Xalqaro lizing operatsiyalari


XALQARO LIZING OPERATSIYALARINI AMALGA



Download 290,5 Kb.
bet3/13
Sana30.04.2022
Hajmi290,5 Kb.
#597344
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Xalqaro lizing operatsiyalari

3. XALQARO LIZING OPERATSIYALARINI AMALGA OSHIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI
Xalqaro lizing bozorining shakllanishi, unga yangi tarmoq va sohalarning qo’shilishi, shuningdek, xalqaro lizing munosabatlarida qatnashayotgan mamlakatlarning sonini ortishi, jumladan, sobiq Ittifoq va boshqa sotsialistik tizim davlatlarining qo’shilishi munosabati bilan mazkur davlatlarning tashqi iqtisodiy faoliyatlaridagi ishtirokini muvofiqlashtirishda, lizing operatsiyalarini tartibga solish muammosini huquqiy jihatdan hal etish vazifasi turibdi. Mamlakat iqtisodiyotini tiklashda xalqaro lizingning o’rni va ahamiyatini oshirish bilan birga, lizing biznesini milliy darajada ham nazariy, ham amaliy jihatdan boyitish zarurati yuzaga chiqmoqda.
1998 yilning may oyida Kanadaning Ottava shaxrida «Xalqaro moliyaviy lizing to’g’risidagi Konventsiya» qabul qilindi. Konventsiyadan ko’zlangan asosiy maqsad - moliyaviy lizing bo’yicha asosiy terminologiyani aniqlash va umumlashtirish hamda lizing bitimida ishtirok etadigan hamma tomonlarning o’zaro munosabatlari huquqiy jihatdan tartibga solishdan iborat edi. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, Konventsiyaning asosiy qismi - lizing munosabatlarini turkumlanishi va tavsiflning asosiy jihatlari yoritib berildi.
Konventsiyada lizing bo’yicha quyidagi tamoyillar aks etgan:

  • kelajakda lizing oluvchi, o’ziga asbob-uskunani yetkazib beruvchini mustaqil ravishda tanlaydi;

  • lizing kompaniyasidan asbob-uskunani sotib olish, ya'ni lizing ob'ektini oldi-sotdisi amalga oshirilishida asbob-uskunani yetkazib beruvchi tomonga, uskunani keyinchalik ijaraga berish uchun olinayotganligi maqsadida ekanligi bildiriladi;

  • lizing bo’yicha to’lovlarning hisob-kitobi - amortizatsiyaning qabul qilingan shartlari asosida amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, yuqorida qayd qilingan Konventsiya uch tomon ishtirok etishini ko’zda to`tuvchi, klassik lizingdan kelib chiqib, bitimlarni aniqlaydi va tartibga soladi. Mazkur Konventsiya «qaytariladigan lizing», deb nom olgan ikki tomonlama o’rnatilgan lizing bitimlarini o’z ichiga olmaydi. Shuningdek, shaxsiy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan lizing ham mazkur Konventsiya tomonidan tartibga solinmaydi.
Konventsiyaning markaziy o’rni - lizing beruvchi, lizing oluvchi va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarning mulkiy javobgarliklarining hissasiga qaratilgan. Lizing oluvchining mulkiy huquqlarining himoyasi, uni vaqtincha foydalanishga olingan mulkning egasi ekanligidan kelib chiqiladi.
Qabul qilingan Konventsiyada lizing beruvchining lizing oluvchi oldidagi javobgarlik hissasi lizing beruvchi tomondan lizing oluvchiga asbob-uskunani yetkazib beruvchining tanlashda aralashishi yoki lizing ob'ektining alohida ixtisoslashuvi bilan chegaralangan. Konventsiyaning shu qismi bilan, bir qator davlatlarning huquqiy amaliyotlari mos kelmaydi. Mazkur qarama-qarshilikni bartaraf etish maqsadida Konventsiya - javobgarlik masalalarini milliy xususiyatlardan kelib chiqib, muvofiqlashtirishga ruxsat beradi.
Lizing oluvchi olingan mulkka egalik huquqini ta'minlab turishi uchun, u mazkur asbob-uskunadan bitimda ko’rsatilgan maqsadlardagina foydalanishi va uning ma'naviy hamda jismoniy eskirishlarini hisobga olgan holda bitim tuzishi lozim. Asbob-uskunadan foydalanuvchi, o’z vaqtida va kelishilgan jadval asosida, lizing to’lovlarini amalga oshirishi shart. Lizing oluvchi tomonidan o’z majburiyatlarini bajarilmasligi holatlarida mulk egasi unga tegishli to’lovlar to’lanishini va kelishilgan bitimga rioya qilinmasligi oqibatida kurilgan zararlami qoplashini talab qilishi mumkin. Tomonlar bitimda ko’rsatilgan kelishuvlar bo’yicha bitimni bekor qilishlari mumkin.
Konventsiya, lizing oluvchining boshqa tomondan mulkiy huquqini himoya qilish bilan birga, agarda mulkdan foydalanuvchidan tashqari, boshqa bir uchinchi shaxs ko’proq foyda olsa, bu holda to’liq javobgarlik mulkning egasiga o’tishini ko’rsatadi. Agarda, bu holat, foydalanuvchining harakati natijasida yuzaga kelsa, u holda inobatga olinmaydi.
Respublikamizda lizing munosabatlari o’ziga xos xususiyatlardan kelib chiqmoqda. Ushbu lizing munosabatlari jahon amaliyotida umumiy qabul qilingan lizing munosabatlari bilan muvofiqlashtirilgandir.
O’zbekistonda Konventsiya qoidalariga asosan, bitim bajarilmay qolganda, ya'ni lizing oluvchining asbob-uskunadan foydalanish davrida, keyinchalik, to’lovga layokatsizligi aniqlansa, uning sheriklarining u bilan bo’ladigan keyingi munosabatlarini bilishi muhimdir.
O’zbekiston Respublikasining bir qator qonuniy me'yoriy hujjatlarida qarz oluvchining to’lovga layokatsizligi aniqlansa, uni to’lovga noloyiq, ya'ni bankrot deb e'lon qilish kerakligi ko’zda tutilgan.
Xususan, 1996 yil 25 apreldagi O’zbekiston Respublikasining «Bank va banklar faoliyati to’g’risida»gi qonunining 35-moddasida shunday deyiladi:
- «bankdan olingan kreditlarni o’z vaqtida qaytara olmay, majburiyatlarini bajara olmayotgan qarzdor bank tomonidan to’lovga layokatsiz deb e'lon qilinishi va matbuotda bu xakda chop ettirilishi mumkin. Bank bunday qarzdorlarni bankrot deb tan olinishini talab qilib, xo’jalik sudiga murojaat qilishi mumkin».
Biroq, hozirgi vaqtda MDHning bir qator davlatlarida lizing beruvchi mulkni foydalanishga berilgan tomonning to’lovga layokatsizligi aniqlansada, uning faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslari to’liq o’rnatilmagan. Lizing oluvchi tomon bankrot, deb e'lon qilinganda, u mulkning haqiqiy egasi hisoblanmaydi. Bunday vaziyatda lizing oluvchi to’lovni undirish masalasi to’liq hal etilmagan. Bankrotlik holatida, lizing bitimi lizing oluvchining aybi bilan bekor qilingan hisoblanadi. Lizing oluvchi lizing beruvchiga bitim buzilganligi natijasida yuzaga keladigan zararlarni to’liq qoplashi shart. Bankrot bo’lgan korxona o’zining majburiyatlarini to’lashda, kontragentlari qatoriga lizing beruvchi ham ham kiritiladi. U o’ziga to’lovlarni undirishi uchun navbatga, ya'ni ro’yxatga qo’yiladi va o’rnatilgan tartibda to’lov amalga oshiriladi.
Konventsiyada bitimda qatnashayotganlarning talablariga binoan, «lizing beruvchining mulkiga lizing oluvchining vaqtinchalik egaligini ko’rsatuvchi bitimni rasman e'lon qilinishi mumkinligi to’g’risida» umumiy qoida qayd qilinadi.
Shuningdek, ushbu Konventsiyaga muvofiq, lizing oluvchiga xuddi oldi-sotdi bitimida xaridorga beriladigan huquq doirasi kabi huquq beriladi. Mulkdan foydalanuvchi asbob-uskunani yetkazib beruvchidan mulkni oldi-sotdisi bitimi bo’yicha o’rnatilgan tartibda xuddi mulk egasi sifatida yetkazib berish shartlarini talab qilish huquqiga ega. Shu bilan u, asbob-uskunani yetkazib beruvchining oldida mulkning egasi bo’lib hisoblanadi. Aslida u haqiqiy mulk egasi emasdir. Biroq, lizing oluvchi asbob-uskunani yetkazib beruvchi bilan o’rnatilgan oldi-sotdi bitimini bekor qilishni, mulkning haqiqiy egasini ogoxlantirishsiz mustaqil tarzda amalga oshirolmaydi. Asbob-uskunani yetkazib berish bo’yicha shartlar buzilganada, lizing oluvchi mulkning haqiqiy egasidan, u orqali ushbu shartlar bajarilishini ta'minlashini yoki asbob-uskunani yetkazib beruvchi va lizing kompaniyasi o’rtasidagi yetkazib berish bitimini bekor qilishni talab qilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda xalqaro lizing munosabatlarini tartibga solishning huquqiy asoslari shakllantirilmoqda. Va, yuqorida qayd etilgan shartnoma moddalarini bajarish hamda lizing munosabatlarida huquq va majburiyatlarni taqsimlash, xalqaro andozalarga mos ravishda ishlab chiqilmoqda.



Download 290,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish