Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/148
Sana29.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#79243
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   148
Esda saqlang! 
XJSning 
qarorgohi 
Gaagada 
joylashgan    bo‘lsa-da,  sudning  
xohishiga ko‘ra  yig‘ilish boshqa bir 
joyda  o‘tkazilishi  mumkin.  Xalqaro 
jinoyat 
sudini 
Gaaga 
shahrida 
joylashgan 
BMTning 
xalqaro 
sudidan vakolatiga ko‘ra farqlanadi. 
XJS 
Birlashgan 
Millatlar 
Tashkilotining  rasmiy  tuzilmasiga 
kirmaydi,  lekin  BMT  Xavfsizlik 
Kengashining 
taqdimnomasiga 
binoan  jinoiy  ish  qo‘zg‘atishi 
mumkin.     


160 
 
ayblanuvchi shaxslar ushbu jinoyat sodir etilgan davlat sudi yoki bunday 
vakolatga  ega  xalqaro  sud  tomonidan  ko‘rib  chiqilishi  lozim  deb 
ko‘rsatilgan …». Ayni rezolyutsiyada Bosh assambleya  Xalqaro huquq 
Kommisiyasiga  «genotsid  va  boshqa  turdagi  jinoyatlarni  sodir 
etganlikda  ayblanayotgan  shaxslarga  nisbatan  jinoyat  ishlarini  ko‘rib 
chiqishga  vakolatli  xalqaro  Yuridik  sud  organini  tuzish  taklifi  ilgari 
surilgan».  Xalqaro  huquq  Komissiyasi  tomonidan  Xalqaro  sud  jinoyat 
kamerasini tuzish taklif etilgan. 
Bosh  Assambleya  bunday  sudni  tashkil  etishga  doir  takliflar 
tayyorlovchi  qo‘mita  tuzildi.  Qo‘mita  1951-yilda  tashkilot  Statutini 
tayyorladi  va  mazkur  proekt  statutini  1953-yilda  qayta  ko‘rib  chiqdi. 
Biroq  Bosh  Assambleya  tomonidan  mazkur  masalani  agressiya 
tushunchasi qabul qilingunga qadar keyinga qoldirish taklif etildi.  
Sobiq  Yugoslaviya  bilan  nizo  tufali,  1993-yilda  harbiy  jinoyatlar, 
insoniyatga  qarshi  jinoyatlar  va  genotsid  yana  xalqaro  diqqatni  o‘ziga 
jalb etdi. Mazkur shafqatsiz jinoyatlarni sodir etishda aybdor shaxslarni 
javobgarlikka  tortish  uchun  va  bu  kabi  jinoyatlarnin  kelgusida  oldini 
olish  uchun  BMT  Xavfsizlik  Kengashi  sobiq  Yugoslaviya  bo‘yicha 
maxsus xalqaro tribunalni ta’sis etdi.  
Bundan  so‘ng  Xalqaro  huquq  Kommisiyasi  Xalqaro  jinoyat  sudi 
statuti  loyihasi  ustidagi  o‘z  faoliyatini    muvaffaqiyatli  yakunladi,  va 
1994  yilda  loyihani  Bosh  Assambleyaga  taqdim  etdi.  Mazkur  statut 
loyihasidan kelib chiquvchi asosiy masalalrni ko‘rib chiqish uchun Bosh 
Assambleya xalqaro jinoyat sudini ta’sis etish Maxsus qo‘mitasini tuzdi 
va  qo‘mita  1995  yilda  2  marta  to‘plandi.  Tayyorlash  qo‘mitasi  1996 
yildan 1998 yilgacha yig‘ilgan, 1998 yil  mart va aprel oylarida  o‘zning 
yakuniy sessiyasiga yig‘ilgan.  
Bosh  Assambleya  o‘zining  52  sessiyasida  vakolatli  vakillarning 
Xalqaro  jinoyat  sudini  ta’sis  etishi  masalasini  ko‘rib  chiqish  uchun 
Diplomatik konferensiyasini chaqirish fikrini ilgari surgan  va u Rimda 
o‘tkazilgan.  Xalqaro  jinoyat  sudi  Statuti  1998  yil  17  iyulda  qabul 
qilingan  va  2002  yil  1  iyulda  60  davlat  tomonidan  ratifikatsiya 
qilingandan so‘ng kuchga kirgan.  
Bugungi  kunda  Statut  Xalqaro  jinoyat  huquqida  haqiqiy,  adolitlai 
sud  yuritiuvi  va  tergovni  ta‘minlovchi  markaziy  hujjat  sifatida 
qaraladi.21-moddaga  muvofiq,  XJS  Statuti  Sud  uchun  asosiy  huquq 
manbasi  hisoblanadi.  Uning  qoidalari  jinoyatlarning  elementlari  va 
isbotlash  jarayoni  qoidalari  bilan  to‘ldiriladi.  Qo‘llaniluvchi  huquq 
Konsepsiyasi 21-moddaga ko‘ra ad hoc Tribunalov sudlar imkoniyatiga 


161 
 
nisbatan  cheklangan.  Mohiyatan  barcha  huquq  manbalari,  jumladan 
xalqaro odat huquqi Statutga nisbatan subsidiar mavqega ega, so‘ngilari 
qat‘iy va analogiya qo‘llanmasdan sharhlanishi lozim ( 21 modda)
122

XJS  Statuti  alohida  mamlakatlar  va  hududlarda  og‘ir  jinoyatlar 
uchun abdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish maqsadida tuzilgan 
amaldagi  ad  hoc  xalqaro  sudlarini  o‘rnini  bosuvchi  xalqaro  jinoyat 
Yurisdiksiya  universal  mexanizmini  yaratishga  urinish  bo‘ldi.  ad  hoc 
tribunallardan  farqli  o‘laroq  yangi  Xalqaro  jinoyat  sudi  keng 
Yurisdiksiyaga  ega,  boisi  XJS  Statuti  a’zosi  bo‘lgan  istalgan  davlat 
hududida  yashovchi  fuqarolarga  nisbatan  qo‘llanilishi  mumkinligshi 
unga universal xususiyat beradi.  
XJS 
Statutining 
zamonaviy 
xalqaro 
jinoyat 
huquqining 
rivojlanishiga innovatsion ta’siri quyidagilarda namyon bo‘ladi: 
zamonaviy xalqaro jinoyat huquqining rivojlanishi, kodifikatsiyasi 
asoslarini yaratdi; 
-  inson  huquq  va  manfaatlarini  himoya  qilish  bilan  protsessdagi 
jabrlanuvchilarga,  Shuningdek  ayollar  va  bolalarning  keng  huquqlarini 
Mustahkamlagan; 
- yangi turdagi protsessual huquq asoslarini yaratdi; 
- moddiy jinoyat huquqini takomillashtirdi; 
- xalqaro jinoyat huquqi prinsiplari tizimini belgilab berdi; 
-  og‘ir  xalqaro  jinoyatlar  potensiyal  qurbonlarini  himoya  qilish 
maqsadida  xalqaro  jinoyat  huquqining  preventiv,  oldini  olish  asoslarini 
Mustahkamladi;  
-  milliy  jinoyat  huquqiga  mazkur  rivojlanish  yo‘nalishlarini    joriy 
etdi. 
Birinchidan,  xalqaro  shartnoma  asosida  yaratilgan  XJS  davlatlar 
o‘rtasida o‘z suveren huquqlarining ijrosi hisoblanadi. 
Ikkinchidan,  XJS  davlatlarni  ularning  suvereniteti  buzilishidan 
(agressiya jinoyati) himoyalaydi.  
Uchinchidan, odil sudlovning qo‘shimcha instituti sifatida namoyon 
bo‘luvchi  XJS  davlatlarga  milliy  yurisdiksiya  yo‘l  qo‘ymaydigan 
holatlarda xalqaro jinoyatlarni tergov qilish imkoniyatini beradi.
123
 
Statutga  ko‘ra  XJS  tashkil  etilishi  va  faoliyati  tartibi  hamda  jinoiy 
ish Yuritish tartibini belgilovchi prinsiplari quyidagilardir: 
                     
122
  Международное  уголовное  правосудие:  современные  проблемы  /  Под.  ред.  Г.  И.  Богуша,  Е.  Н. 
Трикоз. — М.: Институт права и публичной политики, 2009. С.8. 
123
  Г.И.Богуш.  Международный  уголовный  суд  и  проблемы  становления  международного 
уголовного правосудия. Международный уголовный суд: проблемы, дискуссии, поиск решений / Под ред. Г. 
И. Богуша, Е. Н. Трикоз. – М.: Европейская Комиссия, 2008. С. 29. 


162 
 
- Universal yurisdiksiya prinsipi; 
- sodir etilgan jinoyat javobgarlikning muqarraligi prinsipi; 
- odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi; 
- sudyalar Mustaqilligi prinsipi (40 modda); 
- qonuniylik prinsipi; 
- barchaning qonun va sud oldida tengligi prinsipi (27 modda); 
- jinoyat ishi yurituvida tomonlarning tortiShuvchanligi prinsipi (64, 
69 moddalar);  
- ishni sudda ommaviy ravishda va adolatli ko‘rish (67 modda); 
- dalillarni erkin baholash prinsipi (65 modda); 
- aybsizlik prezumpsiyasi prinsip (66-modda); 
- ayblanuvchi uchun minimal sud kafolatlari (67 modda). 
Xalqaro  jinoyat  sudi  Rimstatuti  a’zo  davlatlari  122  mamlakat. 
Ulardan 34 tasi – Afrika davlatlari, 18 Osiyo-Tinchokeani mintaqasi, 18 
Sharqiy  Yevropa,  27  Lotin  Amerikasi  va  Karib  oroli,  25  G‘arbiy 
Yevropa va boshqa davlatlar. 
O‘zbekiston  Respublikasi  RimStatutini  imzolagan.  Odatda, 
ko‘ptomonlama  shartnomalarda,  XJS  Statuti  ham  shular  jumlasiga 
kiradi,  oddiy  imzolash  deb  ataluvchi  ratifikatsiya  qilish,  qabul  qilish 
yoki tasdiqlash orqali amalga oshiriladi (XJS Statuti 25-modda). Bunday 
holatlarda  imzolovchi  davlat  imzolanayotgan  shartnoma  bo‘yicha 
pozitivYuridik  majburiyatlar  oladi.  Shunga  qaramasdan,  imzolash  akti 
davlat  keyingi  davrlarda  shartnomaning  majburiyligini  tan  olishini 
anglatadi.  Imzolash  akti  davlatning  imzolash  va  ratifikatsiya,  qabul 
qilish 
va 
tasdiqlash 
o‘rtasida  muayyan  harakatlarni  bajarish 
majburiyatini yuklaydi.  
Statutni imzolab, O‘zbekistonRespublikasi mazkur hujjat maqsad va 
vazifalari  bilan  roziligini  bildirdi.  O‘zbekistonning  rasmiy  pozitsiyasi 
XJS  masad,  vazifalari  va  g‘oyalarni  quvvatlashdan  iborat.  U  uning 
normalarini 
milliy 
qonunchilikka 
keyingi 
implementatsiyasida 
rivojlanadi,  ya’ni,  xalqaro  jinoyatlarning  milliy  jinoyat  huquqi 
miqyosida  kriminalizatsiya  qilish  va  XJS  Statutining  protsessual 
qoidalarini  implementatsiya  qilishdan  iborat.  Statut  qoidalarini 
implementatsiya  qilishdan  maqsad  Rim  statuti  demokratizatsiya,  sud-
huquq  islohotlarinig  markaziy  qismiga  aylantirish,  milliy  organlarning 
Rim  statutida  belgilangan  jinoyatlarni  tergov  qilish  imkoniyatini 
kengaytirishdan iborat.  
 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish