4. XALQARO LIZING SHAKLLARI Xalqaro lizing, bir vaqtning o’zida moliyalash va yangi texnologiyalarni xarid qilish masalalarini hal etish, aylanma mablag’lami to’ldirish hamda boshqa ehtiyojlar uchun mablag’lami ozod qilish imkoniyatini beruvchi moliyaviy vositalaming eng muhim shakllaridan biridir.
Xalqaro lizing shakllarini tahlil qilishda uning eng keng tarqalganlarini (lizing oluvchi va lizing beruvchi o’rtasidagi munosabatlarni hisobga olib), bevosita(to’g’ridan-to’g’ri) va bilvosita (egri) lizing turlarini ajratishimiz mumkin.
Bevosita lizingda, lizing beruvchi bo’lib - bevosita mulk egasining o’zi bitimni
amalga oshirilishida ishtirok etishi shart.
Bilvosita lizingda, ijaraga berilayotgan mulk egasi - uchinchi tomonning ishtirok
etishi shartdir.
Xalqaro lizingni kreditlash usuli bo’yicha muddatli va qayta tiklanuvchi lizinglarga ajratish mumkin.
Muddatli lizingda ijara bir marotaba amalga oshiriladi. Qayta tiklanadigan lizingda esa, lizing shartnomasi bitimning birinchi muddati tugashi bilan qayta tiklanadi.
Shuningdek, xalqaro lizingni operatsion va moliyaviy lizinglarga bo’lish mumkin.
Operatsion lizingdakorxonalar asbob-uskunaga mulk huquqini olmasdan turib, undan foydalanish uchun shartnoma tuzadilar.
Moliyaviy lizing deb, asbob-uskunani ijaraga olayotgan firma keyinchalik uni qoldiq qiymatda to’la sotib olishiga aytiladi.
Bunga misol qilib, samolyotlami lizingga berishni ko’rsatish mumkin. Odatda, lizingga berishni aviakompaniya taklif etadi. O’z navbatida u takliflarini bir qancha lizing kompaniyalari va banklarga tanishish hamda ma'lumot uchun yuboradi. Va ular, o’zlarini kreditlash shartlarini va o’zlariga mos variantlarini matbuotda keng miqyosda e'lon qiladilar. Lizing bitimi tuzilishida uch tomonning ishtirokini quyidagi chizma ko’rinishida ifodalash mumkin:
5-chizma. Uch tomonlama lizing bitimini tuzishda lizing tuzilishining tarkibiy chizmasi
Asbob-uskunani foydalanish uchun olingan hujjatlarni rasmiylashtirish;
Lizing bitimini tuzish;
Lizingga berilayotgan mulkka texnik xizmat ko’rsatish haqidagi bitimni
rasmiylashtirish;
9. Lizingga berilayotgan mulkni sug’urtalash bitimini rasmiylashtirish;
l0. Lizing to’lovlarini amalga oshirish;
11.Lizing ob'ektini qaytarish;
12.Ssudani va uning foizlarini to’lash.
Bank (bir o’zi yoki konsortsiumdagi boshqa banklar bilan hamkorlikda) lizing bo’yicha maxsus kompaniyani tashkil etadi. Lizing kompaniyasi foydasiga samolyotni sotish shartnomasini tuzish huquqi beriladi va u huquqiy jihatdan mulkning egasi bo’lib hisoblanadi. Kompaniya faqatgina ma'lum operatsiyani amalga oshirish davri uchun tashkil qilinadi, va odatda, operatsiya tugagandan so’ng, uning faoliyati tugatiladi. Masalan, Frantsiya davlatida samolyotlarni lizinga berish sohasida bir qancha unlab maxsus kompaniyalar faoliyat yuritadilar. Aviakompaniya ixtisoslashgan kompaniyaning foydasi uchun samolyotni sotib olish huquqini beradi. Bu huquq shartlari aviakompaniya bilan samolyot yetkazib beruvchi o’rtasida oldindan kelishiladi va samolyotni sug’urtalash o’z hisobiga amalga oshiriladi. Bank tomonidan kreditlashning asosiy shartidan biri bo’lib - bankka sug’urtalash sertifikatini taqdim qilish hisoblanadi.
Lizingga ixtisoslashtirilgan kompaniyalar samolyotni egasi sifatida uni kreditor-bankka garovga o’tkazishni rasmiylashtiradi va bank krediti hisobiga samolyot yetkazib beruvchining foydasiga samolyot qiymatining 100 foiz to’lovini amalga oshiradi. Rredit va unga to’lanadigan foizlar - aviakompaniya tomonidan samolyotdan foydalanish davrida tushadigan tushumdan to’liq koplanadi.
Bu operatsiyada aviakompaniyaning majburiyatlari bo’yicha kafolat bergan tomon (m-n, xizmat ko’rsatuvchi bank) ham qatnashishi mumkin.
Xalqaro lizing operatsiyalarini amalga oshirishda vujudga keladigan risklarni baholashda odatda quyidagi omillarni etiborga olish takozo etiladi:
Shartnoma bahosining ikkilamchi bozordagi o’zgarishi;
Lizing oluvchi firma tomonidan lizing ob'ektini ishlatilish shart-sharoitlari;
Kompaniya kirib kelayotgan mamlakatdagi moliyaviy-iqtisodiy va siyosiy holatlarni
(yani, milliylashtirish riski, chet elga valyuta mablag’larini o’tkazishdagi mavjud
cheklovlar, garov huquqini amalga oshirishda vujudga keladigan qiyinchiliklar riski
va boshqalar).