Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar


 Xalqaro jinoyat sudi  yurisdiksiya, vakolati va huquq manbalari



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/148
Sana29.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#79243
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   148
2. Xalqaro jinoyat sudi  yurisdiksiya, vakolati va huquq manbalari 


163 
 
 
XJS  xalqaro  hamjamiyat  e’tiborida  bo‘lgan  va  milliy  qonunchilik 
tizimini  to‘ldiruvchi,  eng  jiddiy  jinoyatlar  uchun  javobgar  shaxslarga 
nisbatan  Yurisdiksiyani  amalga  oshirishga  vakolatli  doimiy  organ 
hisoblanadi. 
Statutning  1  va  4-  moddalarida  muvofiq,  XJS  o‘z  vazifalarini 
bajarish  uchun  lozim  bo‘lgan  va  o‘z  maqsadiga  erishishi  uchun  talab 
etiladigan  xalqaro  huquqiy  vakolatga  ega.  Xususan,  u  shartnomalar 
tuzish, ko‘chmas va ko‘char mulkni olish va tasarruf hamda protsessual 
harakatlarda ishtirok etish huquqiga ega 
Xalqaro  jinoyat  sudi  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  tizimi  bilan 
bog‘liq  Mustaqil  xalqaro  tashkilot  hisoblanadi,  biroq  BMT  tizimining 
bir  qismi  emas.  Rim  Statuti  2-moddasiga  muvofiq  jinoyat  sudi  Rim 
Statuti    a’zo  davlatlari  Assambleyasi  tomonidan  tasdiqlanadigan  va 
so‘ng  sud  nomidan  sud  raisi  tomoindan  imzolanadigan  Bitimlar 
vositasida BMT bilan aloqalar o‘rnatadi. Bugungi kunga qadar, Xalqaro 
jinoyat  sudining   Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  bilan  hamkorligi  2004 
yil 4 oktabr kungi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimga asoslanadi.
124
 
 
O‘z  faoliyatini  olib  borishda,  Sud  Rim  Statuti  va  sud  tomonidan 
tuzilgan  xalqaro  shartnomalarga  asosan  davlatlar    (BMT  Xavfsizlik 
Kengashi 1593 (2005) Rezolyutsiyasi), xalqaro tashkilotlar va fuqarolik 
jamiyatlari  bilan  olib  boriladigan  hamkorlikka  tayanadi.  Sudning 
davlatlar  bilan  hamkorligini  taqozi  etadigan  sohalar  sifatida  tahlil, 
tergov,  ayblanuvchi  qamoqqa  olish  va  ushlab  berish,  moliyaviy 
aktivlarni  muzlatish,  qurbonlari  va  guvohlarni    himoya  qilish,  sudning 
qarorlari va hukmlarini ijro qilish kabilarni o‘z ichiga oladi. 
XJS  -  xalqaro  organ  sifatida,  BMT  nisbatan  Mustaqil  bo‘lib, 
                     
124
 Информация об осуществлении статьи 3 Соглашения о взаимоотношениях между Организацией 
Объединенных  Наций  и  Международным  уголовным  судом.  Доклад  Генерального  секретаря.  2013. 
A/68/364. // http://www.un.org. 


164 
 
davlatlardan  ustun  turuvchi  tuzilma  emas.  To‘ldiruvchanlik  tamoyili 
XJS  ishlashi  uchun  asos  va  «ustun»lardan    biri  hisoblanadi.  Bu 
tamoyilga  ko‘ra  sud  Yurisdiksiya  Rim  Statuti  a’zo  davlatlari  jinoyat 
yustitsiyasi milliy tizimining o‘rnini bosmaydi, balki uni to‘ldiradi. 
XJS  Nizomining  kirish  qismi  xalqaro  hamjamiyat  diqqat 
markazidagi  eng jiddiy jinoyatlar jazosiz qolmasligi kerakligin va ularni 
samarali  ta‘qib  etish,  buning  Yuzasidan  milliy  darajada  qo‘llaniluvchi  
chora-tadbirlar xalqaro hamkorlikni kengaytirish hisobidan ta‘minlangan 
bo‘lishi  kerak,  deb  Mustahkamlangan  va  faqat  tegishli  davlat  "to‘g‘ri 
tergov  yoki  ta‘qibni  amalga  oshirish  imkoniga  ega  bo‘lmasa  yoki  uni 
lozim  darajada  amalga  oshira  olmasa"  (17-modda).  Statut  xalqaro 
jinoyatlarni  sodir  etgan  shaxslarni  jinoiy  ta‘qib  qilish  uchun  har  bir 
davlat mas’ul ekanligini belgilaydi.  Statutda to‘lalik tamoyili xalqaro va 
milliy  sudlov  o‘rtasidagi  munosabatlarni  amalga  oshirish  uchun 
qo‘llaniladi. 
To‘lalik davlatlarga Mustaqil jinoiy ta‘qibni amalga oshirish va XJS 
aralashuvining oldini olishga imkon beradi. 
To‘lalik  tamoyilini  Prokuror  kanselariyasi  uchun  prokuratura 
strategiyasining asosiy tamoyili hisoblanadi. Bu dastlabki tergov paytida 
olib  boriladigan  tadbirlarning  butun  bir  spektrini  o‘z  ichiga  oladi, 
xususan  15-moddaga  muvofiq  faoliyatning  oshkoraligi,  davlat  o‘zining 
milliy  sud  muhokamasini  yodda  tutishi  va  bu  faoliyatni  tashqi 
manbalardan  qo‘llab-quvvatlanishi,  Shuningdek,  milliy  sud  organlari, 
Shu  jumladan  jiddiy  jinoyatlarni  tergov  qiluvchilar  bilan  hamkorlik 
qiilish,  jumladan,  Rim  Statuti  93  (10)  moddasiga  muvofiq  ulardan 
olingan so‘rovlarga imkon qadar ijobiy javob berish yo‘li bilan. 
 
 
XJS vakolatlarini uch guruhjinoyatlar bilan chegaralanadi: 
1)  Genotsid  jinoyati  (milliy,  etnik,  irqiy  yoki  diniy  guruhlarni 
butunlay  yoki  qisman  yo‘q  qilish  niyati  bilan  sodir  etiladigan  jiddiy 


165 
 
jinoyat,); 
2)  insoniyatga  qarshi  jinoyatlar  (ongli  ravishda  har  qanday  tinch 
fuqarolarga 
keng 
miqyosda 
yoki 
muntazam 
hujum 
qilishga 
yo‘naltirilgan jinoyatlar); 
3)  urush  jinoyatlari  (urush  paytida  harbiy  guruhlar  xulq  atvorini 
tartibga  soluvchi,  oddiy  fuqarolarni,  urush  asirlarini  himoya  qiluvchi, 
madaniy boyliklarni asrovchi urush qonunlari va urf-odatlar buzilishi). 
4) agressiv jinoyatlar. 
Statutning 5-moddasi 2-bandiga ko‘ra, "ishtirokchi-davlatlar jinoyat 
belgilaydigan  va  Sud  bu  jinoyat  uchun  bo‘yicha  o‘z  yurisdiksiyani 
amalga  oshirish  holatlari  to‘g‘rsida  kelishuvga  erishishi  bilanoq  Sud 
agressiya jinoyatlariga nisbatan o‘z yurisdiksiyani amalga oshiradi”. 
2010 yil 11 iyunda BMT Bosh Assambleyasining o‘n uchinchi yalpi 
majlisida  kelishuvga  asosan  RS/Res.6  qabul  qilingan.  Mazkur  qaror 
bilan  Bosh  Assambleya  Rim  Statutiga  agressiya  jinoyati  belgilari 
yuzasidan  ham  o‘zgartish  kiritishga  qaror  qildi.  Rezolyutsiya  5-
moddasining  2-bandiga  ko‘ra  Statut  matnidan  chiqarib  tashlangan, 
chunki  agressiya  jinoyati  ta’rifini  o‘z  ichiga  olgan  8-modda  hamda 
agressiya jinoyatlariga nisbatan yurisdiksiyani amalga oshirishni tartibga 
soluvchi 15 modda kiritilgan. 
XJS  o‘ttiz  a’zo  davlatlar  tomonidan  o‘zgartish  ratifikatsiya  yoki 
qabul  qilingandan  1  yil  o‘tgach  agressiya  jinoyatlari  ustidan  o‘z 
yurisdiksiyani amalga oshirishi mumkin. 
Sudning  sudloviga  tegishli  jinoyatlarga  nisbatan  muddatlar  o‘tib 
ketishi belgilanmaydi. 
Bundan  tashqari  sud  vaqtda  cheklangan.  Uning  yurisdiksiyaga  
2002  yil  1  iYuldan  so‘ng,  ya’ni  XJS  Statuti(yurisdiksiya  ratione 
temporis).    kuchga  kirgan  kundan  keyin  sodir  etilgan  jinoyatlar  kiradi. 
Ugandadagi  nizo  20  yildan  ortiq  davom  etayotgan  bo‘lsada,  sud 
yurisdiksiya 2002 yil 1 iyuldan so‘ng keyin sodir etilgan jinoyatlar tatbiq 
etiladi. 
Davlat  Statut  kuchga  kirganidan  keyin  uning  a’zosi  bo‘lsa,  Sud 
Statutning  ushbu  davlat  uchun  kuchga  kirgan  kundan  boshlab 
qo‘llaniladi,  agarda  davlat  mazkur  davlat  Kotibga  ma‘lum  jinoyatga 
nisbatan  sud  yurisdiksiya  tan  olish  to‘g‘risida  bayonot  taqdim  etmagan 
bo‘lsa. 
2014 yil 17 aprel kuni Ukraina hukumati Rim statuting 12-moddasi 
3-bandiga  asosan  uning  hududida  2013  yil  21  noyabrdan  2014  yil  22 
fevralga  qadar  bo‘lgan  davrda  sodir  etilgan  jinoyatlardan  boshqa 


166 
 
jinoyatlarga  nisbatan  XJS  Yurisdiksiyani  qo‘llash  to‘g‘risida  murojaat 
etgan.    Siyosatga  muvofiq  Kanselariya  bayonotni  qabul  qilib  prokuror 
Ukraina  vaziyatning  o‘rgana  boshladi.  Ukraina  2000  yilning  20 
yanvarida  Rim  statusuni  imzoladi.  2007-yil  29  yanvarda  Ukraina 
imtiyozlar va sud immunitetlari to‘g‘risidagi Shartnomaga qo‘shilgan va 
Rim  Statuti  a’zosi  bo‘lmagan  mazkur  Shartnomaning  yagona  a’zo  - 
davlati hisoblanadi. 
2009  yil  22  yanvarda,  Falastin  milliy  ma’muriyati  Kotibiga  Statut 
a’zosi  bo‘lmagan  davlatlarga    Sud  vakolatini  qabul  qilish    imkon 
beruvchi Rim Statutining 12-moddasiga (3) muvofiq ariza yubordi. 
Sud jinoyatni sodir etgan shaxs va uning fuqaroligidan  qat‘iy nazar 
Yurisdiksiyani  amalga  oshirishi  mumkin,  basharti  BMT  Xavfsizlik 
Kengashi  BMTning  Ustavi  VII  bobi  qoidalariga  asosan  unga  vaziyatni 
bersa.  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  Xavfsizlik  Kengashi  o‘zining 
Tinchlikni  saqlash  maqsadida  BMT  a’zolariga  nisbatan  har  qanday 
harakatni  amalga  oshirish  vakolatidan  foydalanib,  1593  (2005)  qaror 
bilan    Sudandagi  vaziyatni  sudga  topshirdi.    Shunday  qilib  BMT 
Xavfsizlik  Kengashi,  Tekshiruv  xalqaro  komissiya  hisobotini  e’tiborga 
olib Darfur (S/ 2005/60) Sudan vaziyat xalqaro tinchlik va xavfsizlikka 
tahdid  tashkil  etishda  davom  etmoqda  va  xalqaro  insonparvarlik 
qonunlarini buzilgan va inson huquqlarini tahqir qilish sodir etilgan deb 
topdi.  Va  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  Ustavining  VII  bobi 
qoidalariga  asosan  Darfurdagi  2002  yil  1  iYuldan  keyingi  vaziyatni 
Xalqaro Jinoyat Sudi prokuroriga berish to‘g‘risida qaror qildi. 
Statutga  ko‘ra  Sud  faqat  a’zo  davlat  hududida  sodir  etilgan 
jinoyatlar  bo‘yicha  (hududiylik  prinsip)  va  maxsus  kelishuvga  asosan 
har  qanday  boshqa  Davlat  hududida  ishtirokchi-davlatlar  (millati 
tamoyili)  jinoyatlarga  nisbatan  Yurisdiksiyaga  ega.  Sud  har  bir 


167 
 
ishtirokchi-davlat  hududida  o‘z    maqsadlariga  erishish  uchun  zarur 
bo‘lgan imtiyoz va immunitetlardan foydalanadi. 
Sud  yurisdiksiya  Statuning  26-moddasiga  ko‘ra,  jinoyat  da’vo 
komissiyasi vaqtda 18 yoshga ostida shaxslarga nisbatan amal qilmaydi. 
XJS  vakolatlari  BMT  Xalqaro  Sudi  va  Inson  huquqlari  bo‘yicha 
Yevropa sudi vakolatlaridan  farq qiladi. 
BMT  Ustavi  bilan  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  asosiy  sud 
organi  sifatida  ta’sis  etilgan  Xalqaro  Sud  tinchlikni  buzilishiga  olib 
kelishi mumkin bo‘lgan xalqaro nizolarni yoki vaziyatlarni tinchlik yo‘li 
va  muzokaralar  bilan  hal  etishga  intiladi.  BMT  Xalqaro  sudi  xalqaro 
huquq  qoidalariga  muvofiq    davlatlar  bilan  BMT  vakolatli  organlari 
ixtisoslashtirilgan muassasalar konsultativ xulosalarini bo‘yicha huquqiy 
nizolarni hal etish vazifasi  yuklangan. 
Inson  huquqlari  bo‘yicha  Yevropa  sudi  Inson  huquqlari  bo‘yicha 
Yevropa  Konvensiya  (1950)  va  unga  bayonotga  ko‘ra  uning  a’zo 
davlatlari  o‘z  zimmalariga  olgan  majburiyatlarning  bajarilishini 
ta‘minlash maqsadida tuzilgan. Yevropa konvensiyasi qoidalariga talqini 
va qo‘llanilishi bo‘yicha barcha masalalar, Konvensiya qoidalarining har 
qanday buzilish holatlarini ko‘rib chiqish, shuningdek, konvensiya bilan 
tan  olingan  har  qanday  shaxsl,  nodavlat  tashkilot  yoki  guruhlarning 
Yevropa  konvensiyasi  a’zo  davlatlari  tomonidan  buzilish  holatlari 
ustidag shikoyatlarini ko‘rib chiqadi. 
Xalqaro  Sud,  Inson  huquqlari  bo‘yicha  Yevropa  sudi,  XJS  farqli 
o‘laroq,  jinoiy  sud  huquqiga  ega  emas.  Bundan  tashqari  XJS  unga 
xususiy  shaxslar  tomonidan  berilgan  murojaatlarni  ko‘rib  chiqishga 
vakolatli emas. 
Shu  bilan  birga,  bu  uch  xalqaro  sud  muassasalari  bir  umumiy 
maqsad  dunyoda  adolat  erishishni  ko‘zlaydi.  Har  bir  sud  inson 
huquqlarini  himoya  qilish  bilan  bevosita  yoki  bilvosita  bog‘liq  bo‘lib, 
qonun ustuvorligini, saqlashga intiladi. Boshqa huquqiy odatlar asosida, 
ular,  o‘zaro  munosabatlar  asosini  tashkil  etuvchi  umumiy  xalqaro  odil 
sudlovini yaratadilar
125


Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish