Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar


 Nisbiy xalqaro jinoyat adliyasi. Xalqaro jinoyat adliyasining



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/148
Sana29.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#79243
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   148
 
3. Nisbiy xalqaro jinoyat adliyasi. Xalqaro jinoyat adliyasining 
xalqaro istiqbollari 
 
Alohida  davlatlar  hamda  ularning  koalitsiyalari  huquqiy  tartibot 
hamda  xalqaro  jinoiy  adolat  amaliyotini  xalqaro  hamjamiyat,  BMT,  
ta’siri  doirasidan  chiqarishga  hamda  davlatlararo  tartibga  solishning 
yanada  quyi  darajasiga  olib  kelishga  urinadilar.  Bu  bilan  ular  xalqaro 
jinoiy  adliyani  xalqaro  maydonda  turli  siyosiy  vazifalarni  bajarish 
mexanizmiga aylantiradilar. Olingan natijalar ko‘rsatishicha, bu xalqaro 
huquq  tartibotining  mustahkamlanishiga  hamda  bunday  harakatlar  olib 
borilayotgan hududlarda tinchlikning o‘rnatilishiga olib kelmaydi.  
Psevdoxalqaro  jinoyat  adliya  organlari  faoliyatini  o‘rganish  bilan 
Shug‘ullanuvchi  mutaxassislar  orasida  Iroq  Maxsus  Tribunali  ko‘rib 


182 
 
chiqilayotgan  tizimga  mansub  yoki  mansub  emasligi  borasida  yagona 
fikr mavjud emas.  
Ulardan biri uni xalqaro jinoyat adliya organlari qatoriga kiritmasa, 
boshqalari esa uni ushbu tizimning elementlaridan biri deb hisoblaydi.  
10.12.2003  yildagi  Iroq  Maxsus  Tribunali  Nizom  (Statut)ning 
(keyingi o‘rinlarda IMT Statuti) 1 moddasiga muvofiq uning vakolatlari 
quyidagilarga  tegishli:  genotsid  jinoyatlari,  insoniyatga  qarshi  jinoyat, 
harbiy  jinoyatlar  va  Iroq  qonunchiligida  nazarda  tutilgan  ba’zi  bir 
jinoyatlar.  
IMT  Statuti  11  moddasi  1  qismiga  muvofiq  Iroqda  1959  yil  20 
yanvarda  ratifikatsiya  qilingan  1948  yil  9  dekabrdagi  Genotsid  jinoyati 
to‘g‘risida  ogohlantirish  hamda  u  uchun  jazolash  to‘g‘risidagi 
Konvensiyaga  muvofiq,  genotsid  jinoyati  deyilgandama‘lum  bir  milliy, 
etnik,  irqiy  yoki  diniy  guruhni  to‘liq  yoki  qisman  yo‘q  qilishga 
yo‘naltirilgan quyidagi harakatlar tushuniladi:  
a)  bunday guruh a’zolarini o‘ldirish; 
b) bunday guruh a’zolariga jiddiy tan jarohatlari yoki aqliy shikast 
etkazish  
v)  biror  bir  guruh  uchun  to‘liq  yoki qisman  jismoniy  yo‘q  qilishga 
qaratilgan hayotiy sharoitlarni yaratish  
g)  biror  bir  guruh  muhitida  bola  tug‘ilishini  bartaraf  qilishga 
qaratilgan choralarni qo‘llash  
d) bolalarni bir insoniy guruhdan ikkinchisiga majburiy o‘tkazish  
IMT  Statutning  11-moddasida  nafaqat  genotsid  jinoyati,  balki 
genotsidni  sodir  qilish  maqsadida  fitna  uyushtirish,  genotsidga 
to‘g‘ridan  –  to‘g‘ri  yoki  ommaviy  ravishda  tahdid  qilish,  genotsidni 
sodir  qilishga  urinish,  genotsidda  ishtirok  etishning  jazolanishi  belgilab 
berilgan. 
IMT  Statutning  12-moddasida  insoniyatga  qarshi  jinoyat  sodir 
etilishi  tinch  aholiga  nisbatan  quyida  sanab  o‘tilgan  harakatlarning 
amalga oshirilishini nazarda tutishi belgilab berilgan: qasddan  o‘ldirish; 
tinch  aholini  qirish;  qul  qilib  olish;  deportatsiya  yoki  aholini  majburan 
ko‘chirish; xalqaro huquq me‘yorlaridan chetga chiqqan holda qamoqqa 
olish  yoki  boshqacha  ozodlikdan  mahrum  qilish;  qiynoqqa  solish; 
zo‘rlash;  jinsiy  xarakterdagi  qullik,  fohishalik  bilan  shug‘ullanishga 
majburlash  yoki  shu  darajadagi  jinsiy  zo‘rlashning  boshqacha  shakli; 
aholining  bir  qismi  yoki  guruhini  siyosiy,  irqiy,  milliy,  etnik,  madaniy, 
diniy,  jinsiy  yoki  xalqaro  huquqqa  muvofiq  ruxsat  etilmagan  boshqa 
sabablar  bilan  ta‘qib  qilish;  insonlarning  majburiy  yo‘qolishi,  shu 


183 
 
xarakterdagi  insonga  xos  bo‘lmagan  harakatlar,  qasddan  etkazilgan 
azoblar yoki jiddiy etkazilgan jismoniy va ruhiy jarohatlar. 
Statutning  13-moddasiga  muvofiq  1949-yil  12-avgustdagi  Jeneva 
Konvensiyasi  qo‘pol  ravishda  buziladigan  deb  tushuniladigan  harbiy 
jinoyatlar ro‘yxatiga amaldagi Jeneva Konvensiyasi qoidalariga muvofiq 
qo‘riqlanadigan  shaxslar  yoki  mulkka  qarshi  sodir  qilingan  quyidagi 
qilmishlar kiritilgan:  
a) Qasddan odam o‘ldirish. 
b) Qiynoqlar hamda insonga xos bo‘lmagan  muomala, Shuningdek 
biologik sinovlar. 
v)  Qasddan  qiyinchilikka  solish,  jiddiy  tan  jarohatlari  yoki 
salomatlikka zarar yetkazish.  
g)  Huquqqa  zid  ravishda  hamda  qasddan  amalga  oshiriladigan  va 
asoslanmagan  harbiy  harakatlar  orqali  har  tomonlama  mulkka  zarar 
etkazish hamda o‘zlashtirish,  
d)  Harbiylar  hamda  himoyada  bo‘lgan  boshqa  shaxslarni  dushman 
tomonda xizmat qilishga majbur qilish. 
e)  Odil  sudda  harbiylar  hamda  himoyada  bo‘lgan  boshqa  shaxslar 
huquqini qasddan rad qilish  
j) Noqonuniy qamoq jazosi. 
z) Noqonuniy deportatsiya yoki joylashuv. 
i) Garov tariqasida odamlarni ushlash. 
IMTning  vakolatlari,  shuningdek,  Iroqning  qonunchiligi  bo‘yicha 
tan  olingan  jinoyatlar,  ba’zi  bir  xatti-harakatlarni  ta‘qib  qilishga 
taalluqlidir  (Statutning  14-  moddasi),  uning  ro‘yxatiga  quyidagilar 
kiritilgan:  
1.  Sud  muhokamasiga  aralashish  hamda  sud  tizimining  amal 
qilishiga ta’sir ko‘rsatishga harakat qilish. 
2.  Milliy  resurslarni  isrof  qilish  (1958-yildagi  Vatan  xavfsizligiga 
qarshi  fitna  uyushtirgan  hamda  amaldagi  hokimiyatni  to‘ntarishga 
uringan  shaxslarni  jazolash  to‘g‘risidagi  7-sonli  Qonunning  2-
moddasiga muvofiq keladi).  
3.  Urush  hamda  Iroqning  Arab  Sharqi  davlatlariga  qarshi  qurolli 
kuchlarning  qo‘llanilishi  xavfini  keltirib  chiqaruvchi  hokimiyat 
pozitsiyalarining qarama-qarshi harakati.  
IMT Statutida (15-modda) agarda ayblanuvchi shaxs:  
1.  Jinoiy  javobgarlikka  tortilishdan  qat’i  nazar,  shaxsan,  boshqa 
shaxs  bilan  hamkorlikda  yoki  boshqa  shaxs  orqali  jinoyat  sodir  qilgan 
bo‘lsa,  


184 
 
2. Bunday jinoyatni sodir qilish uchun buyruq bersa, talab qilsa yoki 
majbur qilsa hamda buning natijasida ushbu jinoyat sodir etiladi yoki uni 
sodir etish harakati amalga oshiriladi.  
3.  Bunday  jinoyatni  sodir  etish  uchun  ko‘maklashish  maqsadida 
ushbu  jinoyatning  sodir  etilishi  yoki  sodir  etishga  harakat  qilinishiga 
ko‘maklashadi yoki boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatadi.  
4. Genotsid jinoyatlariga keladigan bo‘lsak, boshqa insonlarni ochiq 
va oshkora tarzda bunga undaydi.  
5.  Jinoyat  sodir  qilishga  urinadi,  bunda  amalga  oshiriladigan 
jinoyatdan  oldingi  choralarni  ko‘radi,  biroq  o‘ziga  bog‘liq  bo‘lmagan 
holatlar tufayli jinoyatning o‘zini sodir qilmaydi. 
unga  nisbatan  yakka  tartibdagi  jinoiy  javobgarlikka  tortilish 
tamoyili qo‘llanilishi nazarda tutilgan  
IMTning  shaxsiy  vakolatlari  Iroq  aholisiga,  ularning  fuqaroligiga 
qaramasdan, 1968-yil 17-iyuldan 2003-yil 1-mayga qadar Iroq hududida 
yoki undan tashqarida sodir qilgan genotsid jinoyati hamda insoniyatga 
qarshi  uyushtirilgan  ba’zi  bir  Eron  qonunchiligida  nazarda  tutilgan 
boshqa  jinoyatlar  bo‘yicha  qilmishlari  tufayli  taalluqlidir  (yuqorida 
sanab o‘tilgan jinoyatlar).  
Shunday qilib, Iroq maxsus tribunalining vakolatlari, jinoyatlarning 
malakalanishi  (ko‘rsatilgan  Eron  qonunchiligi  bo‘yicha  jinoyatlar 
to‘g‘risidagi  me‘yorlar  Statutida  nazarda  tutilgan)  hamda  individual 
jinoiy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  Nizom  to‘laligicha  Xalqaro  jinoiy  sud 
Rim Statutining bir xil me’rlar bilan mos keladi.  
Dastavval,  ta’kidlash  kerakki,  IMT  faoliyatining  huquqiy  asosi 
bo‘lib  Koalitsion  muvaqqat  ma’muriyati  tomonidan  chiqarilgan  hamda 
Iroq 
hukumat 
qo‘mitasi 
tomonidan 
hech 
qanday 
parlament 
protsedurasisiz,  Shuningdek  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  hech 
qanday ishtirokisiz tasdiqlangan Iroq Maxsus Tribunalining 10.12.2003-
yildagi Nizomi (Statut) hisoblanadi.  
IMTning  ta’sis  etilishining  tashabbuschisi  bo‘lib,  Koalitsion 
muvaqqat  ma’muriyat  hisoblanadi  va  u  BMT  tomonidan  ro‘yxatdan 
o‘tkazilmagan. Bunda IMT Iroq hududida Markaziy jinoiy sud (Oliy sud 
analogi) hamda boshqa sud tizimi elementlari tiklanib va amal qilishidan 
keyin  ta’sis  etilgan.  Bu  bilan,  IMT  cheklangan  vakolatli  favqulodda 
adhoc sud hisoblanadi.  
Shu tufayli, IMTning ta’sis etilishi asosiy  me‘yorlarga, BMT Bosh 
Assambleyasining 1948-yil 10-dekabrda e’lon qilingan 217 A (III) sonli 
Rezolyutsiya 
bilan 
tasdiqlangan 
Inson 
huquqlari 
Umumjahon 


185 
 
Deklaratsiyasi,  shuningdek,  2200  A(XXI)  BMT  Bosh  Assambleyasi 
tomonidan  qabul  qilingan  hamda  imzolash,  ratifikatsiya  qilish  va 
birlashish uchun ochilgan Fuqarolik va siyosiy huquqlar xalqaro paktiga 
ziddir.  Ushbu  hujjatlarga  muvofiq  barcha  shaxslar  sud  va  tribunallar 
oldida  tengdir.  Barcha  kishilar  o‘zlariga  tegishli  ishlarning  vakolatli, 
Mustaqil  va  xolis  sud  tomonidan  qonunga  asosan  ko‘rib  chiqilishi 
huquqiga  ega.  Favqulodda  sudlarning  yaratilishi  va  faoliyat  Yuritishiga 
yo‘l qo‘yilmaydi.  
IMTlarning  moddiy-huquqiy  asosi  bo‘lib  xalqaro  jinoyatlarni  sodir 
qilganlik  uchun  javobgarlikka  tortilishni,  jahon  hamjamiyati  tomonidan 
qabul  qilingan  xalqaro  jinoiy  huquq  tamoyillarini,  nazarda  tutuvchi 
uning Statuti hisoblanishiga qaramay, ular Statutda o‘z aksini topmadi.  
Bundan  tashqari  uning  17-moddasiga  muvofiq  IMT  xalqaro  emas, 
balki milliy huquq tamoyillariga asoslanadi.  
IMT  sudyalik  korpusi,  ayblovchilari  hamda  himoyachilari  tarkibi 
xalqaro  hisoblanmaydi.  Buning  ustiga  iroqlik  sudyalarga  ham 
diskriminatsion  tabiatdagi  talablar  qo‘yiladi  (siyosiy  belgilar  bo‘yicha): 
Adolatni  o‘rnatuvchi  sudyalar  tarkibiga  BAAS  Partiyasi  boshqaruv 
a’zolari bo‘lgan shaxslar kiritilmaydi (5 modda).  
IMT  Statutida,  amalda,  jinoiy-protsessual  tabiatdagi  qoidalar  yo‘q, 
inson  huquqlari  sohasidagi  xalqaro  tamoyil  va  standartlar  hisobga 
olinmaydi.  
IMTning 
xalqaro 
xarakteri 
ta‘minlanmaydi 
hamda 
sud 
muhokamalarida faqatgina arab tili qo‘llaniladi.  
Bundan  tashqari  ma’muriy  hamda  sudga  oid  bo‘lmagan  faoliyat, 
moliyaviy 
ta‘minlash  masalalarida  IMT  Koalitsion  muvaqqat 
ma’muriyat  hamda  Iroq  Muvaqqat  Boshqaruv  Kengashi  bilan  uzviy 
bog‘liq, shu tufayli ulardan Mustaqil hisoblanadi.  
Aytib  o‘tilganlarni  hisobga  oladigan  bo‘lsak,  to‘g‘ri  nuqtai  nazar 
beriladi,  va  unga  muvofiq  Iroq  Maxsus  Tribunali  xalqaro  jinoiy  adliya 
tizimiga  kirmaydi,  balki  maxsus  milliy  Iroq  ad  hoc  sudi  hisoblanadi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish