Xalqaro lizing operatsiyalari



Download 290,5 Kb.
bet12/13
Sana30.04.2022
Hajmi290,5 Kb.
#597344
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Xalqaro lizing operatsiyalari

Eksportli lizing - bu chet el lizing kompaniyalari tomonidan, yoki flrmalarining ishlab chiqarish vositalarini boshqa bir davlat ijarachilariga taqdim etishdan iboratdir.
Xalqaro lizingning afzalliklaridan biri shuki, bunda takomillashgan texnika va jixozlardan foydalanish, moliyaviy va soliqlar bo’yicha yengilliklardan foydalanish imkoniyati yaratiladi. XVFining qaroriga binoan, chet el mashina va mexanizmlarini ijaraga olish, ijaraga oluvchi mamlakatning chet el qarzlari miqdorini oshirmaydi. Respublikamizda xalqaro lizingdan foydalanish masalasini mamlakatimizda qo’shma lizing kompaniyalari yoki firmalarini tuzish yo’li bilan hal etish mumkin.
Xalqaro lizing munosabatlarining yaqin tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, sobiq Ittifoq xo’jalik tashkilotlari o’rtasida lizing «Sovtranssavdo» tashqi savdo avtobirlashma-sida muvaffakiyatli qo’llanilganligini ko’rish mumkin. Bu tashkilotga 15 yil mobaynida ijara asosida navbatdagi turli xil yuk avtomobillari va pritseplar sotib olindi. Bu davrda birlashmaning umumiy lizing bitimlari qiymati 25 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
Respublikamizda lizing qo’llanilishi 1989 yilning o’rtalarida, ya'ni, korxonalarni yangi xo’jalik yuritish shakliga, xususan ijara asosida ishlashga o’tishi natijasida boshlandi. Hozirgi kunda lizing operatsiyalari tijorat banklarida boshqa sohalarga nisbatan kengroq qo’llanilmoqda. Bundan tashqari, respublika Davlat Ta'minoti vujudga kelgan «Uzkontraktoptorg» kontsernida ishlab chiqarish vositalari lizingini tashkil etish bo’yicha shuguUanuvchi bulim faoliyat ko’rsatib turibdi.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi moliya bozorida xorijiy kapital ishtirokidagi uchta yirik qo’shma lizing kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Xususan, nizom kapitali 5,0 mln. AQSH dollaridan iborat «UzKeysagro-lizing», nizom kapitali 4,0 mln. AQSH dollariga teng «Uzbeklizing interneshnl AO» va «Fudmashlizing», shuningdek, «Uzavializing» hamda «Samarkand Lizing Ltd» kompaniyalari faoliyat ko’rsatmoqda. Ayni chogda O’zbekiston Respublikasida bir qator tijorat banklari ham lizing operatsiyalarini amalga oshirmoqdalar. Bularning hammasini, shubxasiz, shu kunlarda tez sur’atlar bilan shakllanib rivoj topayotgan moliya bozorining bu sohasi uchun xali yetarli deb bo’lmaydi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, hozir «Uzbeklizing interneshnl AO» kabi kompaniyalarning faoliyat doirasi ortib bormoqda. Bu kompaniyaning asosiy ta'sischilari bo’lib, Malayziya mamlakati tomonidan Mey-bank va O’zbekiston tomonidan O’zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki hisoblanadi.Chet el amaliyoti shuni ko’rsatadiki, alohida viloyat va hududlarda lizing operatsiyalari bo’yicha keng qulayliklar mavjud. Bunday qulayliklar nafaqat mamlakat iqtisodiyotiga, balki aholi turmush darajasi nochor bo’lgan nobarqaror joylarga ham zarurdir. Shuning uchun, mamlakat iqtisodiyotida lizing tarmog’ini vujudga keltirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish ham muhimdir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy o’sish sur’atlari darajasini ko’tarish uchun xalqaro lizing kompaniyalari bilan samarali bitimlar tuzish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, bunday operatsiyalar sanoatni, ishlab chiqarishni rivojlantirish imkoniyati yaratiladi.
Demak, xalqaro lizing mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan sohalardan bo’lib hisoblanishi uni o’rganishni, iqtisodiyotda jadal qo’llashni takozo etadi.
Xalqaro tajribadan ma'lumki, bank kapitali lizing biznesida ham bevosita (agarda banklarning o’zi lizing operatsiyalarini amalga oshirsa) hamda bilvosita, ya'ni banklar lizing kompaniyalarini kredit yoki investitsiya mablag’lari bilan ta'minlash orqali ham ishtirok etishi mumkin.
Jumladan, amerikalik iqtisodchi olim X.Xeymel bilvosita lizing haqida shunday deb yozgan edi: «Lizing kompaniyasi bevosita lizing kreditlashda va ajratishda ishtirok etolmaydigan yoki ishtirok etmaslikni afzal ko’radigan bankning kuli bilan ish yuritadi. Banklar esa, o’ziga yaqin bo’lgan hamkor kompaniyalar bilan ishlaganda, lizing operatsiyalari ustidan istalgan nazoratni o’rnatish mumkin, deb hisoblaydilar. Odatda, lizing kreditlarini oluvchi sub'ektlar banklar tomonidan anlanadi. Agar bu operatsiyalarda lizing kompaniyalari ishtirok etadigan bo’lsa, u holda ular bank tavsiyalariga amal qiladilar».
Shuningdek, tahlil qilingan ma'lumotlar asosida quyidagi xulosalar keltirish mumkin:

  • Xalqaro lizing iqtisodiyotning tarmoqlarini kreditlashning muhim va hozirda o’ziga xos ahamiyatli shakli sifatida namoyon bo’lmoqda;

  • Xalqaro lizing XVF mutaxassislari tomonidan tashqi qarzga kiritilmasligi, uni rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyoti uchun ahamiyati yanada oshishi uchun xizmat
    qiladi;

  • Xalqaro lizing - ishlab chiqarishni rivojlantirishga ko’mak beruvchi dastak bo’lib xizmat qiladi;

  • Xalqaro lizing eng zamonaviy va qimmatbaho asbob-uskunani, texnika – texnologiyani mamlakatning milliy iqtisodiyotiga jalb qilishga ijobiy ta'sir ko’rsatadi;

  • Xalqaro lizing mamlakat eksport potentsiali rivojlanishi uchun turtki bo’lib xizmat qiluvchi iqtisodiy dastak hisoblanadi.

Xalqaro moliya munosabatlarining muhim tarkibiy qismi bo’lgan xalqaro lizing munosabatlari mamlakat iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu munosabatlarni takomillashtirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish muhim:

  1. Lizing operatsiyalarini o’tkazish amaliyotiga asoslangan holda, O’zbekistonda banklarga dastlabki bosqichda lizingning moliyaviy, qaytariladigan va alohida turlarini rivojlantirishni tavsiya etish mumkin;

  2. Lizing munosabatlarini amalga oshirish uchun me'yoriy-huquqiy masalalarni hal etadigan tarmoqlararo muvofiqlashtiruvchi markaz tashkil etish lozim;

  3. Xalqaro lizing operatsiyasi jarayonida buyurtmachining kreditga layokatligini aniqlash va u taqdim etgan loyihani tekshiruvdan o’tkazish ishlariga katta o’rin berish lozim. Shunda berilgan xalqaro lizing operatsiyasidagi kreditlar samarali bo’lishi mumkin;

  4. Xalqaro lizing kompaniyalari va chet el texnikasini ishlab chiqaruvchi flrmalar, savdo va diler kompaniyalari haqida, lizing munosabatlarining shartlari bo’yicha kataloglar tashkil etish darkor. Shu orqali ijaraga oluvchilarga lizing operatsiyalarini eng optimal variantini tanlash imkonini yaratuvchi ma'lumotlar markazini tashkil etish mumkin.




Download 290,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish