Tula xizmatli lizing. Bu lizing «yaxlit» lizingga uxshab ketadi, birok, shartnomada bir qancha qo’shimcha xizmatlar ko’rsatishi ko’rib chiqiladi. Masalan, lizing beruvchi asbob- uskunani sotib olish masalalarini tadqiq qiladi. Bu asbob-uskunani ishlatish uchun zarur bo’lgan xom-ashyo materiallari bilan ta'minlaydi. Shu bilan birga, asbob-uskunadan foydalanish uchun malakali mutaxassislar yollab beradi va boshqa bir qator xizmatlar ko’rsatadi.
Asbob-uskunani qoldiq qiymati lizingi. Lizingning bu shakli oldindan foydalanilgan asbob-uskunalarni ijarasi bilan bog’liq va u dilerlar (savdo agentlari) tomonidan keng foydalaniladi. Lizingning mazkur turi, odatda, 1 yildan 3-4 yilgacha bo’lgan muddatni o’z ichiga oladi.
Mol yetkazib beruvchiga lizing. Bu ijara shakli «liz-bek» lizingi shakliga uxshaydi. Asbob-uskunani yetkazib beruvchi ikki yoqlama vazifani bajaradi. Ya'ni, u asbob-uskunadan foydalanuvchi bo’lmasa ham, asbob-uskunani sotuvchisi va ijaraga oluvchisi bo’lib hisoblanadi. Ijaraga oluvchi, albatta, sub ijarachini topishi va asbob-uskunani sub ijaraga topshirishi kerakdir. Buning uchun, ijaraga beruvchining roziligi shart bo’lmasada, asbob-uskunani sub ijaraga topshirish shart bo’lib hisoblanadi.
Qayta tiklanuvchi lizing. Lizing operatsiyasining bu shaklida lizingga berilgan asbob- uskuna vaqti-vaqti bilan yangi takomillashgan asbob-uskunaga almashtirib turilishi lozim. Bu model asosan, EHMlar lizingida keng tarqalgandir. Chunki undagi investitsion jarayon (bozorda yangi, takomillashgan turlarining ko’payish davri, vaqti, muddati) juda qisqa sanaladi.
9. Vendor lizing (tayyorlovchilar yoki ishlab-chiqaruvchilar kooperatsiyasi). Bu yerda lizing kompaniyasi bo’lib, bank yoki lizing kompaniyasi bilan birga asbob-uskunani ishlab chiqargan firma ham qatnashishi mumkin. Bu model, qoida bo’yicha, bozorda juda qimmat bahodagi asbob-uskunani olib chiqishda foydalaniladi. Bunda ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchilar) o’zlariga mijozni qidirish va lizing ob'ektiga xizmat ko’rsatish majburiyatini oladilar, lizing kompaniyasi esa, loyihani ishlab-chikish, ma'muriy masalalarni hal qilish, maslahat berish xizmatlari kabi operatsiyalarni amalga oshiradi.
Xalqaro lizing xizmatlarining jahon bozori - ikkinchi jahon urushi davridan keyin quyidagi omillarni hisobga olgan holda shakllanishi va rivojlanishi boshlandi:
likvid mablag’lar hajmining to’liq etishmasligi;
investitsiyani optimallashtirishni talab qiluvchi raqobatning kuchayishi;
ishlab chiqarish kengaytirilishi uchun korxonalarda yetarli mablag’lar ajratilishida,
uning foydasini chegaralanganligi;
iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish, xususan, investitsiya o’sishiga shart-sharoit yaratilishi uchun hukumat va moliyaviy organlar tomonidan lizing operatsiyalari
rivojlanishiga hukumat organlarining ko’maklashishi.
Hozirda, jahon bozorida xalqaro lizing operatsiyalariga talab juda katta. Chunki, lizing bitimida ishtirok etayotgan hamma tomonlar o’zi uchun ustunlikka, yoki yanada to’g’rirogi, afzalliklarga ega.
Lizing oluvchi tomon uchun afzalliklarni quyidagicha ifodalash mumkin:
lizing ishlab chiqarishni amalga oshirish, uning hajmii ko’payishini ta'minlaydigan
asbob-uskunaga egalik qilish uchun kapital to’lovini amalga oshirish yoki kapital
kuyilmani mo`zlashishi kabi holatlardan ozoddir;
ijaralanayotgan mulkning zarar ko’rish yoki yuqolish riski uning egasida, ya'ni lizing
beruvchida;
asbob-uskunani ta'mirlash va unga xizmat ko’rsatish, uning egasi tomondan amalga oshiriladi. Gap bu yerda murakkab asbob-uskuna haqida borayapti, va shubxasizki,
ijrochi o’zi unga xizmat ko’rsatish imkoniyatiga ega emasdir;
lizing asbob-uskunani almashtirish va zamonaviy-lashtirishni osonlashtiradi,
shuningdek, ijarachiga zamonaviy asbob-uskunadan foydalanish imkoniyatini
beradi;
to’lovlar bir vaqtda amalga oshirilmaydi, balki kelishilgan muddatlarda qismlarga
bulib to’lanadi;
lizing - soliqqa tortilish nuqtai nazaridan juda ham samaralidir (ya'ni, soliqdan bir
qator imtiyozlarga ega);
lizing moliya-kredit operatsiyasi sifatida sotib oluvchiga kreditdan foydalanish
imkoniyatini kengaytiradi. Xususan, kredit muassasalaridan kredit olish imkoniyati
bo’lmaganda uning ahamiyati ortadi;
lizingda ijara to’lovi, asbob-uskuna korxonaga o’rnatilganidan va ma'lum miqdorda ishlab chiqarishga erishilganidan keyin amalga oshirilishida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |