2. Bosniya va Gersegovina sudining harbiy jinoyatlar bo‘yicha
bo‘limi
Mazkur sudlar xalqaro jinoiy sud yurituvini amalga oshiruvchi
zamonaviy organlar tizimining bir qismi hisoblanadi, biroq ulardan
ilgari mavjud bo‘lgan internatsiyalashgan sudlar faoliyati va ta’sis
etilishi huquqiy asoslarining ko‘rib chiqilishini talab etishi bilan jiddiy
farqlanadi.
Bunday sudlardan biri Bosniya va Gersegovina sudining harbiy
jinoyatlar bo‘yicha bo‘limi bo‘lgan.Zamonaviy Bosniya va Gersegovina
sudi o‘z faoliyatini 1995-yil 21-noyabrda AQSHda erishilgan va 1995-
yil 14-dekabrda Parijda imzolangan Deyton tinchlik bitimidan boshlagan
bo‘lib, Bosniya va Gersegovina Konstitutsiyasi unga ilova bo‘lgan
109
.
Bosniya va Gersegovina Konstitutsiyasiga muvofiq, mazkur davlat
sudlari chiqariladigan qonunlar asosida tuziladi va faoliyat yuritadi.
Konstitutsiya qabul qilish vaqtida mamlakatda amalda bo‘lgan barcha
qonunlar, normativ-huquqiy aktlar va protsessual normalar, agar ular
Konstitutsiyaga zid bo‘lmasa, amal qilishda davom etadi, agar Bosniya
va Gersegovina vakolatli organi boshqacha qarorga kelmasa.
Deyton tinchlik bitimini amalga oshirish BMT Xavfsizlik
Kengashining 25.05.1993 yildagi 827-son qarori bilan ta’sis etilgan
sobiq Yugoslaviya hududida 1991-yildan beri sodir etilgan xalqaro
gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi jinoyatlarini sodir etgan
shaxslarni jinoiy ta‘qib etish uchun Xalqaro tribunal faoliyati biloan
107
См.: А.Волеводз. Международные правоохранительные организации: учебное пособие – М.,
Проспект, 2011. С.176.
108
Волеводз А.Г., Волеводз В.А. Современная система международной уголовной юстиции:
Хрестоматия. - М.: Издательство Юрлитинформ, 2009. – С.182.
109
См.: Общее рамочное соглашение о мире в Боснии и Герцеговине // Документ ООН A/50/790 -
S/1995/999. // http://www.un.org.
150
birga kechdi
110
.
Ularni tergov qilish uchun Belgrad, Saraevo va Zagreb shaharlarida
Tribunal bo‘linmalari tuzilgan bo‘lib, ularning maqsadi:
- sobiq Yugoslaviya hududidaguruhlarga ularning faoliyatida
ko‘maklashishi;
- SYXT Kanselariyasi bilan mahalliy va milliy hokimiyat organlari,
harbiy jinoyatlar bo‘yicha komissiyalar, nohukumat tashkilotlar va
BMTning turli muassasalari bilan aloqalarini ta‘minlash;
- Ayblovchi Kanselariyasiga sobiq Yugoslaviya respublikaviy va
federal qonunchiligi bo‘yicha ekspert yuridik konsultativ yordam
ko‘rsatish;
- sobiq Yugoslaviyadagi harbiy jinoyatlar bilan bog‘liq jarayonlarni
kuzatib boruvchi kuzatuvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga
ma’ruzalar taqdim etish;
- Ayblovchi Kanselariyasini uning faoliyatiga doir muhim
holatlardan xabardor qilish, shu jumladan, BMTning va mahalliy OAV
sobiq Yugoslaviyani himoya qilishga doir xabarlarini etkazish
111
.
Bosniya va Gersegovina Federatsiyasi – bitta tuzilmaga ega Bosniya
va GersegovinaRespublikasidan farqli o‘laroq, 1994-1996 yillarda Bos-
niya va GersegovinaRespublikasi tomonidan qabul qilingan qonunlarga
rioya etmagan, va Tribunal xulosalariga ko‘ra ayblanuvchilarning
birortasini ham qamoqqa olmagan
112
.
Bunday hol uzoq vaqt davom etgan, sobiq Yugoslaviya hududida
1991 yildan sodir etilgan xalqaro gumanitar huquqning qo‘plold
buzilishi jingoyatlarini sodir etgan shaxslarni jinoiy ta‘qib etish uchun
tuzilgan Xalqaro tribunallarning ma’ruzalarida bir necha bor qayd
etilgan.
113
Bu Tribunal hamda Deyton bitimi ishtirokchilari tomonidan
aniqlangan Bosniyava Gersegovina hududida sodir etilgan barcha
jinoyat ishlari va ularning materiallari bevosita Tribunalga berilishiga
olib keldi.
Vaziyat keyinchalik o‘zgardi, chunki 2000-yil 20-noyabrdagi
konstitutsiyaviy
normalar
bilan
“Bosniyava Gersegovina sudi
110
См.: Документ ООН S/ Res/ 827 (1993).// http://www.un.org.
111
См.: Доклад Международного трибунала для судебного преследования лиц, ответственных за
серьезные нарушения международного гуманитарного права, совершенные на территории бывшей
Югославии с 1991 г. от 14.08.95 // Документ ООН A/50/365 - S/1995/728, 23 August 1995. - п. 37. //
http://www.un.org.
112
См.: Тамже. - п. 170.
113
См.: ДокументыООН A/52/375 - S/1997/729, 18 September 1997; A/53/219 - S/1998/737, 10 August
1998; A/54/187 - S/1999/846, 25 August 1999. // http://www.un.org.
151
Do'stlaringiz bilan baham: |