Xalqaro lizing operatsiyalari


XALQARO LIZING OPERATSIYALARINING XALQARO



Download 290,5 Kb.
bet2/13
Sana30.04.2022
Hajmi290,5 Kb.
#597344
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Xalqaro lizing operatsiyalari

2. XALQARO LIZING OPERATSIYALARINING XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARIDA TUTGAN O’RNI
Xo’jalik aloqalari baynalmilallashuvi muhitida xalqaro lizing yangi ko’rinishlarga ega bo’lmoqda va undan foydalanish hajmi hamda tarmoqlari ko’payib bormoqda.
O’tgan asrning 60-70-yillarida Amerika, G’arbiy Yevropa va Yaponiya mamlakatlari banklari ishtirokida «Orion Lizing Xolding» xalqaro miqyosdagi lizing kompaniyalari vujudga keldi. Bunday lizing kompaniyalari, odatda, lizing oluvchi flrmalarga kema, samolyot, asbob-uskunalar va shu kabilarni 3 yildan to, 10-15 yilgacha bo’lgan muddatda mulkchilik huquqisiz ijaraga beradi.
Xalqaro amaliyotda, asbob-uskunalarni ijaraga berish quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. Qisqa va o’rta muddatli (renting) - 3 yilgacha. Bunda, andoza asbob-uskunalar, ya'ni avtomobillar, traktorlar, temir yo’l vagonlari va shu kabilar lizingga beriladi;

  2. Urta va uzoq muddatli (lizing)da sanoat texnologiyasi bilan bog’liq asbob – uskunalar ijaraga beriladi.

Lizingning yuqoridagi ikki turi o’rtasidagi farq quyidagilarda nomoyon bo’ladi:

  • rentingda shartnomadagi ob'ekt davomli kelishuvlar bo’yicha ishlatilishi;

  • uzoq muddatli ijarada esa, ijaraga berilayotgan asbob - uskuna shartnomada
    belgilangan me'yoriy muddatgacha uzluksiz ishlatilishi mumkindir.

Xalqaro lizing operatsiyalari bilan ijara orasidagi farq kuydagilarda namoyon bo’ladi:

  • bitim ob'ekti, asbob-uskunani o’z hisobiga sotib olgan lizing beruvchi emas, balki
    lizing oluvchi tomonidan tanlanadi;

  • shartnoma muddati tugashida, mijoz imtiyozli stavkada mulkni ijaraga berishni yoki
    bo’lmasa ijaraga berilayotgan mulkni qoldiq qiymati bo’yicha sotib olishi mumkin;

  • lizing muddati asbob-uskuna eskirishi muddatidan kam bo’ladi va odatda amortizatsiya muddatigacha uzaytiriladi;

  • lizing beruvchi bo’lib odatda moliya muassasasi - lizing kompaniyasi qatnashadi.

Shuningdek, ijara to’lovlari har oyda, har chorakda yoki bo’lmasa yarim yil uchun amalga oshiriladi. Ijara to’lovi stavkalari, ijaraga olinayotgan asbob-uskunalar qiymati va xarakteridan kelib chiqadi. Bu to’lov, oxir-oqibatda, ijaraga berilayotgan asbob-uskunani tijorat narxidan oshishi lozim bo’ladi.
Hozir zamonaviy lizing xizmatlari bozorida tuzilayotgan shartnomalarni keng tarqalishi - lizing shakllarining ko’pligi, uning ko’rsatkichlari tez sur’atlarda o’sishi bilan izohlanadi. Jahon bozorida lizing xizmatlarini asosiy qismi uch markazda joylashgandir. Bular:
l.AQSH;

  1. G’arbiy Yevropa;

  2. Yaponiya.

Xalqaro tajriba shuni ko’rsatadiki, lizing operatsiyalari bilan tijorat banklari emas, balki ixtisoslashgan kompaniyalar shug’ullanadilar.
Mamlakatda lizing xizmatlarini rivojlantirish, iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish tarmoqlarini rag’batlantirish va shu orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga kuchli turtki bo’ladi. Bundan tashqari, xalqaro lizing xalqaro kreditni bir shakli sifatida banklar va lizing kompaniyalari o’rtasida raqobat kuchayishiga turtki bo’ladi. Bu o’z navbatida, ssuda foizlari tushishiga, va natijada, kapitallarni ishlab chiqarish sohalariga oqib kirishi uchun qulay zamin yaratadi. Lizingning eng asosiy yutugi - bu kredit doirasida ko’rsatiladigan xizmatlar kengligi bilan tavsiflanadi.
Xalqaro lizing operatsiyalarining jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni va ahamiyati bekiyosdir. Yirik xalqaro lizing tashkilotlari xalqaro lizing bo’yicha keng ko’lamda xizmatlar taklif qiladilar. Jahonda eng yirik xalqaro lizing tashkilotlaridan «Ebikliz»ni va Milliy lizing assotsiatsiyalarining Yevropa federatsiyasi - «Lizyurop»ni alohida ajratib ko’rsatish mumkin. «Ebikliz» tashkiloti Gollandiya, Italiya, Germaniya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Belgiya va Frantsiya davlatlaridagi lizing kompaniyalarini o’zida mujassamlashtirgan. Bu tashkilot, ko’pchilik hollarda, xalqaro lizing bitimlarini amalga oshirishda vositachi vazifasini bajaradi. «Lizyurop» 1979 yilda tashkil etilgan bo’lib, hozirgi kunda 17 ta mamlakatning 700 ta lizing kompaniyasini birlashtiradi. Uning tarkibiga Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Shveytsariya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Frantsiya, Italiya, Irlandiya, Lyuksemburg, Norvegiya, Portugaliya, Shvetsiya, Gollandiya, Finlandiya davlatlarining lizing kompaniyalari kiradi.
Hozirgi kunda, amalga oshiriladigan xalqaro lizing operatsiyalarining teng yarmi AQSH hissasiga to’g’ri keladi. AQSHda lizing yuksak sur’atlarda rivojlanishining muhim sabablaridan biri - investitsiyaviy soliq imtiyozining mavjudligidir.
Mazkur xalqaro lizing tashkilotlari iqtisodiyotda bir-qancha vazifalarni amalga oshiradilar. Ularning asosiylari:

  • barcha huquqiy, soliq bilan bog’liq moliyaviy masalalarni hal etish;

  • ushbu tashkilotlarga a'zo mamlakatlarning qonunchiliklarini o’rganish va taqqoslash;

  • lizing firmalarini tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni o’rganish;

  • lizing bitimlarining shartlari to’g’risidagi statistik ma'lumotlarni yig’ish.

Xalqaro lizing milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga sabab, rivojlanayotgan davlatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish va shu orqali mamlakatga valyuta tushimini oshirishda ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan asbob-uskunalar hamda yangi texnologiyalarga ehtiyoj seziladi. Ayniqsa, oltin-valyuta zahiralari cheklangan mamlakatlarga xalqaro lizing juda kul keladi. Chunki, asbob-uskunani sotib olishda, lizing oluvchi mamlakat, ishlab chiqariladigan mahsulotning eksportbopligini isbotlagan holda, va valyuta tushumi xakkoniyligini ta'riflab, xalqaro lizing munosabatlarida ishtirok etadi. Aynan, xalqaro lizingning ahamiyati shu yerda kuzga tashlanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishda, O’zbekistonning xalqaro lizing kompaniyalari bilan asosli bitimlar tuzishi va shu orqali sanoatni, ishlab chiqarishni rivojlantirish imkoniyatlari kengaymoqda. Bu sanoat va ishlab chiqarishning samarali va yuqori darajada rivojlanishiga, pirovardida iqtisodiy o’sishga olib keladi.



Download 290,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish