КAZUS
Isroilning maxsus xizmati tomonidan Kolumbiya hududida,
Ikkinchi jahon urushi paytida insonlarga shafqatsiz munosabatda
bo‘lgan va ko‘plab jinoyatlar hamda zo‘ravonliklar sodir etgan yevrey
millatiga mansub natsist fuqaro Noybert yashayotganligi aniqlandi.
Isroilning vakolatli organi fuqaro Noybertni rasmiy ravishda Xalqaro
Jinoyat sudiga (XJS) jalb etish uchun Kolumbiyaning vakolatli organiga
maxsus so‘rov bilan murojaat qildi. Biroq, Kolumbiya hukumati bunga
rad javobini berdi va Noybert Kolumbiya fuqarosi ekanligi, uning yoshi
80dan oshganligi va o‘z vaqtida Kolumbiya iqtisodi rivoji uchun ulkan
xizmatlar ko‘rsatganligini ta'kidlab o‘tdi.
Savollar: Fuqaro Noybertni jinoiy javobgarlik masalasini
Xalqaro jinoyat sudida ko‘rishga
asoslar mavjudmi? Xalqaro jinoyat sudining asosiy funktsiya va
vazifalarini ko‘rsating.
Do'stlaringiz bilan baham: |