitsion faollik ham sezilarli darajada oshdi va bunining natijasida xorijiy investitsiyalar oqimi jadallashib bordi. MERKOSURning ijobiy faoliyati mintaqadagi siyosiy barqarorlikka sezilarli ta’sirida namoyon bo’ldi.
- G’arbiy Evropa integratsiyasidan farqli ravishda Janubiy Amerika birlashmasi turli xil davlatlar o’zining darajasi bo’yicha nafaqat yagona tashkilotda birga bo’lishi, balki samarali hamkorlik qilardi. Buning uchun birlashmaning barcha bosqichlariga astoydil tayyorgarlik, uning faoliyatini yuqori malakali boshqaruvi, shuningdek bu jarayonda har bir mamlakatning o’z o’rnini topishi hamda ziddiyatlarni yumshatish uchun yuksak mahorat talab qilinardi.
-
8.6. Osiyo hududiy integratsiyasining xususiyatlari (ASEAN, APEC va h.k.) - 8.6. Osiyo hududiy integratsiyasining xususiyatlari (ASEAN, APEC va h.k.)
-
- XX asr oxirida Sharqiy Osiyoda integratsiya jarayonlari kuchayib bordi. To’rtta Osiyo «ajdaho»laridan biri bo’lgan Singapur, shuningdek NIS «yangi to’lqinlar» - Malayziya, Indoneziya, Tailand, Bruney, Vetnam, Kambodja, Laos, Myanma va Fillipin davlatlari kiruvchi Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (Association of South East Asian Nations - ASEAN) muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ushbu guruhlar doirasidagi o’zaro muvaffaqiyatli hamkorlik ASEAN qatnashchilari bo’lgan ko’pchilik mamlakatlarning kuchli iqtisodiy o’sishi bilan chambarchas bog’liqdir, shu bilan birgalikda ushbu mamlakatlarning oldindan amal qilib kelayotgan o’zaro savdo aloqalarining yaxshi yo’lga qo’yilganligi hamda hamkorlikning tartibga solib turiladigan shaklining amal qilishidir.
- ASEAN 1967 yilda Bangkokda “ASEAN deklaratsiya”si imzolanishi bilan birgalikda tashkil etilgandir. 1976 yilda Bali orolida imzolangan ASEAN kelishuv deklaratsiyasi va Janubi-Sharqiy Osiyoda do’stlik va xamkorlik shartnomasiga asosan ASEANning shartnomaviy tarzda rasmiylashtirilishi amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |