Moliyaviy lizing - bu ishlab chiqarish vositalarining uzoq muddatga ijaraga olishning bir shakli bo’lib, qoidaga binoan, ijaraga olingan mulklar, mulk egasidan ijaraga oluvchi, yoki mulkning ishlatuvchi ixtiyoriga o’tishi bilan yakunlanadi.
Operativ lizing - bu asosiy vositalarni uzoq muddatli ijaraga olish bilan bog’liq bo’lib, bunda asosiy vositalarni ta'mirlash ishlari, mulk egasi hisobidan yoki shartnomada ko’rsatilgan bo’lsa, diler firmasi hisobidan amalga oshiriladi.
Hozirgi kunga kelib, lizing operatsiyalari bo’yicha xarajatlar, umumiy kapital qo’yilmalarining AQSHda - 30 foizni, Angliya, Frantsiya, Shvetsiya va Ispaniyada - 13-17 foizni, Italiya va Gollandiyada - 12-14 foizni, Avstriya, Daniya, Norvegiyada- 8-10 foizni tashkil etadi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo’jaligida, asosan, operativ lizing qo’llanilmoqda.
Respublikamizda ham, lizingning ushbu shaklini qo’llash maqsadga muvofiq bo’lishiga qaramay, iqtisodiyotimizning barcha sohalarida moliyaviy lizing qo’llashga harakat qilinmoqda. Mamlakatimiz lizingni kompaniyalari oldida, lizing operatsiyalari bo’yicha xalqaro tajribalami o`rganish va bu sohadagi huquqiy asoslami bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib yaikkan holda shakllantirish vazifasi turibdi. Ya'ni:
iqtisodiyotimizni ko’p ukladli tizimga o’tkazish;
fermer yoki qishloq xo’jaligini dastlabki kapital bilan ta'minlash;
qishloq xo’jaligini o’sib borayotgan texnikaga bo’lgan ehtiyojini qondirish;
baho tizimini takomillashtirish, ya'ni qishloq xo’jaligiga xizmat qiluvchi sanoat korxonalari ulgurji baholari bilan qishloq xo’jaligi xarid baholarining ekvivalentligini ta'minlash kabilarning hal etilishiga salbiy ta'sir ko’rsatmoqda.
Hozirgi kunga kelib yuqorida qayd etilgan muammolar asta-sekin hal etilmoqda, lekin lizing operatsiyalarini kengaytirishga quyidagi omillar qarama-qarshi ta'sir etmoqda:
soliq siyosatidagi nobarqarorlik;
kushni mamlakatlardagi siyosiy notinchlik;
kredit resurslarining etishmasligi;
lizing flrmalarining kamligi, ularning doimiy harakatlanishi uchun huquqiy bazaning yetarli darajada takomillashmaganligi;
lizing flrmalarida xizmat qiluvchi malakali kadrlarning etishmasligi.
Yuqoridagi muammolarning hal etilishi bevosita qishloq xo’jaligida chet el texnikasini qo’llash va chet el investitsiyasining oqib kelishiga yo’l ochib beradi. Chet el texnikasini qishloq xo’jaligida lizing shakli orqali qo’llanilishi eksportli lizing deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |