Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar


Dastlabki  ish  yurituv  palatasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/148
Sana29.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#79243
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   148
Dastlabki  ish  yurituv  palatasi.  Ayblovchilar  jinoiy  ta‘qibga 
yagona  yondashuvni  ishlab  chiqish  maqsadida  hamkorlik  qilishlari 
lozim.  Ular  jinoiy  ta‘qibni  amalga  oshirish  masalasida  bir  to‘xtamga 
kela  olmasalar  u  agar  ayblovchilardan  biri  nizolarni  hal  etish 
mexanizmiga murojaat etmasa jinoiy ta‘qib yuzaga keladi. Dastlabki ish 
Yurituv  palatasi  Shunday  mexanizmlardan  xisoblanadi  va  u  Kambodja 
magistrlarining  oliy  kengashi  tomonidan  tayinlanadigan  3  ta  Kambodja 
sudyalari  va  Kambodja  magistrlarining  oliy  kengashi  tomonidan 
tayinlanadigan  BMT  bosh  kotibi  taqdim  etgan  nomzodlar  ichidan 
tayinlanadigan  ikki  xalqaro  sudyadan  iborat.  Dastlabki  ish  Yurituv 
palatasi qarori 4 ta sudya ovoz berganda qabul qilinadi.  
Ma’muriy bo‘lim favqulodda palatalar dastlabki ish Yurituv palatasi 
ayblovchilar konselyariyasiga xizmat ko‘rsatish uchun shakllantiriladi.  
Bo‘lim  Kambodja  direktori  va  direktorning  xalqaro  o‘rinbosari 
tomonidan boshqariladi. 
Favqulodda palatalar  yurisdiksiya  o‘ziga xos xususiyatga ega. Ular 
Kambodja  sudlarida  favqulodda  palatalarni  ta’sis  etish  to‘g‘risidagi 
qonunning  2 bobida  belgilangan demokratik  Kampuchiya  davrida  sodir 
etilgan jinoyatlarga nisbatan predmet yurisdiksiyaga ega bo‘lib ular: 

genotsid jinoyati; 

insoniyatga qarshi jinoyatlar; 

1949-yil 
12-avgustdagi 
Jeneva 
konvensiyalarining 
jiddiy 
buzilishlari; 

Qurolli  nizolar  vaqtida  madaniy  boyliklarni  muhofaza  qilish 
to‘g‘risidagi  konvensiya  bilan  taqiqlangan  qurolli  nizolar  vaqtida 
madaniy boyliklarini yo‘q qilish; 

1961-yil  18-apreldagi  diplomatik  aloqalar  to‘g‘risidagi  Vena 
konvensiiyasi  bilan  taqiqlangan  xalqaro  himoyadan  foylanauvchi 
shaxslarga qarshi jinoyatlar; 

Kambodja 
huquqiga 
ko‘ra 
ayrim 
jinoyatlar 
Muvaqqat 
yurisdiksiya  1975-yil  17-apreldan  1979-yil  6-yanvargacha  bo‘lgan 
muddatgacha  cheklangan.  Personal  yurisdiksiya  esa  demokratik 


157 
 
Kampuchiyaning 
yuqori 
lavozimdagi 
shaxslari 
va 
palata 
yurisdiksiyasiga  tushuvchi  jinoyatlari  uchun  eng  katta  javobgarlik 
yuklatilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bilan cheklanadi. 
 
Favqulodda  palatalar  doirasida  jinoyat  ishlari  bo‘yicha  sud 
Yurituvi  va  faoliyatini  tashkil  etish  tartibi  bo‘yicha  Kambodja 
hukumatiga  qator  majburiyatlar  yuklab  bitim  bir  tomonidan  BMTning 
Kambodjaga  mazkur  sud  faoliyatini  o‘tkazishda  ko‘mak  berishni 
Mustahkamlagan. Bitimdan kelib chiqib, BMT Kambodja hukumatiga u 
favqulodda  palatalar  tuzilmasi  va  tashkil  etilishiga  o‘zgartirish 
kiritmagunga  va  ular  bitimga  nomuvofiq  bo‘lmagunga  qadar  yordam 
beradi.  Kambodja  palatalarni  ularning  faoliyati  bitimga  nomuvofiq 
bo‘ladigan tarzda ishlashga majbur etgan holatda ham shu oqibat yuzaga 
keladi.  O‘z  o‘zidan  bitim  BMT  ga  bunday  holatda  yordam  berishni 
tugatish vakolitini beradi.  
 
Shunday  qilib  xalqaro  sudyalar  va  jinoyat  ishlari  yurituvining 
boshqa ishtirokchilari ishtirokidagi xalqaro jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar 
yurisdiksiyaga  kiritilgan  milliy  sudlar  boshqa  xalqaro  sud  organlaridan 
keskin  farq  qiladi.  Bosniya  Gersegovina  sudidagi  harbiy  jinoyatlar 
bo‘limi ham, demokratik Kampuchiya davrida sodir etilgan jinoyatlarni 
ta‘qib qilish uchun Kambodja sudidagi favqulodda palatalar ham milliy 
sudning tarkibiy qismi hisoblanadi. Xalqaro jinoyat yustitsiyasidan farqli 
o‘laroq  ular  ichki  davlat  tuzilmasi  hisoblanadi,  davlatlarning  sud 
organlariga nisbatan tashqi sudlar emas.  

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish